Reja: Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat
Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini
Download 229.15 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу.Maruza matni. 648d8f5ed6a2a36c6cedc9220d5368a7
Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini
takomillashtirish . Iste’mol bozori barbod bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarish yaxlit tizimini vujudga keltirishga hayotiy muqim masala sifatida qaraldi, maqsulotlarni tashqariga olib chiqib ketilishini bojxonalar orqali qatiy nazorat qilish va yuqori boj to‘lovlari joriy etish yo‘li bilan amalga oshirildi. Dastlab. murakkab bir paytda iste’-mol mollarini sotib olish uchun bir marta, so‘ngra esa ko‘p marta ishlatiladigan kuponlarni muomalaga kiritish, kunda-lik zarur tovarlarning cheklangan turlarini meyorlangan tarzda sotishni tashkil etish ko‘zda tutilgan edi. Bu tizim o‘zini to‘la oqladi. U bozorni pishiq-puxta himoya qilibgina qolmay, savdo tarmog‘iga barcha zarur oziq-ovqat maxsulotlarini va kunda-lik xarid mollarini muntazam ravishda chiqarib turishni ta’-minlash, ularni iste’mol qilish hajmlarini kamaytirmaslik imkonini berdi. 1992-1996 yillarda non va go‘sht mahsulotlari, sut, qand-shakar, o‘simlik moyi, kir sovun, bolalarga kerakli ayrim mollar, kommunal va transnort xizmatlari uchun dotatsiyalar qisman sautab qolindi. Shu tufayli daromad darajasi turlicha bo‘lgan oilalar bulardan bir qadar foydalanish imkoniya-tiga ega bo‘ldi. Islohotlarning dastlabki bosqichida sobiq Ittifoqning ko‘pgina mamlakatlarida aholining asosiy qis-mi yoppasiga qashshoqdashgan bir paytda O‘zbekistonda amalga oshirilgan tadbirlar muhim ijtimoiy axamiyatga ega bo‘ldi. Odamlarning islohotlarni jadallik bilan olib borishga ishonchini kuchaytirdi. Ayni vaqtda respublikada iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilishning mutlaqo yangi tizimiga o‘tishga tayyorgarlik ishlari olib borildi. Yangi tizimning mohiyati ichki narxlarni jahon narxlari darajasiga tez tenglashtirib olish va aholining daromadlarini shunga muvofiq ravishda oshi-rishni ko‘zda tutadi. Bunday islohot 5
sharoitida ijtimoiy himoyaning yangidan-yangi shakllarini qidirib topishni taqozo etadi. Jumladan, milliy valyutani muomalaga kiritish, uning ichki almashuvini ta’minlash sohasida amalga oshirilgan tashkiliy va iqtisodiy chora-tadbirlarning ko‘rilishi ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘ldi. «Biz, - degan edi I.Karimov, - aholining ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalari - pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oidalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar, shuningdek qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilarni himoya qilish davlatning muqaddas burchidir, degan qoidaga asoslanib ish tutdik». Ish haqini oshirish bilan birga barcha toifadagi maktablarning muallimlari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-muallimlari va ilmiy xodimlari, ijodiy va tibbiy xodimlarni ijtimoiy himoya-lash va ularning mehnatini rag‘batlantirish maqsadida ularga qo‘shimcha moddiy ne’matlar - kvartira xaqi va kommunal to‘lovlar sohasida imtiyozlar berildi, yakka tartibda uy-joy qurib olish uchun yer uchastkalari birinchi navbatda ajratiladigan bo‘ldi. Masalan, shu kungacha 120403 o‘qituvchining davlat va tashkilotlar tomonidan berilgan uylari bepul xususiylashtirildi, 35841 kishiga shaxsiy qurilish uchun yer uchastkasi berildi, 489256 o‘qituvchi imtiyozli kommunal xizmatdan foydalanayo tirlar, 83353 o‘qituvchi shahar transportidan bepul foydalana-yotir. Ayni chog‘da yolg‘iz pensionerlarni turar-joy va kommunal xizmatlar uchun xaq to‘lashdan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ular dori-darmonlar va eng zarur mollarni belgilangan meyorda bepul olish va jamoat transportida tekin yurish huquqidan foydalanadigan bo‘ldilar. Ularga madad berish uchun respublikada maxsus ijtimoiy yordam bo‘limlari tuzildi. Bu bo‘limlar yolg‘iz pensionerlar va nogironlarning uyida ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatishni uyushtirmoqsa. Nogironlar va qariyalarni sog‘lomlashtirish ularning sa-natoriya va kurortlarda dam olishlarini tashkil etish borasi-da ham ma’lum ishlar amalga oshirildi. Masalan, keyingi yillarda shu toifadagi 35 ming kishi yiliga dam olish uydaridan va sanatoriyalarda davolanib qaytmoqdalar. Yana shuni aytish o‘rinliki, mustaqillik yillarida o‘quvchi yoshlarni ijtimoiy himoyalashga, ularga ishlab chiqarishdan ajralgan xolda o‘qib, bilim olish uchun zarur sharoit yaratishga xam doimo e’tibor berildi. Oliy o‘quv yurtlari talabalarining stipendiyalari keyingi 5 yil mobaynida bir necha marta oshirildi. Bundan tashqari yoshlarni ijtimoiy himoyalashning boshqa shakllari ovqat narxining bir qismini qoplaydigan qo‘shimcha to‘lovlar, maktab oshxonalari va tamaddi xonalari qo‘shimcha xarajatlarining bir qismini budjet mablag‘lari hisobidan qoplash, jamoat transportida arzon haq to‘lash va boshqa yengilliklar joriy etildi. Milliy an’analarni nazarda tutib, birinchi bor nikoxdan o‘tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi belgilandi.
6
1995 yilda ijtimoiy qimoyaga ajratilgai mablagning 51 foizi oilalarga ularning farzandlariga ikki yoshga to‘lgunlaricha parvarish qilish uchun ajratildi. 1996 yil 1 apreldan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor oilalar uchun nafaqalar ota-onasining va umuman oilaning daromadlari mikdoridan qat’i nazar, barcha oilalarga to‘lana boshladi. Boshqacha aytganda, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar turli dastlabki omillar va sabablardan qat’iy nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat yordami beriladigan obyektga aylanib bormoqda. Beshta va undan ko‘proq bolali oila uchun nafaqaning eng ko‘p miqdori avvaliga eng kam ish haqining yarmi miqdorida, 1996 yilga kelib eng kam ish haqining to‘la stavkasi darajasida belgilab qo‘yildi. 1994 yil 24 avgustda Prezidentning «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘grisida»gi Farmoni qabul qilindi. Shu Farmonga ko‘ra 1994 yilning oktabridan davlat kam daromadli oilalarga faol yordam bera boshladi, mana shunday oilalarga moddiy yordam joriy etildi. Respublikada kam daromadli oilalarga nafaqa tayin etilishi aslida misli ko‘rilmagan ish, zamonaviy ijtimoiy himoya tizimini vujudga keltirish edi. Bunday yordam odamlarga yaqin turadigan mahalla yig‘inlarida amalga oshiriladigan bo‘ldi. Masalan, 1995 yilda 500 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarga mahalla komitetlari orqali jami 6 mlrd. so‘m moddiy yordam berildi. 1996 yil 10 dekabrda bolali oilalarga ijtimoiy yordam berilishini kuchaytirish, aholini ijtimoiy himoya qilish bo-rasidagi chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishda fuqarolarningo‘zi-ni-o‘zi boshqarish organlarining roli va mas’uliyatini oshi-rish maqsadida «Bolali oilalarni davlattomonidan qo‘llab quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘grisida» yana bir muhim Farmon qabul qilindi. Unda 1997 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish yiginlari orqali yordamga muhtoj, bolali oilalarga bolalarning soniga qarab eng oz ish haqining 50 foizidan boshlab 175 foizigacha nafaqalar beriladigan bo‘ldi. Bu borada ijtimoiy adolat tamoyillariga og‘ishmay rioya etish, keng oshkorachik va ochiklikni ta’minlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishga erishish lozimligi qayd qilindi. 1997 yilda 16 yoshgacha bo‘lgan farzandi bor oilalarga nafaqa to‘lash uchun 9,6 milliard so‘m sarflandi. Axolining kam ta’minlangan qatlamlarining davlat tomonidan moddiy ta’minlash doimiy ravishda takomillashti-rib bormokda. 1997 yil sentabr oyidan boshlab, har yili 1 sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv anjomlari, darsliklarni be-rish joriy etildi kam ta’minlangan oilalarning boshlangich sinflarda o‘qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish yo‘lga qo‘yildi. Hukumat tomonidan ayrim toifadagi fuqarolar va oila- lar uchun belgilangan ayrim imtiyoz, kafolat va qo‘shimchalarning ro‘yxati: -oilalarga bola 2 yoshga yetgunga qadar 1,5 minimal ish xaqi miqdorida yordam puli to‘lash. Ushbu to‘lovlar hajmi uz- luksiz oshmokda, 1998 yilda 521 ming nafar ayolga 10,4 mlrd. so‘m miqdorida nafaqa to‘landi; 7
-homiladorlik va farzand ko‘rish davrida ayollarga ish joyidan 125 kalendar kuni uchun o‘rtacha ish haqi mikdorida yordam puli berish; -bolalikdan nogiron bo‘lib qolganlarga beriladigan yordam puli; -kommunal xizmat ko‘rsatish va kvartiradan foydalanilganligi uchun imtiyozli 50 % miqdorida haq to‘lash (nogironlar oilasi uchun); -qishloq joylarida yashayotganlarni kommunal xizmat ko‘rsatish va kvartira haqlaridan to‘la ozod etish va shaqarlarda istiqomat qiluvchilarga (maktab o‘qituvchilari, bog‘cha tarbiyachilari va o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘qituvchilari) 50 % miqdorida imtiyoz berish; -kommunal xizmat ko‘rsatish va kvartira haqi to‘lashdan to‘liq ozod etish (1-darajali «Soglom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlanganlar oilasi, yolkiz pensionerlar); elektr energiyasidan foydalanganligi uchun 50 % chegirma berish (oyiga 110 kv.s.) (nogironlar oilasi); -yer solig‘i to‘lashdan ozod etish (16 yoshgacha bo‘lgan 5 va undan ortiq ko‘p bolali oilalar, nogironlar oilalari); -olinayotgan barcha daromadlardan soliqqa tortilmaydigan minimal daromadning 4 karrasi mikdorida (16 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq farzandli yolg‘iz onalar); -16 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq farzandi bo‘lgan yolg‘iz ota, bevalar va boquvchisini yo‘qotganligi uchun nafaqa olayotganlar barcha daromadlarining 30 % dan; yoshligidan nogiron bo‘lib qolgan bolalarni tarbiya qilayotgan ota yeki onadan birortasi daromad solig‘ining 30 % ni to‘lashdan ozod etiladi. Serfarzand va kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash tizimi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Kam ta’minlangan oilalarga va ko‘p bolali muhtoj oila-larga moddiy yordam to‘lovlarini moliyalashtirishning asosiy manbasi Respublika va mahalliy budjet vositalaridir. Kam ta’minlangan oilalarga 1998 yilda tulangan nafaqalarning umumiy miqdori 3 mlrd. so‘mni tashkil qildi, 16 yoshgacha bo‘lgan farzandli oilalarga to‘langan nafaqalar - 15,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi. 1998 yilda 36 % bolali oilalar nafaqa olishdi. O‘rtacha nafaqa miqdori bitta oilaga deyarli 1483 so‘mga to‘gri keladi yoki (1996 yilga nisbatan) besh barobar o‘sdi. 1998 yilda mahal-liy o‘z-o‘zini boshqarish organlari orqali Respublikadagi 700 ming yeki umumiy oilalarning 11,8 foiziga kam ta’minlangan uchun moddiy yordam ko‘rsatildi. Ko‘rsatilgan moddiy yordam miq-dori har oilaga xisoblaganda har oyda 1730 so‘mdan ortiq tash-kil etadi. Bu borada yana shuni aytish kerakki, davlatimiz mustahkamlana borgan sari uning xalqparvarlik siyosati yanada ku-chayib bordi, 1995 yil, 20 dekabrda qabul qilgan «Aholining omonatlardagi va davlat sug‘urtasi bo‘yicha pul mablag‘larini indeksatsiya qilish to‘g‘risida»gi Farmoni ana shunday inson-parvar siyosatning yorqin dalili bo‘ldi. Farmonga binoan 1992 yilning yanvariga qadar jamg‘arma bankiga pul qo‘ygan milli-
8
onlab fuqarolarning mablag‘lari yana qadrlandi. Farmon aso-sida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. Mazkur Farmon va qaror vatanimizda yashayotgan bironta keksayu yoshni befarq qoldirmadi. 5 milliondan ortiq omonatchilar, o‘z pul-larini qaytarib oladigan bo‘ldi. Indeksaiiyalangan pul mablag‘larining 1996 yil 1 iyuldan fuqarolarga qaytarila boshlagani ham ushbu insonparvar siyosatning yorqin namunasidir. 1994 yilga kelib aholining real pul daromadi mamlakat bo‘yicha 1989 yilga nisbatan qariyb 2 barobar pasayib ketdi. 1997-99 yillarda davlatning daromad siyosati mamlakat umumiy iqtisodiy rivojlanishi darajasini hisobga olgan xolda aholi daromadini ko‘paytirish, inflyatsiya darajasini tushirish, qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirish, tadbirkorlikning barcha turlarini, o‘rta va kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yildagi «2007–2010-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, «Nuroniy» jamg‘armasi hisobidan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga, faxriylarning davolash maskanlariga, «Saxovat» va «Muruvvat» uylariga dori-darmon vositalari yetkazib berildi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklarining hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda nuroniylar to‘liq dispanser ko‘rigidan o‘tkazildi. Toshkent shahrida faxriylarimizga barcha qulayliklarga ega 150 o‘rinli «Nuroniy» shifoxonasi xizmat qilmoqda. Viloyat shifoxonalari qoshidagi kasalxonalarda jamg‘armaning viloyat bo‘limlari hamda mahalliy hokimliklarning amaliy yordami tufayli tashkil etilgan nogironlarni bepul davolovchi «Nuroniylar xonalari» faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikamizdagi barcha «Saxovat» va «Muruvvat», «Mehribonlik» uylari hamda maxsus maktab-internatlarga homiylar tomonidan har yili moddiy yordam berib boriladi. 2015-yilda ham Keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941–1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish maqsadida, 2015-yil «Keksalarni e’zozlash yili» deb e’lon qilindi. Har yili urush qatnashchilari va front ortida mehnat qilganlarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda, ular sanatoriy kurortlarda davolanmoqda, boshqa zarur vositalar bilan ta’minlanmoqda. Har yili 9-may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan urush qatnashchilari mukofotlanadi. Xususan, O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-apreldagi farmoniga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari 2 mln so‘mdan mukofotlandilar. Urush qatnashchilarining ayrimlariga to‘la jihozlangan uylar, Haj ziyoratiga bepul borish va navbatsiz avtomobil sotib olish imtiyozi berildi. 9
I Karimov aholini uy-joyli qilish masalasining yechimini toppish maqsadida 1989–1990-yillarda bir yarim milliondan ko‘proq oilaga qo‘shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga tomorqa yerlari berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 3-avgustdagi «Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan boshlangan qishloq infratuzilmasini yangilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari bugun qishloqlarimiz qiyofasini zamonaviy arxitektura asosida tubdan o‘zgartirishga xizmat qilyapti. Xususan, 2009–2016- yillarda qishloq joylarda 69.557 ta shinam namunaviy uy-joy bunyod etildi. Pirovardida 83,5 mingdan ortiq oilaning yashash sharoiti yaxshilandi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21- oktabrdagi «2017–2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida»gi qarori mazkur yo‘nalishdagi keng ko‘lamli islohotlarning mantiqiy davomi bo‘lib, qishloq qurilishida yangi bosqichni boshlab berdi. Ayni paytda qishloq aholisining zamonaviy va arzon uylarga o‘sib borayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, imtiyozli kredit berishning yuqori darajadagi shartlari joriy etildi. Shuningdek, energiyani tejaydigan materiallar va asbob- uskunalarning yangi turlaridan foydalanishning yanada kengaytirilishi barpo etilayotgan uylarning tannarxi pasayishi hamda aholining barcha qatlamlari uchun maqbul narxlar belgilanishiga xizmat qildi. Qarorga ko‘ra, qishloq joylarda mavjud namunaviy loyihalarga qo‘shimcha ravishda xo‘jalik imoratlari va obod hovlilari bo‘lgan ikki, uch qavatli ko‘p kvartirali (2, 3 xonali) hamda aholi zich joylashgan tumanlarda hovlidagi imoratlari bilan birgalikda maydoni 0,02 gektar bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali, shu bilan birga, maydoni 0,04 gektar bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uylarning yangi namunalari joriy etildi. Bundan tashqari, 2017-yildan boshlab mamlakat poytaxti va viloyatlarda uy-joyga ega bo‘lmaganlar, harbiy xizmatchilar, yosh olimlar va ichki ishlar xodimlari uchun arzon turarjoylar qurilib, egalariga topshirilmoqda.
Download 229.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling