Bu personajlarning har biri betakror qiyofaga ega va xalq komediyasida o'zigagina xos ijtimoiy-estetik vazifani bajarishlari tufayli asarning g‘oyaviy-badiiy maqsadini ochishga xizmat qilgan va tomoshabinlarga zavq va saboq berishgan. - Bu personajlarning har biri betakror qiyofaga ega va xalq komediyasida o'zigagina xos ijtimoiy-estetik vazifani bajarishlari tufayli asarning g‘oyaviy-badiiy maqsadini ochishga xizmat qilgan va tomoshabinlarga zavq va saboq berishgan.
- II. «Chodirxayol» qo'g'irchoq teatri. Buni hozir zamonaviylashtirib marionetka teatri deyiladi. «Chodir xayol» teatrida qo‘g‘irchoqlar harakati iplar yordamida amalga oshiriladi. Qora iplarga bog‘langan qo‘g‘irchoqlar kechasi qora parda fonida harakatlantirilgani uchun ko‘zga tashlanmaydi va qo‘g‘irchoqlar go‘yo o‘zi harakatlanayotganday ko‘ringani uchun tomoshabinlarda katta qiziqish ham da estetik zavq uyg‘otgan. Bu teatrda, asosan, «Sarkardalar» xalq komediyasi o‘ynalgan. Hozirgacha bu teatr repertuaridan bizga ma’lum bo‘lgan yagona asar shu komediya bo‘lib, uni 1927-yilda M.F.Gavrilov yozib olgan. «Chodir xayol»da ham 100 ta qo‘g‘irchoq — personaj mavjud. P.A.Kamarov kolleksiyasida shulardan 47 tasi mavjud, qolganlari esa hanuzgacha noma'lum.
«Chodir xayol» spektaklida voqea, asosan, xon saroyida kechadi. Shu vajdan unda harbiylarni ifodalovchi qo‘g‘irchoq — personajlar ko‘p. Chunonchi yasovul, rus sarbozlari, xitoy sarbozlari va xalq komediyasining bosh qahramoni Yo‘ldosh yasovul shu silsilaga kiradi. - «Chodir xayol» spektaklida voqea, asosan, xon saroyida kechadi. Shu vajdan unda harbiylarni ifodalovchi qo‘g‘irchoq — personajlar ko‘p. Chunonchi yasovul, rus sarbozlari, xitoy sarbozlari va xalq komediyasining bosh qahramoni Yo‘ldosh yasovul shu silsilaga kiradi.
- Yo‘ldosh yasovul boshida qora popugi osilib turgan qizil qalpoq kiyib olgan, ikki beti ham anordek qip-qizil, qirrador burni dumaloq yuzi ustida savlat to'kib turibdi. Yashil shalvor va havorang mundir kiyib olib, belini oq-qizil yo‘l-yo‘l tasma bilan mahkam bog‘lagan, oyog‘ida qora etik, chap qo‘lida qamchi. Yuzlarida qo‘rquv va dahshat ifodasi bor. Hayronlikdan og‘zi ochilib qolgan, g‘oyat siqilgannamo, birmuncha sodda, zahmatkash va dilkash qiyofadagi kishi sifatida harakat qilsa, boshqa personaj — qo‘g‘irchoqlar uning shu xatti-harakatini to‘ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |