Reja: Oilada bolalar tarbiyasi faylasuflar fikrlari
Oilada bolalar tarbiyasi faylasuflar fikrlari
Download 192.55 Kb.
|
Оилада жисмоний машқлар билан шуғулланиш машғулотлари шакллари
Oilada bolalar tarbiyasi faylasuflar fikrlari
Tartib-intizomning eng zo‘r maktabi — oila. S. SMAYLS Yangi oilaning bosh vazifasi — inson va grajdanni tarbiyalash vazifasi bo‘lmog‘i kerak. A. GRAMSHI Oila hayotining bosh muddao va maqsadi bolalar tarbiyasidir. Bolalar tarbiyasining bosh maktabi esa eru xotin, ota-onaning o‘zaro munosabatidir. V. A. SUXOMLINSKIY Oilaviy tartibotning tashqi ko‘rinishi — o‘zboshimchalik bilan ish tutish ham, g‘azab ham, baqiriq-chaqiriq ham, iltijo ham yalinib-yolvorishlar ham emas, balki osoyishtalik, jiddiylik va ishbilarmonlik bilan qilingan farmoyishdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Bunday farmoyish berish huquqi oila a’zolarining yoshi ulug‘ vakili sifatida ayni sizga berilganligi xususida o‘zingizda va na bolalaringizda hech bir shubha qolmasligi kerak. A. S. MAKARENKO O’zboshimchalikni yong‘indan ham tezroq o‘chirmoq zarur. GERAKLIT Bola uchun birinchi saboq, mayli, itoatkorlik bo‘la qolsin — shunda sen nimani zarur deb topsang, o‘sha ikkinchi saboq bo‘ladi. T. FULLER Inson tabiatiga bolalikda singdirilgan fazilatlargina mustahkam va ishonchli bo‘ladi. Ya. KOMENSKIY Farzandingizni tolesiz qilishingizning eng sinalgan usuli qandayligini bilasizmi — u nima desa, hammasiga xo‘p deng. J. J. RUSSO Agar bolangizga yon beraversangiz, u sizga hukmdor bo‘ladi; hatto uni itoat ettirish uchun ham daqiqa sayin uning aytganiga ko‘nishingizga to‘g‘ri keladi. J. J. RUSSO Ko‘pdan-ko‘p baxtsizliklarning ildizi shundaki, yoshlikdanoq bolani o‘z xohishlarini tizginlashga, bu ishni qilish mumkin, bunisini albatta qilish kerak, buni qilish esa mumkin emas, degan tushunchalarga to‘g‘ri yondashishga o‘rgatilmaydi. V. A. SUXOMLINSKIY Bolalar bilan elburutdan yuksak materiyalar, ularning mag‘zini chaqish xususida fikrlashish yaramaydi. Bolalar orasidaxuddi shunday sharhlovga duch kelganlaridan ko‘ra pastkashrog‘i yo‘q. Aql-idrok qolgan barcha qobiliyatlardan kyoyin taraqqiy etadi, binobarin, ishni aqlni peshlashdan boshlash — teskari ish yuritish, degan so‘z. Agar barcha narsalarning sabab-mohiyati, izohi bolalarga ma’lum bo‘lganda edi, ularni tarbiyalashga zarurat qolmagan bo‘lur edi. J. J. RUSSO Ayni o‘sha o‘z farzandlarini yomon tarbiyalaydigan ota-onalar, umuman, pedagogikaning me’yorini mutlaqo bilmaydigan kishilargina pedagogik suhbatlar ahamiyatini haddan tashqari bo‘rttirib yuboradilar. A. S. MAKARENKO Tarbiya san’atining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u deyarli hammaga tanish va tushunarli, ba’zi birovlarga — hatto osondek tuyuladi, kishi tarbiya san’ati bilan nazariy yoki amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo‘lsa, unga bu shu qadar tushunarli va osondek bo‘lib ko‘rinaveradi. K. D. USHINSKIY Oilaviy tarbiya ota-onalar uchun avvalo o‘z-o‘zini tarbiyalash demakdir. N. K. KRUPSKAYA Insonni hamma: odamlar, buyum va narsalar, voqea-hodisalar, ammo eng avvalo va aksari hollarda odamlar tarbiyalaydi. Bular orasida esa ota-onalar bilan o‘qituvchilar birinchi o‘rinda turadilar. A. S. MAKARENKO Bolalarning murg‘ak qalbiga hech bir narsa ibratdek kuchli ta’sir etmaydi va barcha ibratlar ichida esa ota-ona ibratidan ko‘ra chuqurroq va mustahkamroq o‘rin oladigan ibrat yo‘q. N. I. NOVIKOV Ota-ona izzat-obro‘sining poydevori faqat ularning yurish-turishi-yu, ishlari, fuqorolik qiyofalari va xulq-atvorlaridir. A. S. MAKARENKO Bolalarning gunohi ham, xizmatlari ham ko‘p jihatdan ota-ona gardaniga tushadi va ularning vijdoniga havola etiladi. F. E. DZERJINSKIY Axloqiy tubanlikdan, o‘rinsiz xushsuxanlikdan Ogoh bo‘lmasa har kim, Rasvo bo‘lgan farzandining holini ko‘rar bir kun. J. CHOSER Agar odamlar bolalaring haqida yomon gapirishsa, ular seni yomonlayotganlaridir. V. A. SUXOMLINSKIY Bolangizni u bilan gaplashayotgan, biror narsa o‘rgatayotgan yoxud unga biror ish buyurayotganingizdagina tarbiyalayapman, deya o‘ylamang. Siz uni hayotingizning har bir soniyasida tarbiyalab borasiz. So‘zingiz ohangidagi zig‘irdek o‘zgarishni ham bola sezib yoki his etib turadi, fikringizdagi ozgina burilish ham ko‘rinmas yo‘llar bilan bolangizga yetib turadiki, buni o‘zingiz sezmay qolasiz. A. S. MAKARENKO Bolalarni o‘stirish va tarbiyalash ulkan, jiddiy va haddan tashqari mas’uliyatli ishdir. A. S. MAKARENKO X.ozirgi ota onalar farzandlarga tarbiya bera turib. Vatanimizning istiqbol tarixini, demakki, jahon tarixini tarbiyalaydilar. A. S. MAKARENKO Xalqning baxt-saodati bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashga bog‘liq. J. LOKK Bolalar — bizning kelajagimiz! Ular maqsad va g‘oya-larimiz yo‘lida kurashmoq uchun yaxshi qurollangan bo‘lishlari kerak. N. K. KRUPSKAYA Bolalar ertangi kunimizning hakamlari, qarashlarimiz, ishlarimizning munaqqidlaridir, ular yangi turmush formalarini bunyod etish uchun ulug‘ ishlarga chog‘lanib, dunyoga kelgan kishilardir. M. GORKIY Download 192.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling