Режа: Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi. Tovar va uning xususiyatlari. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafligi nazariyasi. Pulning kelib chiqishi
Download 24.18 Kb.
|
1403158087 43570
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-savol. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafligi nazariyasi
Mehnat unumdorligi ma‘lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori uchun sarflangan ish vaqti bilan o’lchanadi.
Mehnat intensivligi mehnat unumdorligining oshishiga ta‘sirini o’tkazadi. Mehnat intensivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat miqdori orqali ifodalanuvchi ko’rsatkichdir. Mehnatning intensivligi deganda ish vaqti birligi jadalligining darajasi bo’lib, u mehnatni kuchayishi, tig’izligi va zo’rayishi degan ma‘nolarni bildiradi. Mehnat intensvligini jadallik darajasini aniqlashda ish kunining davomiyligi yoki bir soat ichida yaratilgan mahsulot va ko’rsatilgan xizmat miqdori ko’rsatkichdan foydalaniladi. 3-savol. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafligi nazariyasi Tovar qiymatini aniqlashda ikki asosiy yo’nalish mavjud: 1. Kiymatning mehnat nazariyasi; 2. Kiymatning keingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi. Qiymatning mehnat nazariyasi asoschilari Uilyam Petti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi. U. Petti qiymatning manbai mehnat hisoblanadi degan ta‘limotni asoschisidir. Aynan mehnat sarfi tovar qiymati miqdorini belgilab berishini ko’rsatib o’tdi. Ammo, U. Petti tovarning iste‘mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni ko’ra olmagan. U.Petti tovarning qiymati faqat qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi deb fikrni bildirgan. A. Smit o’zining “Xalqaro boyligining tabiati va sabablari to’g’risidagi tadqiqotlar” (1776 yil) nomli asarida tovarning iste‘mol va almashuv qiymatining farqini ochib bergan. U tovar qiymatining yagona manbai bo’lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi deb ko’rsatgan. Tovar qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo’lgan o’rtacha mehnat belgilab berishini ko’rsatib o’tgan. D. Rikardo qiymatning yagona mezoni bo’lib tovar ishlab chiqarishga sarflangan holda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mehnat hisoblanishini isbot qilib bergan. U tovarning iste‘mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni aniq ko’rsatib, har qanday ishlab chiqarishda tovarning qiymati sarflangan mehnat orqali aniqlanishining ko’rsatib bergan. Demak, qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarning fikricha, tovarni ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya‘ni ijtimoiy zarur ish vaqti bilan o’lchanadi. Qiymatning mehnat nazariyasiga asosan tovar ishlab chiqaruvchilari o’rtasida o’zaro aloqalar, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va rag’batlantirishni tartibga soluvchi, ob‘ektiv qiymat qonuni mavjud bo’lishini tan olingan. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining fikricha tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymat qonuni indivual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat sarfidan ozroq bo’lgan ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantiradi. Bu esa ishlab chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini oshiradi. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy sarflarni kamaytirishni rag’batlantiradi va mehnatning ishlab chiqarish sohalari bo’yiach taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori foyda olishlari mumkin. Qiymat qonunining tartib solib turuvchi mexanizmi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat bo’ladi: 1. Talab = taklif bo’lgan holda narx = qiymat. 2. Talab › taklif bo’lgan holda narx › qiymat. 3. Talab ‹ taklif bo’lgan holda narx ‹ qiymat. Xullas, tovar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir bo’lmay, balki ob‘ektiv qiymat qonunining kuchi ta‘siri ostida. Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining asoschilari Avstriya maktabi vakillari K.Menger (1840-1914), F.Vizer (1851-1926), Ye. Bem Baverk (1851-1914) lar hisoblanadi. Bu nazariyaga ko’ra, kishilar tomonidan juda xil-xil moddiy va ma‘naviy ne‘matlar hamda xizmatlar ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne‘matlar nafliliklarga ega bo’lishi sababli qadrlanadi. “Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi” atamasi iqtisodiy adabiyotlarda turlicha atamalar bilan ifodalanmoqda: ya‘ni, “me‘yoriy naflilik”, “me‘yoriy foydalilik”, “chegaraviy naflilik”, “chegaraviy faydalilik” kabilardir. Lekin “keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi” atamasi esa bu mazmunga ko’proq mos keladi. Shuning bilan bir qatorda “so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligi”, “qushilgan miqdor nafliligi”, “keyingi qo’shilgan naflilik” atamalari ham qo’llaniladi. “Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi” nazariyasining tarafdorlari bu muammoni o’rmonda yashovchi chol ega bo’lgan besh qop don misolida, uning ongida sodir bo’lgan psixologik xayol orqali tasvirlab ko’rsatganlar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib boruvchi tartibda joylashadi: Birinchi qopdagi don eng zarur, ya‘ni cholning oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun iste‘mol qilinadi, ikkinchisi - ovqatlanishni yaxshilash uchun, uchinchisi - uy parrandalarini boqish, to’rtinchisi - pivo tayyorlash, beshinchisi - cholning o’z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib, ko’ngil xushlik qilish uchun ishlatish mo’ljallangan. Aytish mumkinki, chol uchun beshinchi qopdagi donning nafliligi unchalik ahamiyatli emas. To’rtinchidan qopdagi donning yo’q bo’lishi cholni pivosiz, uchinchidan esa parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta qopdagi don qolgan taqdirda chol uchun uning nafliligi eng yuqori darajasiga yetadi, ya‘ni u ovqatlanish ehtiyojini ta‘minlaydi. Download 24.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling