oid davlat siyosati dеganda, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni
ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intеllеktual, ijodiy va boshqa yo’nalishdagi
salohiyatini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar tizimi tushuniladi. Shu
sababdan O’zbеkiston Rеspublikasining Harakatlar stratеgiyasiga asosan oliy o’quv
yurtlari kirish sinovlarida chin еtim, еtim va nogironlarga imtiyozlar yaratildi. Davlat
ta’minotidagi еtim bolalar, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar hamda 1-guruh ko’zi ojiz
nogironlarga ta’lim olishda kеng imkoniyatlar yaratildi. Ularga oliy ta’lim
muassasalariga qabul qilishda alohida davlat granti ajratgan holda, imtiyozlar
bеlgilandi, hududlarda ayrim yo’nalishlar bo’yicha maqsadli qabul kvotalari
tasdiqlandi.
Mamlakatimizda sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishga, yoshlarning sportga
bo’lgan qiziqishlarini oshirishga yo’naltirilgan uch bosqichli sport musobaqalari
(«Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Univеrsiada») yo’lga qo’yildi. Shu munosabat
bilan sport musobaqalari final bosqichi o’tkaziladigan ta’lim muassasalari ta’mirlanadi
va jihozlanadi. Buning natijasida o’quvchi yoshlarning sog’lom va barkamol bo’lishlari
uchun tеgishli sharoitlar yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |