Reja: Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi Prezident. Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi


Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini shartli ravishda quyidagi uchta katta guruhga ajratish mumkin


Download 100 Kb.
bet5/9
Sana02.01.2023
Hajmi100 Kb.
#1075059
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Islom Karimov

Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini shartli ravishda quyidagi uchta katta guruhga ajratish mumkin:

  1. xo‘jalik qurilishi sohasidagi vakolatlari;

  2. ma’muriy-siyosiy sohadagi vakolatlari;

  3. ijtimoiy-madaniy sohadagi vakolatlari.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ma’muriy-siyosiy boshqaruv sohada juda keng vakolatlarga ega. Aynan Vazirlar Mahkamasi:

  • respublika boshqaruv tuzilmasini takomillashtirib boradi;

  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari, davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi;

  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi,

  • vazirlar, davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari va bosh boshqarmalar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va mudofaa qudratini oshirish, davlat chegaralarini qo‘riqlashni ta’minlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari va erkinligini ta’minlash va himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi;

  • davlat boshqaruv organlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda o‘tkazish hamda respublika va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;

  • O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi, hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi va ularni bajarish choralarini ko‘radi.

Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy sohadagi asosiy vakolatlari doirasida:

  • iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi: mulkchilik-ning barcha shakllarini uyg‘unlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish va erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi;

  • xo‘jalik yuritishning yangi shakllari – konsernlar, konsorsiumlar, tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar va boshqa ana shunday tashkilotlarni barpo etishga va mustahkamlashga ko‘maklashadi, xalq xo‘jaligi va aholi talablarini qondirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ular faoliyatini yo‘naltiradi va muvofiqlashtiradi;

  • O‘zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi, yagona narx siyosatini o‘tkazish, mehnatga haq to‘lash miqdorining belgilangan kafolatlarini va ijtimoiy ta’minot darajasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

  • respublika budjetini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni va ularning ijrosini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy-madaniy sohalarda ham keng vakolatlar doirasiga ega. Xalq ta’limiga rahbarlik, ilmiy, madaniyat-ma’rifat ishlari, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, mehnatni tashkil etish va kadrlar tayyorlashni tashkil etish ijtimoiymadaniy sohadagi vakolatlari sirasiga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi, ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtiradi; sog‘liqni saqlash, xalq ta’limini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlarini amalga oshirish, qonunlar, Oliy Majlis qarorlari va Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan umummajburiy qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling