Bularni uchguruhga bo‘lish mumkin: - Bularni uchguruhga bo‘lish mumkin:
- 1. San’at ahli. Bular aslida mehnatkash xalq vakillari bo‘lib, Toshpo‘lat dorboz, Parda kamaychi, raqqosalar - Lazokat poshsha, Saodat poshsha, Emazar maymunchi, Orif jarchi ko‘zaboz, Oysha xotin olmaboz, erkak-ayol parangi muallaqchilar, Shodmon botir qirg‘izlardan iborat.
- 2. Satirik personajlar. Bular asli real tarixiy shaxslar bo‘lib, Xudoyorxon, Puchuq oftobachi (ba’zan Abdurahmon oftobachi), O‘ratepa begi Abdug'afforbek, Saydulla yuzboshi. Iso avliyo, Hamid qiyshiq o‘g‘ri. Said Botir qalandar, Qo‘ng‘irboy ko‘mirchi singari personaj- qo‘g‘irchoqlar harakat qiladi.
- Shuni ta’kidlash joizki, «Chodir xayol» spektaklida kamida 50 tacha qo‘g‘irchoq ishtirok etganligi tufayli ularni ip bilan boshqarish zaruriyatga aylangan. Bu tomosha, asosan, kechqurun o‘ynalganligi tufayli «Shab bozi» deb ham yuritilgan.
III. «•Fonus xayol yoki soya» qo‘g‘irchoq teatri. Bu teatrda tomoshalar qo‘g‘irchoq yoki qo‘l barmoqlarining soyasini devorga tushirib, turli-tuman shakllar hosil qilish orqali namoyish qilingan. Ana shu uch turdan tashqari qo‘g‘irchoq teatrining yana bir shakli ham borki, unda ijrochi hamda qo‘g‘irchoq teng turishib tomosha ko‘rsatishadi. Tomosha ularning dialogidan tashkil topadi. Harqalay bu hodisani qo‘g‘irchoq teatrining to‘rtinchi turi sifatida e’tirof etish oyinga aylanib bormoqda. - III. «•Fonus xayol yoki soya» qo‘g‘irchoq teatri. Bu teatrda tomoshalar qo‘g‘irchoq yoki qo‘l barmoqlarining soyasini devorga tushirib, turli-tuman shakllar hosil qilish orqali namoyish qilingan. Ana shu uch turdan tashqari qo‘g‘irchoq teatrining yana bir shakli ham borki, unda ijrochi hamda qo‘g‘irchoq teng turishib tomosha ko‘rsatishadi. Tomosha ularning dialogidan tashkil topadi. Harqalay bu hodisani qo‘g‘irchoq teatrining to‘rtinchi turi sifatida e’tirof etish oyinga aylanib bormoqda.
- Biroq mazkur to‘rt turning faoli va keng tarqalgani hamda qadimiysi «Chodir jamol»va «Chodir xayol» bo'lib, ulardagi chodir va peshtaxta (sandiq) mohiyatini Husayn voiz Koshifiy shunday ta’riflaydi: «Agar chodir (xayma) nimaga ishora qiladi, deb so‘rasalar, bu inson badaniga ishora, deb javob bergil. Chunki inson ichidan har lahzada yuz xil qo‘g‘irchoqlar bosh ko‘taradi va tilga kiradi. Bu xayma, ya’ni badan ichida turli fe’l-ravishlar bo‘lsa-da. biroq bulaming hammasi yagona qudratning san’ati, ijodidan boshqa narsa emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |