Reja: Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi Prezident. Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi


Download 100 Kb.
bet4/9
Sana02.01.2023
Hajmi100 Kb.
#1075059
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Islom Karimov

Vazirlar Mahkamasi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining ijro hokimiyati oliy organi – Hukumati hisoblanadi. 1993-yil 6mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi. Qonunlar va Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi barcha sohalarda markaziy boshqaruvni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining vakolati mamlakatning butun hududi doirasida ta’sir etadi. Uning faoliyati va vakolatlari respublika hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Vazirlar Mahkamasi davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi organidir. Ya’ni, u shunday organki, davlat funksiyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilishini, mamlakatda ma’muriy-siyosiy, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishni ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasining bu xususiyati uning davlat boshqaruvi organlari tizimi yuqorisida turishini belgilab beradi.
Ijro etuvchi hokimiyat organi o‘z faoliyatida kollegiallik, demokratiya va qonuniylik, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millatlar va elatlarning manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslanadi.
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Bosh vazir, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat qo‘mitalarining raislari, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari rahbarlari kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Hukumat boshlig‘i o‘z lavozimi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
Vazirlar Mahkamasining tuzilish tartibi Konstitutsiya va qonunda belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 98-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tarkibini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu holat qonunning 4-moddasida quyidagicha ifodalangan: «Bosh vazir va uning o‘rinbosalari, Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladilar va keyinchalik bu masala Oliy Majlis tasdig‘iga kiritiladi».
Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish maqsadida maxsus apparat tashkil etiladi. Qonunning 21-moddasiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining apparati Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash, tegishli qarorlar loyihalarini, tashkiliy, axborot va boshqa materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borilishini tashkil etadi. Vazirlar Mahkamasining apparati va uning bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini ta’minlash maqsadida, uning doimiy tuzilmasi sifatida, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibda Vazirlar Mahkamasi Rayosati tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining apparati asosiy tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladi.
Vazirlar Mahkamasi a’zolari korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda pul to‘lanadigan boshqa lavozimni egallash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega emaslar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari, avvalo, Konstitutsiya bilan belgilangan. Shuningdek, «Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonunning 4-bobi Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlariga bag‘ishlangan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari ham Vazirlar Mahkamasining vakolatlari doirasini belgilab beradi.

Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling