Режа: Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi. Tovar va uning xususiyatlari. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafligi nazariyasi. Pulning kelib chiqishi


Download 24.18 Kb.
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi24.18 Kb.
#1527350
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1403158087 43570

Asosiy tayanch tushunchalar:
Natural ishlab chiqarish - bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish, ichki xo’jalik ehtiyolari uchun ishlatiladi.
Tovar ishlab chiqarish - bunda tovarlar uning egasini iste‘moli uchun emas, balki bozorda sotishga mo’ljallangan bo’ladi.
Tovar - bu iste‘mol qiymatiga va qiymatga ega bo’lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mahsulotdir.
Iste‘mol qiymat (naflilik) – tovarlarning kishilarning biron-bir narsaga bo’lgan ehtiyojini qondirishga yaroqliligidir.
Qiymati (almashuv qiymati) – bu biron bir tovarning boshqa tovarga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir.
Aniq mehnat - muayyan aniq iste‘mol qiymatlarni vujudga keltiradigan mehnat.
Abstrakt mehnat - mehnatning aniq shaklidan qatbiy nazar umuman inson ishchi kuchining sarflanishi, ijtimoiy mehnatning bir qismi.
Mehnat unumdorligi – ma‘lum vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt bilan aniqlanadi.
Mehnat intensivligi - mehnatning sarflanish tezligi yoki jadalligi.
Pul - hamma turdagi tovar va xizmatlarni ayirboshlashda umumiy ekvivalentlik rolini bajaruvchi maxsus tovardir. Qog’oz pullar esa shu tovar pulning vakilidir.
Download 24.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling