Reja: Og‘zaki drama xalq ijodining mustaqil janri


Download 1.46 Mb.
bet18/20
Sana13.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1195682
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
XALQ TEATRI VA ASKIYA SAN`ATI


Ba’zan askiyalarda ayrim so'zlarning o‘rni ataylab almashtiriladi yoki buzib aytiladi. Bunday holatda u yoki bu belgiga shama’ qilinadi. Urg‘u tushgan so‘z yoki jum la esa kulgi qo‘zg‘aydi. Masalan: «Mamayunus aka uxlab yotgan Erka qorini asta turtib:
— Turing, Qori aka! Kurotga (kurort) keldingiz! — dedi. Erka qori yostiqdan boshini ko'tarar ekan, shoshib-pishib, paypaslanib, derazadan tashqariga qaragan bo‘ldi-da, darhol yuzini Mamayunus aka tomonga burib:
Hovliqmay qoling, Mamayunus!. Sho‘rtepa-ku, — dedi.»
Askiyada «kurort» so‘zi ataylab buzib aytilgan. «Sho‘rtepa» so‘zi esa gap boshlagan askiyachining kal ekanligiga ishora qiladi. Shu so‘zlar yordamida askiya yengil, xushchaqchaq kulgi qo‘zg‘aydi. Bunday askiyalarda askiyachilarning portreti, fe’l-atvoriga aloqador ayrim chizgilarni ham bilib olish mumkin bo‘ladi. Jum ladan, yuqoridagi askiyaning birinchi qismida askiyachining ko‘zi ojizligiga ishora qilingan bo‘lsa, ikkinchi qismida raqib askiyachining kal ekanligiga shama' qilingan.


Ba’zi askiyalarda bir narsaning turli belgilariga ishora qilinganligini kuzatish mumkin. Masalan:
Tursun buva: — Paxta terimi normangizni nega bajarmaysiz desam, eski «vavag4» ekansiz-da.
Qodiijon aka: — O‘zlari qora taxtani qo‘noqqa aylantirib olibdilaru, yana bizga tullaklik qiladilar.»
Askiya payrovida ishlatilayotgan «vavag», «tullak» so ‘zlarining har ikkalasi ham bedanani anglatadi. Payrovda ular o‘z m a’nosida emas, ko‘chma m a’noda qo‘llanib, tortishuvda majoziy ma’no kasb etib, ish o‘rniga gap sotadigan dangasalarning safsatasi bedana sayrashiga o‘xshashligini hamda o‘ta mug‘ambir, ayyor kimsalar tullak bedana kabi ekanligini ta ’kidlash uchun xizmat qilmoqda.
Askiya professional ijroga asoslangan janrdir. Xalq orasida o‘tkir didli askiyachilar yashab o‘tganligi ma’lum. Jumladan, marg‘ilonlik Yusufjon qiziq Shakaijonov (1869-1959), qo‘qonlik Erka qori Karimov (1880-1956), Mamayunus Tillaboev, Komiljon Rahimov (1905-1964), Oxunjon qiziq Huzurjonov (1903-1967) va boshqalami eslatish mumkin. Xullas, askiya ijtimoiy hayot hodisalari, ayrim siyosiy muammolar, odamlaming turmush tarzi, o‘zaro muomala-munosabati, yaxshiyomon odatlari, orzu-istaklari asosida yaratiladigan ixcham va kulgili asarlardir. U aytuvchi va tinglovchilarga cheksiz zavq-shavq, ta'limiy tarbiyaviy ozuqa baxsh etadi, kishilarni hozirjavoblikka, badihago‘ylikka etaklaydi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling