Reja: Mustaqillik arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va demografik vaziyat
Sog'liqni saqlash sohasi va “Sog‘lom avlod” dasturi
Download 229.15 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу.Maruza matni. 648d8f5ed6a2a36c6cedc9220d5368a7
Sog'liqni saqlash sohasi va “Sog‘lom avlod” dasturi. Respublikasida
mustaqillikning birinchi yillarida Sog'liqni saqlash tizimini yangi ijtimoiy va siyosiy o'zgarishlarga javob beradigan hamda zamon talablriga mos keltirish uchun tibbiy muassasalar tizimini qayta o'zgartirish, birlamchi tibbly yordamni rivojlantirish, tibbiyot xodimlarini tayyorlash, onalar va bolalar sog'lig'ini muhofaza qilish, aholi o'rtasida yuqumli kasalliklaming oldini olish, tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish, nodavlat xususiy tibbiy tizimni kengaytirish va chet davlatlar bilan aloqalarni kuchaytirib, tibbiyot fanini rivojlantirish ishlariga alohida ahamiyat berildi. 1992-yilning mart oyida Sog'liqni saqlash vazirligining hay'at yig'ilishida respublikada Sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari tasdiqlandi. 1996-1998-yillarga mo'ljallangan majmuaviy dastur, 1999-yil 14-yanvar 10
kuni «O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimida boshqarishni takomillashtirish to'g'risida» Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi Mamlakatimizda 2007-yilning «Ijtimoiy himoya yili» deb e’lon qilinishi aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, uning turmush va farovonlik darajasini izchil oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli davlat siyosatining amaliy ifodasi bo‘ldi. Shu ma’noda, 2007-yil ehtiyojmand oilalarga davlat tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini amalga oshirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rioya etishi lozim bo‘lgan asosiy tamoyillar yanada takomillashtirildi. Onalar va bolalar salomatligi muhofazasi. Respublikada onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilishga katta ahamiyat berilmoqda. «Bolalikdan nogironlar tug‘ilishining oldini olish uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni hamda homilador ayollarda tug‘ma va boshqa patalogiyani barvaqt aniqlash bo‘yicha «Ona va bola skrininggi» Davlat tizimini tashkil etish to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilinganligi bu soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil iyulda «2009–2013- yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida» qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish va shu sohada sifat o‘zgarishlarini amalga oshirishni ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirildi. Bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash darajasi qariyb 100 foizni tashkil etdi. Barcha viloyatlar markazlarida kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, har bir tumanda eng zamonaviy meditsina asbobus-kunalari bilan jihozlangan qishloq vrachlik punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda respublikamizda 3000 ga yaqin Qishloq vrachlik punkti (QVP) faoliyat ko‘rsatmoqda. 2016-yilda chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, birinchi navbatda, xotin-qizlar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy sharoitlar yaratish, qishloq aholisini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirildi. O‘tgan yillar mobaynida yurtimizda aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi ham sezilarli ravishda ortib bordi. Bu boradagi umumiy ko‘rsatkich 1990-yilda 67 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilda 74 yoshni tashkil etdi. 2015-yilga kelib jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra O‘zbekistonda tug‘ilayotgan bolalarning 92 foizi mutlaq sog‘lom. «Bolalarni asraylik» xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida O‘zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasida katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan eng ilg‘or yetakchi o‘nta mamlakat qatoriga kirdi. Jumladan, erkaklar o‘rtasidagi o‘rtacha umr ko‘rish 66 yoshdan 70 yoshga, ayollar o‘rtasida esa 72 yoshdan 76 yoshga uzaygani odamlar salomatligini muhofaza qilish va turmush sharoitini 11
yaxshilashga qaratilgan choratadbirlarning aniq va yaqqol natijasi sifatida baholash o‘rinli bo‘ladi. Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy etuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng ko‘lamdagi kompleks chora- tadbirlarni amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini shu yo‘lda safarbar etish maqsadida 2000 yil “Sog'lom avlod yili” deb e’lon qilindi va davlat dasturi qabul qilindi. Shuningdek, bu dasturni mantiqiy davomi sifatida va ona va bolani sog’lig’ini ximoya qilish maqsadida 2001 yil “Ona va bola yili”, 2008 yil “Yoshlar yili”, 2010 yil “Barkamol avlod yili”, 2014 yil “Sog‘lom bola yili”, 2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili”
deb e’lon qilindi va mana shu yillar nomi bilan nomlanuvchi davlat dasturlari qabul qilindi. Bu davlat dasturlari “Sog‘lom avlod” dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan barcha loyihalar va tadbirlarning bundan buyon amalga oshirilishi, to‘liq tugallanishiga erishilishi bilan mustahkam o‘zaro aloqasini ta’minlashdan iboratdir. Yuqoridaagi davlat dasturlari asosida respublikamizda oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sog‘lom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, kuchli, olis va chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, ayniqsa ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur shart- sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suv, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmatlar ko‘rsatish va servis darajasini yuksaltirish borasidagi ishlar olib borildi. Yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, yangi sport ob’ektlarini qurish, ishlab turganlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar taminlandi. 2014 — 2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi davlat dasturi qabul qilindi. Shuningdek Tibbiyot sohasi rivoji
va aholiga
sifatli xizmat
ko’rsatish maqsadida 2014- yilda Oʻzbekiston respublikasi Prezidenti Toshkent davlat stomatologiya institutini, 2018 yil Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialini tashkil etish tashkil etish
toʻgʻrisida qarori qabul qilindi.
2009 — 2013 yillarda respublikada homilador ayollarga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi 227 ta muassasa zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi, Andijon, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida zamonaviy perinatal markazlari tashkil etildi, qishloq joylardagi 1,5 mln
12
dan ortiq homilador ayollar davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan polivitamin komplekslari bilan ta’minlandi. Natijada, keyingi 5 yil mobaynida nonormal rivojlangan bolalar tug‘ilishi 1,3 barobarga kamaydi. 6 — 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘tkir respirator virus infektsiyalari bilan kasallanish — 9,7 %ga, pnevmoniya bilan — 49,1 %, bronxit bilan — 32,8%, skolioz bilan kasallanish —32,7 %ga pasaydi. Axolini ijtimoiy ximoya muxtoj qismi qo’llab quvatlash maqsadida 2000 yil 31 avgust O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 3-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”, Qonunlari qabul qilindi. “Psixiatriya yordami ko`rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3606-sonli qarori qabul qilindi. Jumladan ruhiy holatlar buzilishining oldini olish va davolash bo`yicha ishni yanada takomillashtirish, xamda, O`zbekiston Respublikasi psixiatriya xizmati muassasalarining faoliyati samaradorligini oshirish, xususiy tibbiyotni rivojlantirish, malakali vrach-psixiatrlar tayyorlashni tubdan takomillashtirishning asosiy yo`nalishlari belgilab berdi. Shuningdek, “2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.
Download 229.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling