Reja: Ob’yektlarni matematik yozuvlari, matematik modellari
Tajribani o`tkazishga tayyorgarlik
Download 341.5 Kb.
|
INFORMATIKA FANIDA MODELLASHTIRISH
4. Tajribani o`tkazishga tayyorgarlikTajribaning muvaffaqiyatli o`tkazilishi uni o`tkazish uchun ko`rilgan tayyorgarlikka chambarchas bog`liqdir. Agar jarayon yoki tizimga yangi vositalar va usullar qo`llanilayotgan bo`lsa, ishlab chiqilgan va qabul qilingan usul bo`yicha tajriba sinovlari o`tkaziladi. Bunda tadqiqotchi zarur ko`nikma va tayyorgarlik oladi, ma’lumot beruvchi asboblarning ishlash qobiliyatini tekshiradi, tanlangan usul bo`yicha ishlash mumkinligini tekshiradi, hisobga olinmagan ta’sir etuvchi faktorlarni aniqlaydi va natijalarning xatolik darajasini bahoaydi. YAngi o`lchash qurilmalaridan foydalanganda ularning o`lchash aniqligini tekshiradi. Tajriba sinovlarining natijalari bo`yicha tegishli tuzatishlar, o`zgartirishlar kiritiladi. Tajriba sinovlarida kutilmagan natijalar olinishiga qaramay, tajribalarni ko`rsatilgan usul bo`yicha oxirigacha olib borish zarur. Olingan natijalarni to`la tahlil qilingandan keyingina tajriba shartlari yoki o`tkazish usullarini o`zgartirilishi maqsadga muvofiqdir. Tajribalarning bitta bosqichini oxirigacha faqat bitta tadqiqodchi o`tkazishi zarur, tadqiqodchining o`zgartirilishi sub’yektiv ma’lumotlar olinishiga sababchi bo`lishi mumkin. Ma’lumotlarni o`z vaqtida qayta ishlab chiqish ularning xaqiqiyligi yoki sun’iyligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Tajribalarni o`tkazishda akademik A. F. Ioffe laboratoriyalarida ishlab chiqilgan, har bir tadqiqotchiga namuna bo`ladigan quyidagi qoidalarga rioya qilish foydalidir: Tajriba o`tkazuvchi oldiga qo`yilgan masalaning nazariyasini bilishi shart. Tajribani iloji boricha soddaroq vositalar yordamida o`tkazish zarur. Hamma ishni o`zi uddalashi zarur. Hamma ishni o`z qo`li bilan bajarishi shart emas, lekin bilishi shart. Tajribani kimgadir ishonib topshirib qo`yish mumkin emas. Har qanaqa qiyinchiliklar tug`ilishiga qaramay qo`yilgan maqsadga erishish zarur. Halollik – fanning qonuni. Natijalarni sun’iylashtirishga hech qachon yo`l qo`yilmasligi kerak. Natijalarga qarab, ruxiy ezilmaslik zarur. Birorta ham natija bo`lmasligidan ko`ra, bir nechta kutilmagan natijaga ega bo`lish afzal. Agar uning yoshi sening yoshingdan kichikroq bo`lgan taqdirda ham aqlli odamning maslahatiga quloq sol. O`zingni o`zing tanqid qilishni uddalay bil, o`z-o`zini tanqid qilish xatodan asraydi. O`qi va o`rgan «Agar odamlar o`qimay qo`ysalar ular fikrlashdan to`xtaydilar» - Didro. ob’yektning va qo`llanilayotgan o`lchash vositalarining xususiyatiga qarab kiruvchi va chiquvchi ko`rsatkichlarning qiymatlari uzluksiz yoki diskret ko`rinishda tasvirlanishi mumkin. 2 rasmda uzluksiz (a), diskret (b) va kombinatsiyalashgan (v) ko`rinishdagi o`lchash natijalarining grafiklari keltirilgan. 2- rasm. Ob’yektning kirish va chiqish ko`rsatkichlari haqidagi tajribalar ma’lumotlari grafiklari. Qo`shimcha natijalarni EXM da qayta ishlash maqsadida uzluksiz ma’lumotlar diskretlashtiriladi. Bunda diskretlashtirish qoidalariga rioya qilish zarur.
keskin farq qiluvchi tajriba natijalarini chiqarib tashlash; o`lchash natijalarining tasodifiyligi va bog`liqmasligini tekshirish; tasodifiy miqdorning sonli xususiyatlarini aniqlash: O`rta qiymatni, dispersiyasini, o`rta kvadratik og`ishini, variatsiya koeffitsiyentini, tasodifiy miqdor taqsimotining ko`rinishini va bu xususiyatlar xatoligi va ishonchliligini aniqlash; tasodifiy funktsiya taqsimotining ko`rinishini, korrelyatsion funktsiyasini, spektral zichligini aniqlash; jarayonning paydo bo`lishini tekshirish; Jarayon yoki tizimning statsionarligini tekshirish va ma’lumotlardagi yashirin davriylik qonuniyatlari borligini aniqlash. Download 341.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling