Reja: Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi Prezident. Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi


Download 100 Kb.
bet2/9
Sana02.01.2023
Hajmi100 Kb.
#1075059
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Islom Karimov

Parlament. O‘zbekiston Respublikasi hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi asosida davlat hokimiyatida xalq vakilligini ta’minlovchi va qonunlar chiqarish bilan shug‘ullanuvchi organ sifatida mamlakat parlamenti, ya’ni Oliy Majlisni ta’sis etdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xalq tomonidan bevosita saylov asosida shakllantiriladigan organ bo‘lib, uning asosiy faoliyat vazifasini qonun ijod etish tashkil qiladi. Parlamentning ma’no-mohiyati va ta’rifi Konstitutsiyaning 76moddasida belgilangan. Ushbu konstitutsiyaviy qoidani hayotga bevosita joriy etish maqsadida 1994-yil 22-sentabrda «O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilingan edi. Qonunda talqin etilishicha: «O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi respublikada qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi oliy vakillik organidir» (1-modda). Davlatning qonun chiqarish faoliyati uning jamiyatni boshqarish, unga siyosiy-huquqiy rahbarlik qilish borasidagi muhim funksiyasidir. O‘zbekistonda 1995-yildan 2005-yilgacha bir palatali Oliy Majlis faoliyat ko‘rsatdi. U hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyaviylik asosida saylanadigan 250 deputatdan iborat bo‘ldi. Konstitutsiyaning 77-moddasiga muvofiq, parlament 5 yil muddatga saylanadi. Vakolat muddati tugagach, Oliy Majlis yangi chaqiriq Oliy Majlisi ish boshlagunga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida (2000-yil 25may) Prezident tomonidan taklif kiritilib, qonun chiqaruvchi idorani doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o‘tkazish masalasi o‘rtaga qo‘yildi. 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendumda xalqimiz mamlakatda ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini qo‘llabquvvatladi. 2002-yil 4-aprelda Oliy Majlis umumxalq ovoz berishda bildirilgan mulohaza va kayfiyatni umumlashtirib, «Referendum yakunlari va davlat hokimiyatini tashkil qilishning asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunni qabul qildi. Bu qonunda ikki palatali parlamentni shakllantirish borasidagi parlament islohotlarini – davlat hokimiyati organlarini isloh qilishning asosiy vazifasi sifatida belgilandi. Shuningdek, qonun ustuvorligini, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud tarmoqlari o‘rtasidagi muvozanatni, ulardan har birining mustaqilligini ta’minlash prinsipi mustahkamlandi.
Ikki palatali parlamentga o‘tilishi hokimiyatning uch tarmog‘i o‘rtasidagi vakolatlarning qayta taqsimlanishi hisobiga davlat hokimiyati mexanizmining ma’lum darajada o‘zgarishiga olib keldi. Ammo, bunda hokimiyatlar o‘rtasida mutanosiblikka zarar yetmasligi kerak. Bu islohotlarga 2002-yil 12-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi va 2003-yil 24-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar hamda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. Mazkur qonunlarda ikki palatali parlamentning huquqiy holati va tuzilishiga doir asosiy qoidalar mustahkamlandi2.
2004-yil dekabr va 2005-yil yanvar oylarida parlament saylovlari bo‘lib, mamlakatimizning ikki palatali parlamenti shakllantirildi. Yangi parlamentning birinchi yalpi majlisida Prezident I.A. Karimov shunday dedi: «Ikki palatali parlamentni shakllantirishdan maqsad: birinchi – parlament o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, har tomonlama asosli va puxta qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro muvozanat va cheklovlar tizimini yaratish. Ikkinchi – Qonunchilik palatasi o‘z faoliyatini doimiy professional tarzda olib borishini nazarda tutgan holda, parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirish. Uchinchi – Senat, asosan, Mahalliy kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bo‘lishini hamda vakillik vazifasini inobatga olib, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish. To‘rtinchi – aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko‘lamini yanada kengaytirish. Aynan shu maqsadlar yuqori palata – Senatning viloyat, shahar va tuman vakillik organlari deputatlaridan saylanishi zamirida ham mujassam»3.
Mamlakatimiz qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining saylov kuniga qadar 25 yoshga to‘lgan hamda kamida 5 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan fuqarosi Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek Oliy Majlis Senati a’zosi bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasi hisoblanmish hududiy vakillik palatasi – Senat deb nomlanadi. Mohiyatan u hududlardan saylangan vakillardan iborat tarkibda shakllantiriladi. Senatorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda 6 kishidan saylanadi. Yuqori palataning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarda katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan farmon bilan tayinlanadi.
Senatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyat, tuman, shahar mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining saylov kuni 25 yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan deputati Senat a’zoligiga saylanish uchun nomzod bo‘lishi mumkin. Davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisi, agar unda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisini chaqirish, Senat a’zolarini saylash tartibi to‘g‘risidagi Nizom Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 78-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uning o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish; ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish; O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash; O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning mamlakat tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash; boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish; O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish; tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish; davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarni tasdiqlash; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning o‘rinbosarini saylash; O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash; xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish, shuningdek konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar qoida tariqasida, avval Qonunchilik palatasida so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi.

Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling