Reja: Nerv sistemasining ahamiyati


Download 363.19 Kb.
bet10/14
Sana05.01.2022
Hajmi363.19 Kb.
#204769
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
MUROD TAYYOR

Ovqatlanish gigiyenasi - gigiyenaning bir tarmogʻi, sogʻlom odamning toʻfi va bekamu koʻst ovqatlanish muam-molarini oʻrganadigan fan. Uning mustaqil boʻlimi — diyetologiya bemorlar ovqatini oʻrganadi va parhez ovqatlar tarkibini ishlab chiqadi. Goʻdaklnk davridagi ovqatlanishni oʻrganish ham O.g .ning mustaqil boʻlimidir. O.g . odamning ovqatlanishini jins, yosh, kasb, mehnat harakteri, jismoniy zoʻriqish, iklim sharoiti, milliy va boshqa xususiyatlari, turli hududlardagi aholi ovqatining miqdori va sifat tomonlariga bogʻlab oʻrganadi va kishilarning meh-nat sharoitiga qarab oziq moddalarga ehtiyojini belgilab beradi.

Ovqatlanish gigiyenasi korxonalarining jamoalari, maktablardagi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va boshqa muassasalarning bolalar jamoalari uchun ratsional ovqat ishlab chiqish, umumiy ovqatlanish va ovqat sanoati korxonalarida oziq-ovqat masalliklarini zararli moddalar qoʻshilishidan saklashga doir taʼsirli sanitariya nazorati usullarini ishlab chiqish, ovqatdan boʻladigan toksikoin-feksiyalar va intoksikatsiyalarttg ol-dini olish tadbirlarini ishlab chiqish, ovqat sanoati, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini loyihalash, qurish va ishga tushirishni profilaktik sanitariya nazoratiga olish, yangi sanoat tovarlarining vaqtincha texnika shartlari va davlat andozasiga mos ishlab chiqishda qatnashish O.g .ning amaliy vazifalaridir.

O.g . oʻz tadqiqotlarida kimyo, mikrobiologiya, fiziologiya, stomatologiya, iklimshunoslik va boshqa fanlarning ilmiy maʼlumotlariga tayanadi.

OʻzRda O.g . sohasidagi i.t.larni respublika diyetologiya markazi, ToshTIning ovqatlanish gigiyenasi kafedralari, shuningdek, sanitariya-gigiyena i.t. instituti, lab.lari va boʻlimlari, don, goʻsht va sut, konserva va sabzavot quritish, konditer sanoati va boshqalarning nazorat tarmoklari olib boradi.

YUQUMSIZ VA YUQUMLI KASALLIKLAR

Patogen mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, eng sodda jonivorlar va h. k.)ning kishi, hayvon va oʻsimlik organizmiga kirib koʻpayib, zararli taʼsir koʻrsatishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, qizamiq) bemorga yaqin yurilganda yuqadi, ularga „yuqumli kasalliklar“ termini juda mos keladi. Infeksion kasalliklardan baʼzilari (mas, bezgak) bemorga yaqin yurilganda („kontakt“ yoʻli bilan) yuqmaydi, demak, ularga „yuqumli kasalliklar“ termini unchalik toʻgʻri kelmaydi.

Bemor organizmida shu kasallikni vujudga keltiruvchi maxsus mikrob borligi va kasallikning odamdan odamga yuqishi mumkinligi Infeksion kasalliklarning asosiy belgilaridir.

Infeksion kasalliklarning chinakam sabablari 19-asrning 2-yarmida L. Paster, R. Kox, I. I. Mechnikov va b. olimlarning ishlari bilan isbot qilindi. Baʼzi kasalliklar (vabo, ich terlama, paratif, dizenteriya va b. ichak infeksiyalari) hazm yoʻli orqali (bemorlar najasi tushgan suv va oziq-ovqat yoki shu najas zarralari tekkan yuvuqsiz qoʻl orqali) yuqadi. Bemor yoʻtalganda, aksa oʻrganda, soʻzlashganda chiqadigan mayda shilimshiq zarralari havo bilan nafas yoʻllariga kirishidan kelib chiqadigan kasalliklar (tomchili infeksiyalar)ga gripp, koʻkyoʻtal, parotit, difteriya, qizamiq va b. kiradi. Baʼzi kasalliklarqon soʻrar hasharotlar (bit, chivin, burga, kana, iskabtopar va h. k.) orqali yuqadi (bezgak, toshmali terlama, qaytalovchi terlama, kana va chivin orqali yuqadigan ensefalitlar, iskabtopar isitmasi va h. k.). Bemorga yakin yurganda yoki uning sochigʻi, idishtovogʻi va b. buyumlaridan foydalanganda yuqadigan kasalliklar (tanosil kasalliklari, kuydirgi, kal yara va b.) alohida guruhni tashkil etadi. Infeksion kasalliklar bir necha kun (gripp, qizamiq, iskabtopar isitmasi) yoki bir necha hafta (ich terlama, toshmali terlama va b.) davom etishi yoki oylab va hatto, yillab choʻzilishi mumkin (sil, moxov, zaxm). Infeksion kasalliklar kelib chiqishi organizmga kirgan patogen mikroblarning soniga, viru-lentligiga, kirgan joyiga, kishining yoshiga, infeksiyaga moyilligiga, shuningdek, mikrob atrofidagi tashqi muhit sharoitiga (noqulay sharoitda mikrobning virulentligi kamayadi) bogʻliq. Infeksion kasalliklarning paydo boʻlishi va uti-shida ijtimoiy sharoit (uy-joy, ovqatlanish tarzi, madaniy saviya, tibbiy yordam) hal qiluvchi rol oʻynaydi. Shu sharoitning oʻzaro taʼsiriga qarab Infeksion kasalliklarning turli (tipik — rostmana, yengil va b.) shakllari na-moyon boʻladi. Infeksion kasalliklarning oʻtishida inku-batsion davr, kasallik simptomlarining paydo boʻlish va oshib borish davri, kasallik avjiga chiqqan davr, kasallikning soʻnish davri va sogʻayish davri farq qilinadi. Infeksion kasalliklarning har birida shu davrlarning oʻziga xos xu-susiyatlari bor. Ich terlama kabi baʼzi Infeksion kasalliklar mikrobi ogʻrib oʻtgan organizmda saqlanib qoladi va tevarakatrofdagi muhitga chiqaveradi. Koʻpgina Infeksion kasalliklardan keyin immunitet qoladi. Mac, Infeksion kasalliklarni aniqlashda kasallikning klinik belgilari, lab.da tekshirish natijalari va epidemiologik maʼlumotlar asos qilib olinadi. Bemorlar maxsus jihozlangan infeksion kasalxonalarda davolanadi. Infeksion kasalliklarga qarshi kurashda profilaktika tadbirlari hal qiluvchi rol oʻynaydi.

Infeksion kasalliklarning yanada tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik uchun shunday kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlar yoki shunday kasallik bor deb gumon qilingan kishilar kasalxonada yoki uyida ajratib qoʻyiladi. Toun (chuma), vabo (xolera), toshmali terlama (toshmali tif), ich terlama (qorin tifi), paratif, dizenteriya, virusli gepatit, difteriya va b. kasalliklar topilgan yoki gumon qilingan kishilarni maxsus sanitariya transportida kasalxonaga olib borib yotqizish shart. Gripp, qizamiq, koʻkyutal va b. baʼzi Infeksion kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni alohida xonaga yotqizish, tegishlicha parvarish qilish va dezinfeksiya oʻtkazib turish sharti bilan uyida ajratib qoʻyish mumkin.

Sanatoriylar, dam olish uylari, bolalarni sogʻlomlashtirish muassasalari, bolalar bogʻchalari va yaslilarda, shuningdek, kasalxonalarning terapiya, xirurgiya, pediatriya va b. (infeksion boʻlimidan tashqari) boʻlimlarida izolyator jihozlanadi. Ayniqsa, xavfli infeksiyalar (toun, vabo) bilan ogʻrigan bemorlarga yaqin yurgan kishilarni oʻsha kasalliklarning inkubatsion davriga teng keluvchi muddat bilan ajratib qoʻyish shart. Boshqa infeksion kasalliklarda bemorlar turli muddat bilan ajratib qoʻyiladi (jadval).

BOLALARDA QADDI-QOMATNING SHAKLLANISHI VA KAMCHILIKLARI

O’quvchilarda qad-qomatning shakllanishi, tabiiy egilishlar, qad-qomatning shakllanishidagi kamchiliklar ,ularning kelib chiqishining oldini olish ,qad-qomatning 18 yoshgacha shakllanishi to’g’risida o’quvchilarda bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi:

O’quvchilarda ekologik tarbiyani,axloqiy fazilatlarni shakllantirish. Jamoada ishlash, o’zgalar fikrini hurmat qilish kabi fazilatlarni tarbiyalash.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

O’quvchilarning qad-qomat to’g’risidagi bilimlarini rivojlantirish, duyoqarashini kegaytirish, fikrlash qobiliyati va nutqini o’stirish.

Dars turi:

Aralash dars.

Darsda foydalaniladigan texnologiyalar:

“Aqliy hujum”,”Klaster”, “Venn diagrammasi”, test savollari, tarqatma materiallar.

Darsda foydalaniladigan jihozlar:

Texnik vositalar, bukletlar, rasimlar, plakat, darslik.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism. 3-4 daqiqa.

O’qituvchi o’quvchilar bilan salomlashadi. Sinfdagi navbatchi o’quvchidan davomatni aniqlaydi va sinf jurnaliga qayd etadi. Sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorligini aniqlaydi.Mamlakitimizda va jahonda fan sohasida bo’layotgan yangiliklar bilan o’quvchilarni xabardor qiladi. O’quvchilardan ham fikrlarini so’raydi.

O’tilgan mavzuni so’rash: 15daqiqa.

O’qituvchi “Aqliy hujum”dan foydalanib o’quvchilarga o’tilgan mavzudan umumiy savollar bilan murojaat qiladi.

Savollar:

1.Muskullarni harakatga keltiruvhi nerv hujayralari nima deyiladi?

2.Skelet muskullari necha xil ish bajaradi?

3. Muskulning statik ishiga misol ketiring.

4.Muskullarning dinamik ishiga misol keltiring.

5.Muskul necha xil sababga ko’ra charchaydi?

6.Muskul kontrakturasi deganda nimani tushunasiz?

“Aqliy hujum”dan keyin o’qituvchi doskaga ikki nafar o’quvchini chiqaradi.Ular doskada “Skelet tuzilishi”, “Skelet tarkibi”, “Muskullar” mavzularida “Klaster” usulda ishlaydilar.Bu vaqtda o’tirgan o’quvchilardan darsda faol qatnashmaydigan o’quvchilar tanlab olinadi va ularga kartochkalar tarqatiladi.Kartochka quyidagi savollardan tashkil topgan bo’lishi mumkin.

1-Kartochka.

Motoneyronlarning nerv markazlari qayerda joylashgan?

2-Kartochka.

Muskullarning qanday xillarini bilasiz?

3-Kartochka.

Skelet muskullari qanday bo’limlarga bo’lib o’rganiladi?

4-Kartochka.

Bosh muskullariga qaysi muskullar kiradi?

5-Kartochka.

Ko’krak qafasi muskullari qanday funksiya bajaradi?

6-Kartochka.

Muskullarning statik va dinamik harakatiga ta’rif bering.

O’quvchilar yuqoridagi kartochka savollariga javob topgunlaricha doskada bir o’quvchi o’tilgan mavzuni og’zaki gapirib beradi. “Klaster” usulda doskada ishlagan o’quvchilar o’z fikrlarini asoslab beradilar va baholanadilar. Kartochkalarga tayyor bo’lgan o’quvchilar navbat bilan javob beradilar va baholanadilar.

Yangi mavzu bayoni. 15 daqiqa.

Qad-qomat deb odam tanasining o’zi odatlangan holatda erkin tutishiga aytiladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda tabiiy egilishlar bo’lmaydi. Bola o’sib borgan sari uning umurtqa pog’onasining bo’yin va bel qismida oldinga, ko’krak va dumg’aza qismida orqaga egilishlar hosil bo’ladi. Bu tabiiy egilishlar hisoblanadi. Odamning qad-qomati 18 yoshgacha shakllanadi.Qad-qomatning shakllanishida quyidagi kamchiliklar uchraydi: egilgan, kekkaygan, lordotik, kifotik, skoliotik qad-qomat. Qad-qomat shakllanishidagi kamchiliklar nafaqat tashqi ko’rinishga, balki ichki organlar joylashuviga ham ta’sir ko’rsatadi. Odam spot va jismoniy mashqlar bilan shug’ullanganda tez charchaydi, nafas qisadi, yurak urishi tezlashadi. Qad-qomat to’g’ri rivojlanishi uchun yoshlikdanoq gigiyena qoidalariga rioya qilmog’I lozim. Buning uchun bolani erta yurgizmaslik, o’tqizmaslik, bir qo’lidan yetaklamaslik kerak. Yassioyoqlik. Oyoq kaftining o’yig’I tananing ressori hisoblanadi, ya’ni tana massasi oyoqning hamma joyiga teng taqsimlanadi. Oyoq kaftida gumbazning ko’payib, o’yig’ning kamayishi yassioyoqlik deyiladi.Yassioyoqlik tug’ma va orttirilgan bo’ladi. Tug’ma bo’lsa nasldan-naslga o’tadi yoki ona qornida rivojlanish jarayonida kelib chiqadi. Orttirilgani esa bolani erta yurgizish, og’ir yuk ko’tartirish, poshnasiz oyoq kiyim kiydirish, uchi tor poshnasi baland orqasi keng oyoq kiyim kiyishdan kelib chiqadi.Yassioyoqlik umurtqa pog’onasining egirlanishiga va qad-qomatning buzilishiga olib keladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash:7 daqiqa.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

1.Qad-qomat deb nimaga aytiladi?

2.Umurtqa pog’onasidagi tabiiy egilishlarni ayting.

3.Qad-qomat rivojlanishidagi kamchiliklarni ayting.

4.Skoliotik qad-qomat qanday kelib chiqadi?

5.Kifotik qad-qomat qanday tuzilishga ega?

6.Yassioyoqlikning kelib chiqishi haqida ma’lumot bering.

Yangi mavzu mustahkamlangandan keyin o’qituvchi o’tilgan va yangi mavzuni umumlashtirib, yakunlaydi. 3daqiqa.

Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarning baholarini o’qib, eshittiradi va rag’batlantiradi. Darsda qatnashmay, chetda qolgan o’quvchilarni ogohlantirib, qo’shimcha vazifalar beradi.

Uyga vazifa berish.2 daqiqa.

Mavzuni o’qib, o’zlashtirish, mavzu bo’yicha bukletlar, krossvordlar tuzish.




Download 363.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling