Reja: Nafas olishning ahamiyati. Nafas olish tizimi anatomiyasi. Nafas olishning boshqarilishi
Download 0.9 Mb.
|
NAFAS OLISH AZOLARI ANATOMIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kekirdak yoki traxeY.
Nafas olish organlariga: burun bо‘shlig‘i, halqum, hiqildoq, kekirdak yoki traxeya, bronxlar, о‘pkalar va plevra pardasi kiradi.
B urun bо‘shlig‘i. Inson tug‘ilgan vaqtda uning burun bо‘shlig‘i kichik va ingichka bо‘lib, shilliq qavat, qon va limfa tomirlari, nerv tolalari hamda retseptor va mayda tukchalar bilan ta’minlangan bо‘lib, yetarlicha rivojlanmagan bо‘ladi. Bundan tashqari peshona sipuslari va pastki burun yog‘li umuman rivojlanmagan bо‘ladi. 2 yoshdan keyin gaymor bо‘shlig‘i kattalasha boshlaydi, peshona sinuslari esa 15 yoshda tо‘liq shakllanadi. Bola tug‘ilgan vaqtda qorin tipida nafas oladi. Birundan nafas olish 3-4 yoshda shakllanib, 7-8 yoshdan jinsga bog‘liq farqlar vujudga keladi. Bolalar qorin tipida, qizlar kо‘krak tipidagi nafas olish vujudga keladi. Bu jarayon 14-15 yoshda tugallaniladi. 10-14 yoshgacha burun bо‘shlig‘ining shakli о‘zgarib, kattalashib boradi. Burun bо‘shlig‘ining hajmi yosh ulg‘aygan sayin taxminan 2,5 barobar ortadi. Nafas olganda tashqi muhitdan kirgan havo burun bо‘shlig‘i orqali о‘tganda isiydi, namlanadi va chang zarrachalaridan tozalanadi. Shundan keyin burun bо‘shlig‘idagi havo halqum orqali hiqildoqqa о‘tadi. Hiqildoq - 4-5 bо‘yin umurtqalari rо‘parasida joylashgan bо‘lib, yangi tug‘ilgan bolalarda qisqa, tor va voronka shaklda bо‘lib, shilliq qavat, muskullardan iborat bо‘lib, qon va limfa tomirlari bilan ta’minlangan. Hiqildoq nafas о‘tkazuvchi funksiyasini о‘tkazish bilan 1-qatorda tovush hosil qiluvchi ovoz apparati hamdir. Uning ichki qavati tukli shilimshiq pardadan iborat, devori esa tog‘ay va muskuldan tashkil topgan. Ichki qavatining о‘rtasida tovush boylamlari va muskullari joylashgan, ularning harakati, qisqarishi va bо‘shashi natijasida ovoz teshiklari ochilishi yoki yopilishi natijasida tovush hosil bо‘ladi. Havo traxeyaga о‘tadi. Kekirdak yoki traxeY. Traxeya hiqildoqning pastki qismida ya’ni 6-7 bо‘yin umurtqalari rо‘parasidan boshlanib 5 kо‘krak umurtqasigacha davom etadi. Traxeya yangi tug‘ilgan bolalarda kalta va nozik bо‘lib, tog‘ay va muskul qavatdan iborat. Uzunligi 3-4 sm, 5 yoshda 5-6 sm, 10 yoshda 6,3 sm, 15 yoshda 7,5 sm kattalarda esa 9-13 smgacha bо‘ladi. Uning uzunligi va tog‘aylar kattaligi yosh ortishi bilan ortib boradi. Traxeya shilliq qavati nozik, qon va limfa tomirlari bilan mо‘l ta’minlangan bо‘ladi. Shuning uchun ham chang zarrachalari va mikroblar traxeya shilliq qavatiga tez о‘rnashib oladi, bronxga о‘tkazib beradi. Bronxlar. Traxeya 5 kо‘krak rо‘parasiga kelib о‘ng va chap bronxlarga bо‘linadi. Bronxlar 7 yoshgacha tez о‘sib, о‘pka tо‘qimasiga kirib, xuddi daraxt shoxiga о‘xshab, juda kо‘p mayda bronxlarga tarmoqlanadi va bora-bora alveola pufakchalarini hosil qiladi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling