Reja: Noto‘g‘ri ovqatlanishdan charchash
Download 136.51 Kb.
|
Charchash va uning paydo bo‘lish sabablari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ortiqcha zo‘riqish bilan ishlash
- Temir tanqisligi
- Doimiy charchoq biror kasallik alomatimi
- Harakatsizlik
Nonushta qilmaslik
Kuchli faoliyat uchun organizmda yetarlicha “yoqilg‘i” bo‘lishi kerak. Ertalab nonushtasiz, o‘zingizni yomon xis qilasiz. Organizm energiyaga muhtoj va ertalabki nonushta uchun u sizga “rahmat” deydi. Konditsionerning chang bosgan filtrlari Konditsionerlarni kamdan kam tozalash ba’zilarimiz uyda boshdan kechiradigan charchoqning keng tarqalgan sababidir. Allergiyaga moyil odamlar konditsionerlarga tartibsiz texnik xizmat ko‘rsatishni zamonamizning asosiy muammolaridan biri deb atashadi. Ortiqcha zo‘riqish bilan ishlash O‘zingizni doimo serg‘ayrat deb o‘ylamang va har bir taklifga “ha” deb javob bermang. Agar bir paytda ko‘p vazifalarni bajarishga harakat qilsangiz, ertami-kechmi charchaysiz. Har doim dam olishga vaqt toping: bunda ishingiz samaradorligi sezilarli darajada oshadi. Temir tanqisligi Organlar va to‘qimalarga kislorod yetkazib beruvchi qizil qon hujayralari yetishmovchiligi natijasida charchoq paydo bo‘ladi. Temir tanqisligining sezilarli va yashirin holati uchun qon tahlili muammoni aniqlashga yordam beradi. Taomnomaga yong‘oq, dukkakli o‘simliklar va dengiz o‘tlari kabi temirga boy oziq-ovqatlarni kiritish orqali temir tanqisligidan qutiling. Anemiya aniqlanganda shifokor qo‘shimcha dori-darmonlarni buyuradi. Doimiy charchoq biror kasallik alomatimi? Holsizlik o‘z-o‘zidan kelib chiqadigan kasallik emas, ammo xavotirli alomat bo‘lishi ham mumkin. Charchoq, mushaklar kuchsizligi, bosh og‘rig‘i, asabiylashish va boshqa belgilar bilan birgalikda kelganda muammoni hal etishda shifokor yordami zarur. Tongda uyqudan qiyinchilik bilan uyg‘onsangiz, ertalabdan holsiz va charchagan bo‘lsangiz, o‘zingizni quvvatsiz his qilsangiz va ish kunini tezroq yakunlab uxlashni istasangiz — bu holat sababini aniqlash lozim. Stress Miyada adrenalin ko‘payishi tufayli yuzaga keladigan stress paytida ko‘proq quvvat sarflanadi. Stressdan qutulishga harakat qiling — chuqur nafas olish va meditatsiya asabiy taranglikni bartaraf etishga yordam beradi. Harakatsizlik Ko‘pchilik kun yakunida sport zaliga borish kerak deb o‘ylaydi. Ammo muntazam jismoniy mashqlar kelgusida energiya olishning ajoyib usuli hisoblanadi. Agar muntazam ravishda mashq qilishni boshlasangiz, tez orada o‘zingizni faol va ishchan his qilasiz. Download 136.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling