Reja o`lchov vositalarining tasnifi va asosiy o`lchov vositalarining qo`llanish sohalari. Shtangensirkulli o`lchash asboblari
Download 1.22 Mb.
|
Маъруза №8
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’tmaydigan kalibr
1. Yarogli detallarning o'lchamlari yo'l qo'yilgan chegaralarda (PR yozilgan boshi o'tadi. NE yozilgani esa o'tmaydi) bo'ladi;
2. Valning o'lchami yo'l qo'yilgandan katta, teshikniki esa yo'l qo'yilgandan kichik (NE yozilgan boshi o'tmaydi) bo'lgan detal – tuzatib bo'ladigan–yaroqsiz detal deb ataladi; 3. Valning o'lchami yo'l qo'yilgandan kam, teshikniki esa yo'l qo'yilgandan katta (NE yozuvli boshi o'tadi), bunday detal tuzatib bo'lmaydigan-yaroqsiz detal bo'ladi. Shunday qilib, o'tuvchi kalibr (PR) deb nazorat qilinuvchi ob'yekt maksimum materialiga to'g'ri keluvchi chekka o'lchamni nazorat qiladi. O'tuvchi kalibr valni nazorat qilganda eng katta (chekka) yo'l qo'yilgan o'lchamni (bu holda yaroqli detal eng katta og'irlikka ega bo'ladi) nazorat qiladi. Teshikni nazorat qilganda o'tuvchi kalibr eng kichik (chekka) yo'l qo'yilgan o'lchamni (bu holda ham yaroqli detal eng katta og'irlikka ega bo'ladi) nazorat qiladi. Nazorat qilganda o’tuvchi kalibr detalning nazorat qilinuvchi elementi orqali “o’tishi” kerak. Demak, o’tuvchi kalibr hamma vaqt detal o’lchamini to’g’irlash mumkin bo’lgan chegarada cheklaydi (yo’l qo’yilgandan – val katta, teshik kichik–demak qo’shimcha ishlov berib to’g’irlash mumkin). O’tmaydigan kalibr (NE) deb nazorat qilinuvchi ob’yekt minimal materialiga to’g’ri keluvchi chekka o’lchamni nazorat qiluvchi kalibrga aytiladi. O’tmaydigan kalibr valning eng kichik o’lchamini va teshikning eng katta o’lchamini tekshiradi, ya’ni o’tmaydigan kalibr tuzatib bo’lmaydigan yaroqsizlik chegarasini cheklaydi (yana 8.10–rasmga qarang). Ishchilar detallarni nazorat qilishda ishlatiladigan kalibrlar ish kalibrlari deb ataladi Bu kalibrlarning turlari, o’lchamlari va ularga tegishli texnik shartlar standartlashtirilgan bo’ladi. Demak, ishchi kalibrlar yuqorida aytganimizdek, R-PR-ishchi o’tuvchi va R-NE-ishchi o’tmaydigan turlarga bo’linadi. Ishchi kalibrlar mahsulotlarni ishlab chiqishda qo’llaniladi. Bu kalibrlardan ishchilar va zavod texnik nazorat qilish bo’limi–TNB (OTK) nazoratchilari foydalanadilar. Mashinalarni ta’mirlashda sozlanadigan changaklar (8.11–rasm) keng qo’llanilishga ega. Changakni 1 ma’lum o’lchamga sozlash uchun qotiruvchi 6 vintni ikki-uch marta orqaga aylantirish va uning kallagiga bosib to’xtatkichning 5 vtulkasini itarib o’lchaydigan 2 kallakni erkinlashtirish kerak. Changakning o’lchovchi sirtlari oralig’iga uch o’lchovlarining kerak o’lchamdagi 3 to’plami qo’yiladi va 4 vint bilan o’lchovchi kallakni plitkalar to’plamiga tekkuncha suriladi. Shu holatda o’lchovchi kallakni qotiruvchi 6 vint bilan mahkamlanadi. Bundan keyin changakning to’g’ri sozlanganligi tekshiriladi. Ya’ni changak plitkalar to’plamidan yengil ishqalanish bilan o’tishi kerak. Agar changakni surish mumkin bo’lmasa yoki juda erkin o’tsa qaytadan sozlanadi. Changakning to’g’ri sozlanganligi sezgi bilan baholangani uchun olingan o’lcham ishonchli bo’lmaydi, shuning uchun IT8 kvalitetdan aniq mahsulotlar uchun sozlanadigan changakdan foydalanish tavsiya etilmaydi. Ularni oldindan yaroqsizlik o’lchamiga sozlab nuqsonlashda qo’llash maqsadga muvoflqdir. 8.11–rasm. Sozlanadigan changak. Changaklardan foydalanganda o’lcham kuchi muhim ahamiyatga ega. Changak o’tuvchi tomoni bilan o’tib, o’tmaydigan tomoni bilan o’z o’girligi ta’sirida ushlanib qolishi kerak. Ba’zan mahsulotni changakka nisbatan yurg’izish yoki changakni mahsulotga tepadan emas balki yon tomondan surish qulaydir. Har qanday holatda ham o’lchash kuchi taxminan changakning massasiga teng bo’lishi kerak. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling