Reja: Ob’yektlarni matematik yozuvlari, matematik modellari


Keskin farq qiluvchi tajriba natijalarini chiqarib tashlash usullari


Download 341.5 Kb.
bet5/6
Sana10.03.2023
Hajmi341.5 Kb.
#1257131
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
INFORMATIKA FANIDA MODELLASHTIRISH

5. Keskin farq qiluvchi tajriba natijalarini chiqarib tashlash usullari

Tajriba natijalarining ichida boshqalaridan o`ta katta yoki o`ta kichik bo`lgan ma’lumotlar uchrashi mumkin. Odatda bunday ma’lumotlar jadvaldan chiqarib tashlanadi, Masalan, tajriba o`tkazish natijasida chiquvchi ko`rsatkichning Y1 Y2 Y3 ..... Yi .... Yj .... Ym-1 Ym qiymatlarini olaylik va Yi=Ymin bo`lsin. Agar Ymin va Ymax qiymatlar boshqa qiymatlardan keskin farq qilsa, ular o`rta qiymat va dispersiyaning me’yoridan chetga chiqib ketishlariga sabab bo`ladi.


Ma’lumotlarning keskin farq qiluvchi ekanligini aniqlash va chiqarib tashlash usullarini ko`rib chiqamiz.
Keskin farq qiluvchi ma’lumotlar imkoniyatlarini aniqlash usulining birinchi va eng ishonchlisi – ma’lumotlarni olish shartlarini tahlil qilishdir. Agar shart – sharoitlar me’yoridan yoki belgilangan rejadan sezilarli farq qilsa, ma’lumotning qiymati qanaqa bo`lishidan qat’iy nazar, u jadvaldan chiqarib tashlanadi.
Ikkinchi – statistik usul tajriba shartlari o`zgarishini aniqlash qiyin bo`lganda qo`llaniladi. Bu usulning mohiyati quyidagilardan iborat:

  1. Ma’lumotlar jadvalining har bir satri uchun o`rta qiymat va dispersiyalar hisoblanadi.

(3)
(4)

  1. Smirnov – Grabs mezonlari hisoblanadi:

(5)
(6)

So`ngra Vxmax va Vxmin lar Smirnov – Grabs mezonining 1 – ilovadan topilgan VJ [Rd,m] yoki VJ [,m] jadval qiymati bilan solishtiriladi, bunda =1- Rd – ahamiyatlilik darajasi, Rd – ishonchlilik extimoli. Agar Vxmax>VJ va Vxmin>VJ shartlar bajarilsa, shubxa qilinayotgan eng katta yoki eng kichik tajriba natijalari chiqarib tashlanadi. Agar jadvalda keskin farq qiluvchi qiymatlar bittadan ortiq bo`lsa, qarab chiqilgan usul ketma-ket bir necha marta qo`llaniladi.


Misol: faraz qilaylik, tajribalar o`tkazish natijasida quyidagi natijalar olinsin: 199; 239; 214; 229; 224; 234; 219; 300; 224; 218.
Keskin farq qiluvchi qiymatlarni chiqarib tashlash operatsiyasini bajaramiz.

1 - ilovadan VJ [=0,05;m=10]=2,29 va VJ [=0,01;m=10]=2,54 bo`lib, Vxmax>VJ bo`lgani uchun 300 tajribalar jadvalidan chiqarib tashlanadi.


Agar VJ [=0,05;m=10]< Vxmax<VJ [=0,01;m=10] holat ro`y bersa tajriba o`tkazish shartlari obdon tekshirilib ko`riladi. Undan so`ng bajarilgan ishlar 239 uchun bajariladi.
Endi Ymin=199 uchun hisoblash ishlarini bajaramiz.
Y=300 chiqarib tashlangan so`ng tajribalar soni m=9 bo`ladi.

S{Y}=11,8;

1 - ilovadan VJ [=0,05;m=9]=2,24.


Vxmin<VJ bo`lgani uchun 199 tajribalar jadvalidan chiqarib yuborilmaydi.


Download 341.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling