Reja: Og‘zaki drama xalq ijodining mustaqil janri
Download 1.46 Mb.
|
XALQ TEATRI VA ASKIYA SAN`ATI
Askiya.Askiya istilohi arabcha «zakiy» so'zidan olingan bo‘lib, «so‘zamol zakovatli, o‘tkir zehnli» degan ma’nolarni anglatadi. Askiya istilohi «zakiy» so‘zini ko'plik shaklida «azkiyo» deb qo‘llashdan va keyinchalik talaffuzda «z» tovushining jarangsizlanishi oqibatida kelib chiqqan.Askiya — o‘zbek folklorigagina xos janr. Bu janr boshqa xalqlar folklorida uchramaydi. Shu jihatiga ko‘ra askiya o‘zbek folklorining janrlar tizimida alohida diqqatni tortadi hamda o‘zbek folklorining miiliy o‘ziga xos tarkibini belgilaydi. U, asosan, to‘y-tomoshalarda, xalq yig‘inlarida, sayllarda, bayramlarda, gap-gashtaklarda ijro etiladi.Askiya - so‘zga chechan, hoziijavob, hazil-mutoyibaga moyil, zakovatli, topqir, badihago‘y kishilar ma’naviy musobaqasidir. Shuning uchun askiya professional ijroga moslashgan.Askiya ijrochilari askiyaboz, askiyachi deb yuritiladi. Askiya aytishuvida har kim ham ishtirok etavermaydi, chunki askiyachilikda so‘z o‘yiniga usta, so‘z va jumlalardagi ko‘chma ma’noni ilg‘ab olishga qodir, hoziijavob, shama va piching qila bilish san'atkorligiga ega bo‘lish talab etiladi. Zero, askiya so‘z va jumlalardagi kesatiq, istehzo, piching, pisanda, mazax, shama va boshqa yumorga moyil rang-barang ko'chma ma’nolarni ilg'ab olib, unga munosib javob topa bilishdan iborat so‘z оyini san'atidir. Askiya tarafma-taraf bo‘lib ijro etishga asoslangan. Tarafma-taraf bo‘lib askiya aytishni boshlagan askiyabozlarni tinglovchilar ommasi kuzatib turadi va tomonlardan qay biri mantiqli ilmoqli luqmasi bilan ustun kelsa, kulgi-qahqaha bilan ularni ma’qullab, chapak chalib, olqishlab boradi. Shu xususiyati tufayli askiya tomonlar tortishuviga aylanib boradi. Askiyaning badiiy qurilishi tugallangan ikki fikming bir-biriga qarshi qo‘yilishidan tashkil topadi. Undagi har bir fikr o‘ziga xos tugunga va yechimga ega bo‘ladi. Qarshi qo‘yilayotgan fikrlar o ‘zaro birbirini inkor etishi yoki tasdiqlashi, yoxud kuchaytirishi kerak. Har bir askiya asosida satira va yumor teng yotadi. Chunki askiyada, albatta, ikki xil kulgi tug‘iladi. Ya’ni tomonlardan biri yaramas illatlarni ochish uchun ramziy yoki ko‘chma ma’nodagi so‘z va iboralami qo‘llaganda, zaharxanda (satirik kulgi) ko‘tarilsa, shu paytda uning fikri qaratilgan ikkinchi tomondagi askiyachilardan biri noqulay holatga tushib qoladi. Bu kulgi — yengil, beg‘ubor yumoristik kulgini tashkil etadi. Bunday kulgini hosil qilish uchun kinoya ishlatiladi, u yoki bu so‘z, ibora kuchaytiribroq, bo‘rttirib qo‘llaniladi. Raqib tomon askiyachisi kulgili narsa yoki hodisalarga qiyoslanadi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling