Reja: Oliy moliyaviy hisoblashlarni va taqribiy hisoblashlar Oddiy foizlar;murakkab foizlar; diskontlash


Download 232.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana24.01.2023
Hajmi232.8 Kb.
#1115005
1   2   3   4   5
Bog'liq
Laziz moliya stat

I
t
D(1 + q)
t−1
q
(28) 
bu erda: t = 1, 2, 3. . . n; q - asosiy qarzga yoziladigan foiz stavkasi. 


Respublikaga bozor iqtisodiyotining kirib kelishi bilan moliyaviy
operatsiyalar va bitimlar amalga oshirila boshlandi. Har qanday
moliyaviy kredit, investitsion, tijorat operatsiyalarini amalga oshirish 
uchun qator shartlarni bajarish kerak va bularga bitimning barcha 
qatnashchilari rozi bo‗lishlari zarur. Kredit olishni ko‗rsak. Bu
yerda bitim qatnashchisi ikkita: qarz beruvchi va oluvchi. Ular 
shartnomaga qo‗l qo‗yishdan oldin kredit summasi, vaqt parametrlari,
foiz stavkasi va boshqa miqdoriy ma‘lumotlarni o‗zaro kelishib olishlari 
kerak. Ma‘lumki, sanalgan xarakteristikalar turli-tuman shakllarda 
ifodalanishi mumkin. Masalan, to‗lovlar bir yo‗la to‗lanadigan,
muddati uzaytirilgan, vaqt bo‗yicha doimiy va o‗zgaruvchan bo‗lishi
mumkin. Foizlarni va foizni qo‗shib yozishning o‗nlab turlari mavjud. 
Vaqtning hajmi va oralig‗i ikkita operatsiyada bir xil bo‗la olmaydi. Bitta 
moliyaviy bitim chegarasida yuqorida sanab o‗tilgan
ko‗rsatkichlar tegishli mantiqqa bo‗ysunadigan qandaydir o‗zaro
bog‗langan tizimni tashkil etadi. Bu tizim parametrlarining
ko‗pligining o‗zi uning oxirgi aniq natijasi ochiq-oydin emasligiga
olib keladi. Buning ustiga, tizimdagi bitta miqdorning o‗zgarishi
operatsiyaning umumiy natijasiga ta‘sir etadi. Demak, bunday tizimlar 
miqdoriy moliyaviy tahlil obyekti bo‗lishi zarur. Mana shunday tahlil oliy 
moliyaviy hisob-kitoblar deyiladi. Ularning maqsadi – moliya bozori 
ko‗rsatkichlarini mantiqiy jihatdan oldindan
tahlil qilgan holda miqdoriy o‗rganishdir. Kredit va qarzlarni olish,
qoplash, ma‘lum bir miqdorda va davrda foizlar to‗lash, moliyaviy
risklar, operatsiya va bitimlar samaradorligini baholash kabilar
bilan bog‗liq bo‗lgan muammolarni tahlil qilishning miqdoriy metodlarini 
ishlab chiqish oliy moliyaviy hisob-kitoblarning vazifasidir.Oliy 
moliyaviy hisoblashlar kredit, sug‗urta, investitsiyalar, pul
muomalasi yig‗ma ko‗rsatkichlarini umumlashtirishda, ularning darajasi, 
tarkibi, dinamikasi va o‗zaro bog‗liqligini, valuta va qimmatli
qog‗ozlar bozori konyunkturasini o‗rganishda, davlat moliyasining
turli ko‗rsatkichlarini (davlat budjeti daromadlari va xarajatlari, respublika 
va hududiy tarif, norma, renta, foizlar, soliq stavkalari)
hisoblashda, tashkilot va korxonalarning (bo‗ysunishi va mulk shaklidan 
qat‘iy nazar) moliyaviy natijalari va barqarorligini o‗rganish
kabilarda qo‗llaniladi.
Oliy moliyaviy hisoblashlar metodlari bundan tashqari moliyaviy
operatsiya va bitimlarning u yoki bu omilga bog‗liqligini aniqlashda,
moliyaviy holatlarning kelgusi modellarini tuzishda, o‗sgan qiymat


hajmini hisoblashda, moliyaviy ko‗rsatkichlarni diskontlashda, turli
moliyaviy to‗lovlarni hisoblashda, moliyaviy majburiyatlarni qoplash 
rejasini tuzishda va h.k. qo‗llaniladi.
Miqdoriy moliyaviy tahlil hal qiladigan vazifalar turli-tuman.
Agar berilgan parametrlar o‗zgarmasa, ularni ma‘lum bir tizimga
solish mumkin. Agar berilgan parametrlar o‗zgarsa, tizimlashtirish
bo‗lmaydi. Real hayotda oxirgi holat ko‗proq uchraydi. Oliy moliyaviy
hisoblash hal qiladigan vazifalar an‘anaviy va yangi vazifalarga
bo‗linadi. Bu, bizning fikrimizcha, noto‗g‗ri. Chunki bugun yangi
hisoblangan vazifa ertaga eskirishi mumkin.
Miqdoriy moliyaviy tahlil turli sharoitlarda qo‗llaniladi.
Masalan, oddiy obligatsiyalarni chiqarishda barcha shart-sharoit
aniq, ya‘ni ularning muddati, kutgan daromad, sotib olish tartibi to‗lig‗icha 
ko‗rsatiladi. Bu hamma vaqt hamma narsa aniq
bo‗ladi, degani emas. Masalan, pul bozori dinamikasini hisobga
olishga to‗g‗ri kelsa, noaniqlik boshlanadi. Chunki vaqt o‗zgarishida
foiz stavkalari, valuta kurslari va tariflar o‗zini qanday tutishini
bilmaymiz.
Miqdoriy moliyaviy hisob-kitoblar qo‗llanilish doirasi juda keng.
Ularni oddiy foiz yozishdan boshlab to murakkab moliyaviy 
hisobkitoblargacha qo‗llash mumkin. Masalan, obligatsiya chiqarish 
samaradorligiga ta‘sir qiluvchi omillarni baholash yoki moliyaviy 
investitsiyalar portfelini diversifikatsiyalash bilan risklarni qisqartirish 
metodlar va h.k.
Oliy moliyaviy hisob-kitoblar hal qiladigan vazifalar turlicha:
– oshgan qiymatni hisoblash;
– umumiy natijada operatsiyani har bir qatnashchining manfaatini 
aniqlash;
– foizlarning turli stavkalarini tahlil qilish;
– diskontlash metodlarini qo‗llash;
– to‗lovlar va stavkalarning ekvivalentligini ta‘minlash;
– moliyaviy operatsiyalarni bajarish rejalarini ishlab chiqish;
– operatsiya va bitimlarning oxirgi natijalarini va ularning
parametrlari o‗rtasidagi bog‗liqlikni o‗lchash;
– moliyaviy operatsiya va bitimlar samaradorligini o‗rganish.
Yuqorida sanab o‗tilgan vazifalar vaqt o‗tishi bilan o‗zgaradi.
Zamonaviy amaliyot yangi-yangi vazifalarni ko‗ndalang qilib
qo‗yaveradi. Oliy moliyaviy hisob-kitoblarning qo‗llanilishi diapazoni 
muntazam kengayib borgan.


Moliyaviy hisob-kitoblar kapitalizm paydo bo‗lishi davrlarida
boshlangan, degan fikrni juda ko‗pchilik tasdiqlaydi. Fanning alohida 
tarmog‗i sifatida XIX asrda paydo bo‗lgan. O‗sha paytlarda ular
―tijorat hisob-kitoblari‖ deb atalardi. XIX asrning oxiridagi ayrim
g‗arb davlatlarida iqtisodiyotning tez o‗sishi tijorat hisoblashlarining
ortishiga va hatto kadrlar tayyorlashning ko‗payishiga olib keldi. Bu
ishga savdogar bilan bir qatorda shahar va hatto hukumat organlari
aralashadigan bo‗ldi. O‗sha yillarda faqat Germaniyada ―tijorat
arifmetikasi‖ni o‗rgatishga asoslangan 24 ta oliy tijorat bilim yurti
faoliyat ko‗rsatgan.
Tijorat bilimining dolzarbligi va muhimligini Rossiyaning davlat
arboblari darrov tushunib yetishdi va o‗n yilda (1896-1906) Rossiyada
150 dan ortiq tijorat maktabi ochildi. 1896-yildan boshlab Rossiyadagi 
barcha tijorat maktablari moliya vazirligi huzurida ishlaydigan
bo‗ldi. Tijorat maktablarida o‗qitiladigan asosiy fan tijorat arifmetikasi 
hisoblangan. Tijorat arifmetikasi kursiga nimalar kirgan? Bugungi kun 
nuqtayi nazaridan qaraganda juda oson bo‗lgan bu kurs
– oddiy va murakkab foizlarni hisoblash texnikasi, veksel hisoblari
(diskont va diskontlash metodlari) texnikasi, veksel – kurs hisoblari 
texnikasi, pul-moneta hisoblari (turli davlat pul birligida), tovar hisoblari 
(tovar baholari, chegirmalar va hokazolar kalkulatsiyasi) texnikasi, foizli 
qog‗ozlar va aksiyalar hisoblari texnikasi,
bank hisoblari (joriy schyotlar, qisqa va uzoq muddatli qo‗yilmalar
va ssudalar, komission operatsiyalar) texnikasini o‗rgatish bilan
shug‗ullangan. Bulardan tashqari tijorat arifmetikasi kursiga qisqa
(soddalashtirilgan) va taqribiy hisoblash texnikalari ham kirgan.Ajoyib rus 
matematigi, moliyachisi va buxgalteri N.S. Lunskiy
(Rossiya moliyaviy menejmentining otasi, XIX asr) ta‘kidlashicha,
moliyaviy matematika oldinlari ―siyosiy arifmetika‖ nomi bilan atalgan. 
Ushbu atama taniqli iqtisodchi, klassik burjuaziya siyosiy iqtisodi 
asoschisi U.Petti (1623-1687) tomonidan muomalaga kiritilgan1.
N.S. Lunskiy ―siyosiy arifmetika‖ yo‗nalishidagi bilimni tartibga solib
boyitdi va moliyaviy matematikaga quyidagicha ta‘rif berdi: ―Oliy
moliyaviy hisoblashlar – bu amaliy matematikaning tarmog‗i bo‗lib,
bu tarmoq siyosiy iqtisod, statistika va moliyaviy fanlarning matematik
tahlil qilish mumkin bo‗lgan tadqiqotlariga bag‗ishlanadi‖.
Lekin Rossiyada tijorat arifmetikasi bo‗yicha rus tilida birinchi
qo‗llanma ―Bankirlar, savdogarlar, zavodchilar, fabrikachilar va
ularni tarbiyalovchilar uchun savdo-sotiq arifmetikasi‖ 1811-yilda


V.Kryajev tomonidan chop qilingan. Keyinchalik Shteyngauz,
M.Svetkov, M.Savinov, V.Vladkin, I.Xrushev, F.Grosskurt,
A.Prokofyev va boshqa mualliflar kitoblari chop qilinadi.
Dastlab chop qilingan kitoblar o‗sha davrning asosiy muammosi bo‗lgan 
hisob-kitoblarning tezkor texnikasini o‗rgatishga
mo‗ljallangan. Keyinchalik chop qilingan kitoblar tijorat arifmetikasini 
o‗rgatishga bag‗ishlangan asarlarga nisbatan qiyinroq bo‗lib,
ularni o‗rganuvchilarda muayyan matematik tayyorgarlik mavjudligi, 
ya‘ni kurs tinglovchilar boshlang‗ich algebra, qayta ko‗paytirish
nazariyasi, Nyuton binomi va ehtimollar nazariyasining boshlang‗ich
asoslari bilan tanish bo‗lishlari talab etilgan.
Yuqoridagi talablar asosida rus tilida ilk bor chop qilingan kitob
G.Brauning 1845-yilda chiqqan ―Moliyaviy hisoblashlar‖ asaridir.
Shu asar e‘lon qilingan vaqtdan boshlab, moliyaviy hisob-kitoblar shartli 
ravishda ikki yo‗nalishga bo‗lindi: 1) tijorat arifmetikasi;
2) oliy moliyaviy hisoblashlar.Oddiyroq tilda aytganda, tez hisoblash va 
moliyaviy operatsiyalarni baholash. Ya‘ni ta‘lim tizimida yangi
fan – oliy moliyaviy hisoblashlar paydo bo‗ldi.
1 Ulyam Pettining "Siyosiy arifmetika" asari 1676-yilda yozilgan. Biroq 
bu
asar Angliya va Fransiya o‗rtasidagi siyosiy munosabatlarning 
murakkabligi
bois chop etilmagan edi. Boshida bu kitobining qo‗lyozmasi tarqatilgan
keyinchalik muallifning ruxsatisiz boshqa nom bilan chop qilingan. 
"Siyosiy arifmetika" kitobini to‗lig‗icha U.Pettining vafotidan so‗ng uning 
o‗g‗li lord Shelbern chop etgan.
Ushbu fanning vujudga kelishiga sabab sifatida quyidagilarni
ko‗rsatish mumkin:
Birinchidan, XX asr boshida moliyaviy operatsiya va bitimlarni
tuzishda hisob-kitoblar tezkorligi va aniqligi dolzarb bo‗lishi. ―Vaqt
– bu pul‖ degan tamoyil o‗sha paytlarda paydo bo‗lgan bo‗lsa ajab
emas. Barcha hisob-kitoblar hisoblash texnikasi yordamida juda qisqa
vaqt ichida va aniq bajarilishini o‗sha davr amaliyotchilari orzu ham
qila olmagan bo‗lsa kerak.
Ikkinchidan, moliyaviy hisoblashlarni bajarishda tez va aniq hisoblash 
bilan bir qatorda maxsus bilim va ko‗nikmalar zarurligi.
Uchinchidan, kam mehnat va vaqt sarfi bilan noma‘lum natijaga erishish 
maqsadida hisoblashlarni soddalashtirish. Soddalashtirilgan usul kunlik 
yoki odatdagi hisob-kitoblarni tekshirish uchun


ham qo‗llanilgan.
To‗rtinchidan, tijorat arifmetikasi har qanday sotuvchi shaxs, ayniqsa, 
boshqa mamlakatlar bilan ish yurituvchilar uchun haddan
tashqari muhimligi. Bundan tashqari, u buxgalteriya hisobini o‗rganishda
va turli moliyaviy bitimlarni tuzishda ularning samaradorligini baholashda
yordam ko‗rsatadi, kurslardan oqilona foydalanishga, chet el veksellari 
bo‗yicha to‗lash va olishda eng manfaatli yo‗lni tanlashga, foizli
qog‗ozlar bilan turli operatsiyalarni bajarishga, tovarlarning turli 
bozorlardagi narxi o‗rtasidagi farqdan foydalanishga imkon yaratadi.
O‗z paytida tijorat hisoblashlarning mohiyati va tayinlanishi qanday 
aniqlangan? Fan sifatida u ―yangi tarix tongida‖ Venetsiyada
paydo bo‗lgan hisoblanadi. O‗sha paytlarida Venetsiya savdoning juda
katta markazlaridan biri bo‗lgan. Savdo markazining Yevropaga siljishi 
bilan tijorat arifmetikasining rivojiga nemis va golland maktablarining 
ta‘siri kuchaydi. N.S. Lunskiy moliyaviy va tijorat hisobkitoblarining 
rivojlanishiga asosiy hissani nemis, golland, fransuz,
ingliz olimlari qo‗shgan, deb ta‘kidlashi tasodif emas1.
Tijorat arifmetikasi bo‗yicha ilk mualliflar2 uni fan emas, umumiy
arifmetikaning amaliy qismi, deb hisoblagan, boshqalari3 esa aksincha – u 
mustaqil fan deb isbotlashgan. Buxgalteriya hisobi, tijorat arifmetikasi va 
statistika birgalikda hisob-tahlil yo‗nalishidagi fan
deganlar1 ham mavjud bo‗lgan.
Kursning nomi ham evolutsion o‗zgarib bordi va u 1811-1870-
yillarda savdo arifmetikasi, 1870-yildan boshlab tijorat arifmetikasi
deb atalgan. Ta‘kidlash lozimki, ikkalasida ham asosiy e‘tibor savdoga 
qaratilgan.
XIX asr oxirlariga kelib ixtisoslashuvning kuchayishi natijasida
va manfaat ko‗rish (yo‗qotish) savdodan boshqa tarmoqlarga (masalan,
moliyaga) asta-sekin ko‗chishi bilan tijorat hisoblashlari bilan bir
qatorda moliyaviy hisob-kitoblarga bag‗ishlangan kitoblar chop qilina
boshlandi. A.N. Glagolev o‗z kitobida2 ilk bor murakkab foizlar va
rentalar nazariyasi, qoplash rejalarini tuzish metodlarini, foizli
qog‗ozlarning daromadlilik usullarini yoritib beradi.
A.I. Tolvinskiy, I.I. Kaufman, B.F. Maleshevskiy, I.P. Babenko,
N.S. Lunskiy kabi yirik olim va mutaxassislar ushbu sohaning 
rivojlanishiga katta hissa qo‗shganlar. Ularning orasida salmoqli mehnati
bilan N.S. Lunskiy ajralib turadi. Aynan u ―oliy moliyaviy hisoblashlar‖ 
tushunchasini iste‘molga kiritdi.
1917-1980-yillarda oliy moliyaviy hisoblashlar ancha-muncha


davom ettirildi. Davr idealogiyasiga mos ravishda (1930-1950) oliy
moliyaviy hisob-kitoblar – ―xo‗jalik hisoblari‖ deb nomlanadigan bo‗ldi. 
1960-yillardan boshlab hisobni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish yo‗nalishi paydo bo‗lishi bilan xo‗jalik hisobi
kursi o‗rniga ―IIQIAT – iqtisodiy informatsiyani qayta ishlashni
avtomatlashtirilgan tizimi‖ nomli kurs o‗qitildi. 1990-yillarda bozor 
iqtisodiyotiga o‗tish munosabati bilan yana oliy moliyaviy
hisob-kitoblar bo‗yicha darslik, o‗quv qo‗llanma va monografiyalar chop 
qilina boshlandi.
Umumiy holda oliy moliyaviy hisob-kitoblarning paydo bo‗lishi
va rivojlanishi quyidagi bosqichlardan iborat deyish mumkin: birinchi 
bosqich faqat tijorat arifmetikasi yoki tijorat xodimlariga
tezkor hisob-kitoblarni o‗rgatish, ikkinchisi – moliyaviy operatsiyalarni 
baholash, ya‘ni doimiy to‗lovlarni – moliyaviy renta-larni tahlil qilish, 
uchinchisi (bizning davr) — to‗lov oqimlari
tahlili, to‗rtinchisi (kelgusida) — moliyaviy investitsiyalar portfeli
va qarzlar tahlili. 


Foydalanilgan adabiyotlar 
1.Davlat va munitsipal moliya muallif Novikova Mariya Vladimirovna 
2.Statistikaning umumiy nazariyasi" muallif Konik Nina Vladimirovna 
3.Moliyaviy statistika" muallif Sherstneva Galina Sergeevna 
4.Statistika nazariyasi muallif Burxanova Inessa Viktorovna 
5.Iqtisodiy statistika" kitobidan muallif Sherbak Va A 
6.Byudjet parametrlari 
Internet saytlari 
Lex.uz 
Soliq.uz 
Ziyonet.uz 
Stat.uz 

Download 232.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling