Режа: Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi. Tovar va uning xususiyatlari. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafligi nazariyasi. Pulning kelib chiqishi


Download 24.18 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi24.18 Kb.
#1527350
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1403158087 43570

Tovar xo’jaligi

1.

Moddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish maqsadi.

SHaxsiy ehtiyojlarni qondirishda foydalanish

Boshqa tovarlarga ayirboshlash, bozorda oldi-sotdi qilish

2.

Ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibining aniqlanishi

Ehtiyojlar va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda oldindan aniqlanadi.

Bozordagi muayyan talab va ishlab chiqarishning xususiy manfaati asosida aniqlanadi.

3.

Iste‘molchini o’ziga jalb etish uchun kurash

Bunday kurash mavjud emas

Bunday kurash mavjud va tovar xo’jaligining rivojlanishi bilan kuchayib beradi.

4.

Ishlab chiqarilgan mahsulotning iste‘mol qilinishini darajasi

Barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar to’laligicha iste‘mol qilinadi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlar ayrim turlari va qismlarining sotilmay qolishi, ya‘ni iste‘mol qilinmasligi.

5.

Ishlab chiqarish jarayonida ishchi kuchining ishtirok etish tamomillari

Ishlab jarayonida faqat o’zining va oila a‘zolarining ishchi kuchidan foydalaniladi.

Ishlab chiqarish jarayonida yollanma ishchi kuchidan ham foydalanish mumkin.

Tovar xo’jaligida mehnat taqsimoti chuqurlashadi, mehnat unumdorligi yuqori bo’ladi, ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishning u yoki bu turiga ixtisoslashib boradilar, xususiy mulkka ustuvorlik beriladi, ishlab chiqaruvchilar bilan iste‘molchilar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar tovar ayirboshlash asosida vujudga keladi, vaqt va moddiy resurslar tejaladi, tovarlarni ayirboshlashda ishtirok etuvchilarni bir-birlariga bog’liqligi kuchayadi.
Tovar xo’jaligini rivojlanishi jamiyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini qamrab oladi.
Xullas, tovar xo’jaligining vujudga kelishi va amal qilishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi:
1. Ijtimoiy mehnat taqsimoti va uni turlarini ko’payishi va kengayishi;
2. Ishlab chiqarishni ixtisosilashuvi;
3. Ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi, mehnat natijalarini o’zlari tasarruf etishlari.
Tovar ishlab chiqarish natural xo’jaligining rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorini ko’payishi natijasida paydo bo’ldi deyish mumkin.
Tovar xo’jaligining mohiyatini keng ma‘noda tushunish uchun uning xususiyatlarini o’rganmoq zarur.



Download 24.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling