Reja: Numizmatika ta’rifi Ilk o’rta asrlarlarda Yevropa numizmatikasi


Download 28.67 Kb.
bet2/6
Sana03.02.2023
Hajmi28.67 Kb.
#1151528
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
numizmatika

Oʻrta Osiyoda birinchi tangalar (kumushdan) miloddan avvalgi 3-asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi (aversi)ga podshoning surati, orqa tomoni (reversi)ga esa har xil xudolar, muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamgʻasi tushirilgan.
Numizmatika numizmatik kolleksiyadan farq qiladi. Tangalarni kolleksiya kilish 14—15-asrlarda Italiyada paydo boʻlgan. Ilmiy Numizmatika fani 18-asrning 2-yarmida venalik Y. X. Ekkel tomonidan asoslangan.
Numizmatika shartli ravishda Antik davr, Vizantiya, Sharq (Osiyo va Afrika mamlakatlarida, shuningdek, Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Qrim, Volga boʻyida oʻrta asrlarda chiqarilgan tangalarni oʻz ichiga oladi), Gʻarb (Gʻarbiy Yevropa hamda AQSH, Kanada va Lotin Amerikasida chiqarilgan tangalar) va rus Numizmatikasiga boʻlinadi.
Sharq Numizmatikasiga X. D. Fren asos solgan. Oʻrta Osiyo davlatlari tangalarini oʻrganishda rus olimlari P. S. Savelyev, V. T. Tizengauzen, Ye. A. Davidovich, O. N. Smirnova, oʻzbekistonlik olimlardan M. Ye. Massoy, Sh. R. Pidayev, E. V. Rtveladze, T. S. Yernazarova, Ye. V. Zeymal, B. D. Kochnev, A. A. Musakayeva, I. T. Toʻxtiyev va boshqalarning hissasi katta.
2-Ilk va o’rta asrlarda yevropa numizmatikasi
O’rta asrlarda Yevropa tangalar tarixini 5 davrga bo’lish mumkin1:
1. Varvarlar zarblari – V-VIII asr o’rtalari.
2. Karolinglar dinori –VIII o’rtalari –X asr.
3. Feodallar dinori – X-XIII asr o’rtalari.
4. Grosha va Florina – XIIIasr o’rtalari – XVIasr boshi.
5. Taler davri –XVIasr boshi – XVIII-XIX asrlar.
Yevropaning ilk tangalari (ilovaga karang)
Yuqorida ta'kidlaganimizdek Yevropada miloddan avvalgi 45 – yillarda
Rimda Tit Kariziy magistrligi davrida ma'buda Yunona ibodatxonasida old
tomonida bejirim ayol boshining surati bezab turgan, orka tomonida
“Moneta” (grek tilida “Bashoratchi”) deb yozilgan dinor pul zarb kilingan.
Rim dinor zarb etilishiga kadar tangalar bir necha asrli tarixiy yul bosib
utishga ulgurgan edi. Juda kadim zamonlardan beri tangani afsonaviy
kaxramonlar va ma'budlar yartadi,degan akida yashab kelar edi. Kadimgi
grek manbalarida tanganing kelib chikishi haqida uchta faraz borligi kayd
etiladi. 1- faraz. Tangalar ilk bor Kichik Osiyo davlati Lidiyada zarb kilina
boshlagan. 2-faraz. Kumush tangani Agros podshoxi Fidon kashf etgan. 3-
faraz. Tanganing yaratilishi Eolidadagi kima shaxrining afsonaviy shoxi
Midasning xotini malika Germodik nomi bilan boglikligi aytiladi.
1-bosqich. Rim imperiyasi yemirilgandan sung Sharkiy-Yevropa
ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, ishlab chiqarish zaiflashadi, hunarmandchilik va
natural xo’jalikka asoslangan mexnat taqsimoti vujudga keladi.
Doimiy maxaliy bozorlarning bulmaganligi, bu davrda tangalar asosan
xalqaro pul vazifasini bajargan. Zero, ichki savdo ilk feodal jamoa
xujaligining asosini tashkil etgan. Mamlakatda tovar ayriboshlash kuchli
bulgan tangalar asosan boylik, xazina, mulk va tulov vositasi sifatida zarb
kilingan.
1 Vvedeniye v spetsialnqe istoricheskiye dissiplinq. M.MGU 1990g. – 32 str.

Download 28.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling