Reja: Nazorat qilish-davlat nazorati xalq talimi bo‘limlari tomonidan rahbarlikning eng muhim formasidar
Download 259.92 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
1-mavzu: Tashkillashtirish, tekshirish va yo‘naltirish, pedagogik analiz, boshqaruv usullari. REJA: 1.Nazorat qilish-davlat nazorati xalq talimi bo‘limlari tomonidan rahbarlikning eng muhim formasidar 2. Nazorat qilishning metodologik asosi 3. Nazorat o‘tkazishning bosqichlarini tekshirish rejasini tuzish Tayanch so‘zlar: smeta ,nazorat, tekshiriish,reja tuzish,frontal tekshirish,tematik trkshirish, mudiraning tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishi,gruppalarni maqsadli tekshirish. Respublika xalq xujaligi rejasi asosida maktabgacha tarbiya muassasalarini loyixalashtirish, rejalash belgilanadi. Maktabgacha tarbiya muassasasi mustakil ravishda iqtisodiy va sotsial rivojlanish rejasini ishlab chiqadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi yunalishi bo‘yincha faoliyat natijalariga e’tiyojini aks ettiruvchi va bolalarning o‘rtacha yillik sonini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan nazorat rakamlari kursatkichlari, byudjet va tarmok moliya normativlari orqali muassasani tutib turish va rivojlantirish ajratilgan byudjet va tarmoq mablag‘lari maktabgacha tarbiya muassasalari byudjet xisobiga (Boshka manbalar) yoki shu bilan ta’minlashning tarmoq manbalari xisobiga tushirilishining davlat buyurtmasi. - pul bilan ta’minlashning byudjetga tarmoq normativi; - ish xaqi jamgarmasi normativi daromadlarini taqsimlashning birichi usulidir; - ishlab chiqarish va sotsial rivojlanish jamgarmasi normativi; - valyuta ajratmalari jamgarmasi normativi. Maktabgacha ta’lim muassasasi reja, moliya, mexnat, intizomiga va pedagogik mexnat intizomiga qat’iy roiya kilishga majburdir. Rejalashtirish. Respublika Xalq ta’limi Vazirligi Uzbekiston Respublikasi Iqtisod instituti, Moliya, vazirligi, Sogliqni saqlash Vazirligi, Davlat standartlari tomonidan ishlab chiqiladi/ Ilmiylik printsipida Xalq xujaligi rejasiga asoslanib Xalq ta’limini ilmiy nuqtai nazardan davlat rejasiga asoslanib, Xalk ta’limini ilmiy nuqtai nazarda Davlatimiz tomonidan ko‘rsatib berilgan Qonun, qaror, direkutivyul yo‘riqlari asosida rejalashtirishdir. Joylarning tashabbuslari bilan – idora, jamoa tashkilotlari. Maktabgacha muassasa yerdan suvdan foydalanish, tabiatni muxofaza qilish, kurilish, axoliga ijtimoiy soxasini rivojlantirish, mexnat resurslaridan foydalanish, xodimlar soni, va maktabgacha ta’lim muassasasi xuquqi doirasidan tashqiriga chiqadigan boshqa soxalari bo‘yicha o‘z rejasini xalq deputatlari soveti bilan muvofiklashtiradi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi byudjet yoki tarmoq moliya printsipi asosida faoliyat ko‘rsatadi. Maktabgacha tarbiya muassasalari pul bilan ta’minlashning xisob birligi sifatidan o‘rtacha yillik xisobda bir bola olinadi. Byudjet yoki tarmoq moliya normativlari vazirlik va ijoralar tomonidan uz tasarrufidagi muassasalar uchun xalq ta’limi vazirligi, moliya vazirligi, Iqtisod nistituti ishlab chiqqan metodik tavsiyalarga muvofik ishlab chiqiladi. M.T. muassasasi qo‘shimcha pul mablag‘lari quyidagilardan shakllanadi. 1. Bajarilgan ish ko‘rsatilgan xizmat uchun moddiy xarakterdagi tizimlar. 2. Davlat shirkat va jamoat korxonalari va aholi buyurtmasi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar. 3. Bo‘sh turgan yordamchi xonalar, inshootlar, uskunalarni ijaraga berishda tushgan mablag‘lar. 4. Ixtiyoriy badallardan va davlat va shirkat, jamoa korxonalari va tashkilotlaridan shuningdek, ayrim fuqarolardan tushgan moddiy qiymatlar. 5. Boshqa tizimlar. Quyidagi jamg‘armalar shakllanadi: a) ish xaqi jamgarmasi va sotsial rivojlanish; b) ishlab chiqarish; v) valyuta jamg‘armasi. M.T. Muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasida Xalq ta’limni vazirligi Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan yagona siyosaiy printsiplarga amal qiladi. Bu byudjet, banklar, ta’minotchilar va boshka kontraktlar, shuningdek, tasarrufida turgan xalq ta’limi bo‘limlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar oldidagi o‘z majburiyatlarini vaqtida bajarilishi uchun ma’suldir. Rejalashtirish. Istiqbol va joriy turlardan iborat. Istiqbol rejada 10 yoki 5 yillarga muljallanadi. Bu xalk ta’limi moliyaviy ekonomiya bo‘limlarda va uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalarda aks etadi. Joriy rejalashtirish. Bu xar yili amalga oshiriladigan moliyaviy xo‘jalik ishlaridir. Maktabgacha ta’lim muassasalari va yuqori bo‘limlarning munosabati, reja, boshqarish, Davlat korxonasi birlashmasi tugrisidagi Xalk ta’limida xo‘jalik mexanizmining asosiy qoidalari doirasidagi qonunning ayrim koidalariga rioya qilish asosida ish yuritadi. Yuqori bo‘lim muassassi qonunchiligida belgilangan xuquqlari joirasidagina ko‘rsatma berilishi mumkin. Yuqori bo‘limning muassasa faoliyatini qonunchilikki rioya qilinishi, sotsiologik mulkining bajarilishini nazorat qiladi. Muassasasining ishlab chiqarish va moliyaviy xo‘jalik faoliyatini nazorat qilib va bajariladigan xuquqqa ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar tomonidan manfaatdor tashkilotlarni jalb qilgan xamda 1 yilda 1 marotaba kompleks ravishda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining xarakat smetalari muassasani saqlashga mo‘ljallangan mablag‘ining xajmi qaysi maksadga sarflanishi va kvartallar bo‘yicha taqsimlanishi belgilab beradigan asosiy xujjat xisoblanadi. Ana shu smetaga asoslanib byudjetga bolalar muassasasining moliyaviy extiyoji uchun pul ajratish ko‘zda tutiladi va mablag‘ ajratiladi. Smetada – m.t. muassasasining barcha xarakatlari va bu xarajatlari qoplanadigan manbalar, byudjet ajratmalari va ota-onalar mablaglari ko‘rsatiladi. Yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish uchun aloxida smeta tuziladi. Smetaning 6 bo‘limi va xar bir moddasi xaqida tushuncha berish. Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini aniqlashda muassasadagi guruxlar bolalar soni muassasada bolaning bulish vaqti necha soat ishlashiga karab ishni turiga xam aloxida e’tibor beriladi. Smeta bo‘yicha xarajatlarini rejalashtirish bo‘yicha I-modda Ish xaki, 2- modda Ish xakida nisbatan ajratmalar 3-modda Idora va xujalik xarajatlari. 4- modda Komandirovka va xizmat xarajatlari. 5-modda Uquv urganuv, kutubxona va o‘yinchoklar sotib bo olish. 9-modda Ovqatlantirish xarajatlari, 12-modda Asbob uskuna va invertarlar sotib olib. 16-modda Bino va inshootlarning kapital remonti. 18-modda Boshka xarajatlari. 9-modda bo‘yicha taomnoma tuzish. Bu moddada bolalarni ovqatlantirishga mo‘ljallangan mablag‘ kiritiladi. Bu mablag‘larning miqdori I ta bolaga kunlik ovqatlanish uchun belgilangan pul normasi va yil davomida ovqatlantiriladigan tushumlar soniga karab belgilanadi. Bunda Bolalar bog‘chalarining turi ishlash soati albatta xisobga olinadi. Ovqatlantirish meyoriy sog‘liqni saqlash, moliya va xalq xujaligi vazirligi tomonidan belgilab beriladi. Ovqatlanishga ajratiladigan mablag‘ miqdorini aniqlash uchun bir bolaga kuniga sarflanadigan ovqat qiymati turli uzunlikdagi maktabgacha ta’lim va yasli guruxlari bo‘yicha jami bola kuniga ko‘paytirish kerak. Maktabgacha tarbiya u muassasasining smetasiga bog‘cha xodimlarining ovkatlanishi uchun mablag ajratish kuzda tuiiladi. Bu xalk ta’limi bo‘limlari, moliya bo‘limlari tomonidan aloxida ro‘yxat bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda xodimlar xaq tulash xisobiga bolalar muassasalarida ovqatlanishlari mumkin.Smeta amal qiladigan yil va muassasa qaysi byudjet, mablag‘ bilan ta’minlanishi yozib qo‘yiladi. Smetada maktabgachatarbiya muassasasining barcha xarajatlari va bu xarajatlar koplanadigan manbalar: byudjet ajratmalari va ota-onalar mablag‘lari kursatiladi. Yozgi soglomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish sarflari maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarining xarajat smetasiga kiritilmaydi. Bundan tadbirlar o‘tkaziladigan xollarda ularni amalga oshirish bilan bog‘lik qo‘shimcha
xarajatlar uchun aloxida smeta tuziladi. SHuningdek, bolalar bog‘chalarida ota- onalar mablag‘i xisobiga bo‘yicha xam aloxida smeta tuziladi. Smeta byudjetida klassifikatsiyalangan xarajat moddalari ular Moliya vazirligini tomonidan tasdiqlangan – bo‘yicha tuziladi. Smetada muassasa kelasi yilga xisoblab chiqqanjami xamda aloxida moddalar bo‘yicha xarajatlar summasi joriy yilga tasdiqlangan xarajatlar summasi bilan va smeta qachon tuzilayotganiga qarab o‘tgan davrdagi xaqiqiy xarajatlar miqdori bilan kiritilgan o‘zgartishlar xisobga olingan xolda takkoslab keltiriladi. Kursatilgan ma’lumotlarni takkoslashda smetani ijro etish jarayonida yuz bergan chetlanishlarni aniklash, bu chetlanishlarning sababini topish, shu asosda kelasi yilgi xarakatlar miqdorini tugri belgilash kerak. Maktabgacha bolalar muassasalari smeta tuzish vaqtida yanakelasi yilgi muassasaning ish ko‘rsatkichlari (gruppa va bolalar sonining ortishi, bolalarning muassasada bo‘lish vaqti va xokozolar) bo‘yicha o‘zi bo‘ysungan yuqori tashkilotning kursatmalariga amal kiladi. Smetada kiritilgan xarajatlar smeta blankasiga keltirilgan xisob-kitoblar bilan asoslangan bo‘lishi shart. Smetaga xisob-kitoblar bilan birga maktabgacha tarbiya muassasasi egallash turgan bino xaqida umumiy ma’lumotlar (uning kubaturasi, maydoni, istish sistemasi, vodoprovod, kanalizatsiya mavjudligi) va muassasaning va ko‘lamiga oid kursatkichlar (gruppa bolalar soni va xokozolar) xam keltiriladi. Smetaga maktabgacha tarbiya muassasasining pedagog, meditsina va boshka xodimlari tarifikatsiya ro‘yxati albatta ilova qilinishi shart. Mazkur ro‘yxat ikki nusxada tuziladi. Smeta loyixasi tegishli ilovalar bilan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari tomonidan belgilangan muddatga yuqori tashkilotlarga ikki nusxada, zarur bo‘lgan xollarda esa uch nusxada tuziladi. Yuqori tashkilot maktabgacha tarbiya muassasasining smetasini qabul qilib olgach, eng avvalo smetaning to‘g‘ri tuzilganligini aniqlaydi. Smetada barcha grafalar to‘lgazilgan, aloxida moddalar bo‘yicha xarakat summalari tegishli xisob-kitoblar bilan bog‘langan, binoning maydoni tug‘ri ko‘rsatilgan, shuningdek, unga xodimlarning tarifikatsiya ro‘yxati ilova qilingan bo‘lishi kerak.
Barcha xisob-kitoblar qarab chiqilgandan, xar bir modda bo‘yicha xarajatlar aniqlangandan va byudjet xisobidan qoplanadigan xarajatlar byudjetda aniq maqsadlar uchun ajratilgan summaga teng xolga keltirilgandan keyin maktabgacha tarbiya muassasasining smeta blankasiga jami xarajatlar (aloxida modda bo‘yicha va xammasi), shuningdek, byudjet xamda ota-onalar mablag‘i xisobiga qoplanadigan xarajatlar jami kvartallar bo‘yicha tasdiqlangan taqsimotga binoan taqsimlab yozib qo‘yiladi. Smeta yuqori tashkilot tomonidan qabul qilingandan keyin maktabgacha tarbiya muassasasi xarajatlari va ota- onalardan tushadigan mablag‘ni kvartallar bo‘yicha taqsimlab, xisob-kitob qilib qo‘yadi. Xarajatlarni taqsimlashda ba’zi xarajatlarning mavzumiy xarakterda bo‘lishi (yoqilg‘i tayyorlash, sabzavot jamgarish, remont ishlari va x.k.) xisobga olinishi shart. Boridi-yu, bolalar sonini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bu bilan bog‘liq sarflar (ish xalqi, bolalarni ovqatlantirish va x.k.) tegishli kvartallar xarajatlar miqdorida o‘z ifodasini topishi kerak. Smetaning tasdiqlanishi smeta blankasi yuz tomonidagi maxsus yozuvi bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur yozuvda xarakatlarning jami summasi xodimlarning ish xaqi fondi, smeta tasdiqlangan kun ko‘rsatiladi. So‘ngra smetani tasdiklangan yuqori tashkilot boshligi imzo chekadi. Va uning imzosi idora muxri bilan mustakkamlanadi. Smetani tasdiqlagan tashkilot unga o‘zgartirish kirita oladi.Bu o‘zgarishlar yuqori tashkilotning muassasaga yuborgan maxsus yozishmasiga asosan rasmiylashtiriladi. II. Ishlab-chiqarish ko‘rsatgichlarini aniqlash. Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarining xarajatlar xajmi asosan undagi gruppalar va bolalar soniga, xar bir bolaning bolalar muassasasida qancha vaqt bo‘lishiga bog‘liqdir. Bunda bolalar soni va ularning xar biri bolalar muassasasida kancha vaqt bo‘lishiga oid ko‘rsatkichlar turli muddatdagi (9-10 soat, 12-14 soat va 24 soat) maktabgacha tarbiya va yasli gruppalari bo‘yicha aloxida to‘lgaziladi. Muassasada sanatoriya gruppalar mavjud bo‘lsa, ulardagi bolalar soni xam aloxidagi ko‘rsatiladi. Bu bo‘limda gruppalar va bolalarning yilboshidagi, yil oxiridagi xamda o‘rtacha yillik soni ko‘rsatiladi. Planlashtrilayotgan yil borishida maktabgacha tarbiya muassasalarida smeta tuzilayotgan vaktda xaqiqatda mavjud gruppalar miqdori va bolalarning ro‘yxatda soni beriladi. Bu yuqori tashkilot yo‘llanmasi bilan muassasaga qabul qilingan bolalarning xammasi tushuniladi. Agar poriy yil smetasida bolalar muassasasini kengaytirish kuzda tutilgan bo‘lsa, u xolda "Yil boshida" grafasida gruppalar miqdori va bolalar sonida joriy yil oxirigacha yuz berishi extimol bo‘lgan o‘zgarishlar beriladi. Uzgarmasa "Yil oxirida" grafasigaxam yil boshidagi ma’lumotning o‘zi yoziladi. Planlashtirilayotgan yil uchun bir bolaning maktabgacha tarbiya bolalar muassasasida bo‘lgan kunlar soni, odatda, davomat tabelidagi ma’lumotlarga suyanib, shuningdek, o‘tgan yillar plani ijrosini analiz qilish asosida bolalarning turlicha muddat bilan bogchada qancha vaqt bo‘lganligiga qarab aniqladi. V. Mavsumiy maktabgacha tarbiya muassasalarini saqlashga oid sistemalarni tuzish. Mavsumiy maktabgacha tarbiya muassasalarining smetalari muassasaning qancha muddatga ochilishini xisobga olgan xolda doimiy maktabgacha tarbiya muassasalari smetalari kabi tartibda tuziladi.Mavsumiy muassasalarda ish xaki fondini xisob-kitob qilgan vaqtda xodimlarning navbatdagi otpuskasi uchun yoki foydalanilmagan otpuskalariga kompensatsiya to‘lash uchun mablag‘ ko‘zda tutilishi kerak. Buning uchun xar bir oy uchun tegishli otpuska kunlari soniga kupaytiriladi. VI. Yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlarini utkazish uchun ketadigan xarajatlar. Yozgi sog‘lomlashtrish tadbirlari vazirliklar va idoralari tomonidan ular uchun ittifoq byudjetida sotsialmadoniy tadbirlarga ajratilgan mablag‘ doirasida, ittifoqchi respublikalarda esa respublika byudjeti doirasida amalga oshiriladi. Korxonalar qoshidagi maktabgacha tarbiya muassasalarida yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlari, shuningdek, rag‘batlantirish fondi xisobiga xam o‘tkazilishi mumkin.Yozgi sog‘lomlashtirish smetasi aloxida tuziladi.Bunda ovqatlantirish normalari oshiriladi, ish vaqti uzaytiriladi yoki boqqa ko‘chiriladi, ota-onalardan olinadigan xaq ko‘paytiriladi.Bu munosabat bilan xodimlarining ish xaqi, xo‘jalik xizmatlari, bolalarni ovqatlantirish uchun qo‘shimcha xarakat ko‘zda tutiladi.
Amalda, nazorat qilishning asosiy turlari frontal va tematik tekshirish turlaridan foydalaniladi. Frontal tekshirishi – bu maktabgacha tarbiya muassasa-si ishni - xayotiy xar tomonlama, atroflicha tekshirish formasidir. Ya’ni, muassasaning kadrlar sostavi, maktab-gacha tarbiya programma talablarini bajarilishi, mudira va katta tarbiyachining ta’lim-tarbiyaviy va metodik, moliyaviy xo‘jalik ishlariga ularning kadrlar bilan ishlashi, ota-onalar va jamoatchilik bilan ish faoliyati, ish formalari, meditsina xizmati, maktab bilan aloqa, ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tekshirish turidir. Frontal tekshirishga barcha tipdagi maktabgacha tarbiya muassasalari, ularning kuchli yoki kuchsizligidan qat’i nazar tekshiriladi. Kuchsiz muassasalarga axamiyatni kuprok jalb kilishi lozimdir. Frontal tekshirish 4 yilda bir marta xalq ta’limi (Viloyat XTB, shaxar, tuman XTB) tomonidan utkaziladi. Frontal tekshirish o‘tkazishda avval: to‘la – to‘kis tuzilgan, tasdiqlangan tekshirish plani, unda inspektorlashdagi asosiy masalalar, savollar aniq yoziladi, tekshirish metodi, tekshiruvchilarning ish vazifalari, majburiyatlari va tekshirish muddati ko‘rsatiladi. Shungra inspektor yana bir bor maktabgacha tarbiya bo‘yicha chiqarilgan qaror ko‘rsatma, buyruqlarni, pedagogik va metodik jurnallarini eng oxirgi yangi sonlarini ko‘zdan kechirib, maktabgacha tarbiya programmasi talablarini yaxshilab o‘kib oladi, shu muassasa xujjatlari bilan tanishadi. Bu ish uchun u bu muassasada
xalq xo‘jaligi plani, bolalarning muassasaga qatnash planining bajarilishi analiz qilinadi.Kadrlar, ularning rayon, shaxar metodik ishlaridagi qatnashuvlari, malaka oshirish ishlarini qarab – o‘rganib chiqadi. Muassasani kuchli yoki kuchsiz tomonlarini bilishda: avvalgi tekshirish materiallari yaxshi o‘rganib chiqiladi, kamchiliklarni yo‘qotish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni qanday bajarilganligi aniqlanadi. Yuqoridagi materiallar bilan tanishish bu inspektorga nimalarga ko‘prok axamiyat berish kerakligini belgilab beradi. Frontal tekshirish olib borishning asosiy yullari. Frontal tekshirish inspektor va brigada a’zolarini-ng mudiri bilan suxbatlashishidan boshlanib, tekshirish maqsadi, brigada ishi, tartibi, vaqt bilan tanishtiriladi. So‘ngra mudira muassasa xaqida: nechta gruppadan iboratligi, nechanchi yili ochilgan, bolalarning gruppalarga taqsimlanishi, bolalarning kundalik davomati, bogchaning texnikaviy – materiallar bilan jixozlanishi, uning bazasi, kadrlar sostavi (pedagogik va xizmat kursatuvchi) xodimlar bilan, ularning ta’lim-tarbiyaviy ishlariga baxo berib, xodimlarning goyaviy – siyosiy va ishlash malakalari, muassasada mexnat va ishlab chiqarish imtizomining axvoli, qollektivining yutuq va kamchiligi, kamchiliklar ko‘rilayotgan tadbir – choralar xususida, rayon xalq ta’limi bo‘limi va boshqa tashkilotlardan iltimoslar so‘raydi. Bu suxbat – bog‘cha to‘g‘risidagi tekshirish ishiga dastlabki ta’sirot beradi.So‘ngra inspektor turli bo‘limlar bo‘yicha tekshirishi – o‘rganish ishlarini boshlaydi.Quyidagi tekshirishdagi asosiy savollarni keltiramiz. I.
Maktabgacha tarbiya muassasadagi ta’lim – tarbiyaviy ishlarining axvoli va «Bolalar bog‘chasida ta’lim – tarbiya programmasi talablarining bajarilishi, bolalarning ko‘nikma va malakalari, bolalar bilimining sifati, tarbiyachining ishlash metodlari»; II. Kadrlarni tanlash, joy – joyiga qo‘yish, kadrlarni tarbiyalash, ishlash malakalarini oshirish omillari. Muassasadagi metodik ishlar metod kabinet faoliyati; III. Tashkiliy – pedagogik va moliyaviy – xo‘jalik ishlarning axvoli. Xalq xo‘jalik planlarning bajarilishi, yo‘llanmalar soni, bolalarning davomati, (bolalarning bog‘chaga qatnashi) ishlashning bajaralishi; IV. Bolalarga meditsina tomonidan xizmat ko‘rsatish sifati. Bolalar ovqatlanishining ratsional ravishda tashkil etishi; V.
Ota-onalarning pedagogik maorif ishlari; VI.
Mudiraning maktabgacha tarbiya mussasiga raxbarligi, raxbarligi, raxbarlik uslubi. Mudira va katta tarbiyachi tomonidan ta’lim-tarbiyaviy ishlarga, programma talablarning bajarilishiga ularning kontrolligi tekshirish VII.
Muassasininng jorriy-texnika bazasining axvoli, xo‘jalik faoliyati, element a xarajatlarini to‘g‘ri sarflash ishlari; VIII. Ta’lim-tarbiyaviy ish planlarning sifatliligi. Planlarning bajarilishi, pedagogik sovet, ishlab chiqarish majlislarini, ota-onalar yigilishlarini, xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan chiqarilgan, instruktsiya va buyruqlarning bajarilishi o‘sishdan nazoratni tashkil etishi; IX.
Muassasada ishlab chiqarish masalalarini yo‘lga qo‘yilishi: xujjatlar, ularning tug‘ri jixozlashishi va saqlanishi; X. Inspektorning tekshirish bo‘yicha xulosalari va takliflari. Yakuniy pedagogik o‘tkazilishi. Frontal inspektorlashning yakuni tekshirish maqsadiga va vazifasiga bog‘likdir. Inspektor pedagogik yoki ishlab chiqarish majlislari o‘tkazib, tekshirilgan masalalar, maktabgacha tarbiya muassasining axvoli, ishlarni yanada yaxshilash uchun taklif va muloxazalar beriladi. Inspektorlash natijasini akt bilan izoxlanadi va ma’lumotnoma tuzilib, unda konkret takliflar, muloxazalar ko‘rsatishlar, akt 3 nusxada tuzilib, biri rayon, yoki viloyat, shaxar xalq ta’limi bo‘limiga, biri bog‘chaga beriladi, biri talabalarning ish xujjatlari xisoblanadi. Tematik tekshirish - bu tarbiyaning biror qismi yoki ta’lim-tarbiya ishning bir qismi, bo‘linishi nazorat qilish formasizdir.
Masalan: «Mexnat tarbiyasi», Aqliy tarbiya. «Maktab bilan aloqa» «o‘yin» xodimlarning mexnati va x.k. Asosan bu tekshirish turi 1 yilda 1 martta utkaziladi, tekshirish yullari va savollari quyidagicha (mexnat tarbiyasi buyicha) I. Gurux rejalarini uzoq muddatini olgan xolda tekshirish (kvartal, yarim yillik) Maqsad: bajarilganva bajariladigan ishlarni aniqlash; II. Mashg‘ulotlarni kuzatish va analiz qilishi; bolalar mexnatning eng muximi tomonlarini ko‘ra olish. III.
Kundalik xayotdagi mexnat bilan ta’minlash va analiz kilish. IV.
Kattalar va bolalarning birgalikdagi mexnatlarini kuzatish; V.
Bolalarning kattalar mexnatlariga munosabatlari, axloq malakalarini kuzatish; VI. Bolalar o‘ynlarida mexnatni aks ettiruvchi jarayonlarni kuzatish. VII. Bolalar bilan individual suxbatlashish; VIII. Bolalar ishlarining analizi-taxlili; IX. Tarbiyachining kundalik yozuvlarini ko‘rish; X. Gruppadagi o‘quv materiallari, tekshirishi; Inspektor gruppa rejalarini (3—6 oylik) tekshirib, unda ko‘zda tutilgan tarbiya maqsadlarini amalga oshirish yo‘llarini qidiradi, osondan murakabligiga, oylik, perspektiv ish planlarida tarbiyaning xamma qismlari planlashtirildi, qaysi bo‘lim plandan tushurib qoldirilgan, ularning yuzaga keltirgan sabablarini qidirib topish kerak. Planni analiz qilishdan maqsad – programma talablarini bajarish yo‘llari, xaftalik plandagi mashg‘ulotlarning turlari, ishi, talab darajasida ekanligi, mustaxkamlovchi, yangi bilm beruvchi mashg‘ulot turlarining oddiydan murakkablashib borishi ko‘rish mumkin. Topilgan kamchiliklar o‘z vaqtida muxokama qilinishi kerak, aks xolda bu kamchilik xatolar keyingi oylarda takrorlanmasin.
Mexnat bo‘limini tekshirishda: ko‘rgazmalilik, kattalarining faoliyati, mexnat mexnat jarayonini kuzatishda bir qator mashg‘ulotlarni kuzatish.Masalan: ekskursiya sifatida, kuzatishda, suratlarni ko‘rish katta axamiyat berish mumkin. Ekskursiya jarayonida – tarbiyachilik bolalarda qiziqish tuyg‘ularini uyg‘ota olishga, bolalarni asosiy narsani ko‘ra olishga kuzata olishga, tanish bo‘lgan voqea va xodisalarni solishtira olish malakalarini o‘stirish, ko‘rganlariga yaqin yasay olish, fikrlash qobilatlarini o‘stirishni tarbiyalash. Mudiraning ishini tematik tekshirishda; a) mudiraning gruppalardagi ishlarini tekshirish. Mudira o‘z vazifasida turli yosh gruppalarning xamma rolini momentlari bilan asosida kuzatishi, analiz qilishi kerak. Inspektor xuddi shu ishning sifatini, amalga oshirish yo‘llarini tekshiradi. b) SHaroitni yaratilganligi; v) tekshirilgan tema bo‘yicha ped – sovetda birgalikdagi muxokamasi; g) Konsultatsiyaning ishlash mo‘ljalarini o‘stiruvchi vositalar; Gruppa tarbiyachisining ishini avval tarbiya ishning o‘zi bilan muxokama qilinadi, keyin pedagogik sovet ishiga olib chiqiladi. Yutuq, kamchiliklar , taklif – muloxazalar ochiqchasi – oshkora xolda chaqiriladi. Kerakli yo‘llanma, metodik yordam o‘z vaqtida ko‘rsatiladi. Bu ikki xil tekshiruvdan tashqari yana quyidagi tekshirish turlari mavjud: 1)
birlamchi; 2) ikkilamchi; 3)katta tekshiruv turlari mavjud; 4) ogoxlantiruvchi tekshiruv. Maktabgacha tarbiya muassasalari ishini tekshirish yakuni buyicha AKT tuziladi. Bu xujjatni tuzishda – tekshirish bo‘yicha olingan ma’lumotlarni, chuqur taxlil qilish talab etiladi.Ta’lim tarbiyaviy jarayonlar, tashkiliy- metodik, moliyaviy – xo‘jalik faoliyatlarni suxbatlarni maxsus kuzatish daftariga yozib borish lozim.Xujjatlarni chuqur o‘rganib, muassasa faoliyatiga aniq isbotlangan xulosalar chiqariladi.
Akt 3 nusxada tuziladi 1-si Tuman X.T.B -, 2si – bolalar muassasiga, 3si – tekshiruvida qoladi. Kuzatish sxemasi quyidagicha: 1) Kuzatilgan jarayon. 2) Kuzatilayotgan kun, yil, oy. 3) Ish mazmuni. 4) Tayorgarlik. 5) Bolalarning bilim, ko‘nikma va malakasi. 6) Tarbiyachining bilim, ko‘nikma, malakasi. Nazorat savollari 1.Tashkillashtirish nima? 2. Tekshirish va yo‘naltirish, pedagogik analiz, boshqaruv usullari haqida nimalarni bilasiz? 3.Nazorat qilish nima? 4. Nazorat qilishning metodologik asosini tushuntiring 5. Nazorat o‘tkazishning bosqichlarini ,tekshirish rejasini tuzing Download 259.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling