Reja: Og‘zaki drama xalq ijodining mustaqil janri


Download 1.46 Mb.
bet16/20
Sana13.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1195682
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
XALQ TEATRI VA ASKIYA SAN`ATI


Askiyaning har xil turlari mavjud. Shulardan eng keng tarqalgan, an’anaviylashgani payrovdir. Payrov — muayyan mavzu otrofida ijro etiladi. Masalan, mevalar nomi, kino nomlari, parranda, qushlar, fasllar, badiiy asarlar nomi payrovlarga mavzu qilib keltirilishi an’anaga aylangan.
Payrovlarning hajmi har xil, sujeti sodda bo‘ladi. Payrovda birorbir so‘z, atama chertib aytiladi va u garchi o‘z ma’nosida qo‘llanayotgandek tuyulsa-da, aslida ko‘chma ma’noni bo‘rttirib ifodalab keladi. Payrovlar boshlama va tugallanma qismlardan iborat bo‘ladi. Uning boshlamasida, asosan, tarafkashlar belgilanadi. Haqiqiy payrov esa mavzu oydinlashgandan keyin boshlanadi.
Payrovda belgilangan mavzudan uzoqlashmaslik shart. Bu payrovda bellashayotgan, tortishayotgan tarafkash askiyabozlar uchun ma’lum qoidaga aylangan. Shuning uchun askiyaboz belgilangan mavzudan uzoqlashsa, pala-partish so‘z aytsa, payrov buzilgan va yengilgan hisoblanib, askiya to‘xtatib qo‘yiladi.


Payrovda yana askiyachining «raqib»iga aytgan so‘z va jumlasi ko‘chma ma’no kasb etishi shart. Shuningdek, askiyachi o‘z nutqida turli badiiy tasvir vositalaridan ham unumli foydalana olmog‘i lozim.
Askiya payrovlaridan askiyaboz o‘z «raqibi»ning fe’li — saviyasiga, xulq-atvoriga, qiliqlariga, tashqi ko‘rinishiga, portretiga mos laqabni topa olishi va ulami so‘z o ‘yini orqali sha’ma qilib o'tishi kerak. Bularning payrov askiyaning tabiatini belgilab turadi.
Askiyaning ichki turlarini «Bo‘lasizmi?», «O'xshatdim», «Gulmisiz, rayhonmisiz, jambumisiz?», «Safsata», «Qofiya», «Radif» kabi kichik, ixcham, savol-javob shakliga ega bo‘lgan namunalar tashkil etadi. Payrovga nisbatan oldinroq shakllangan askiyaning bu turida dialog kompozitsion asos hisoblanadi. Ulardagi savol-javoblarining har biri kichik hajmdagi epizodlardan tashkil topadi. «O‘xshatdim », «Bo‘lasizmi?», « Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz» tipidagi askiyalar bir xil xarakterda bo‘lib, ularda o‘xshatish orqali bir-birini tanqid qilish shakli namoyon bo‘ladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling