Reja: Oltingugurt 3 oksidini fizik-kimyoviy xususiyatlari


Download 1.1 Mb.
bet5/6
Sana10.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1257265
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sulfat kislotasini kontakt usuli bilan ishlab chiqarish

KATALIZATORLAR.
Amaliyotda aktivlanish energiyasi YE ni pasaytirish uchun bir qator ijobiy katalizatorlar Pt, V2O5, Fe2O3, Cr2O3, lar ishlatiladi. Bu katalizatorlar aktivlanish energiyasini kamaytiradi va reaksiyani tezligini oshiradi. Umuman katalizatorlar sarfini kamaytirish maqsadida, ular xar xil asoslarda joylashtiriladi. Asoslarga quyidagicha talablar qo‘yiladi:
1. Ular 400-7000С oralig‘ida termik chidamlikka ega bo‘lishi:
2. Katalizator g‘ovak - g‘ovak bo‘lib, nisbiy uchrashuv yuzasi juda katta bo‘lmog‘i kerak;
3. Ular xom-ashyo va maxsulot komponentlariga nisbatan inert bo‘lmog‘i kerak;
4. Ular nisbatan arzon va mexanik mustaxkam bo‘lishi kerak.
Shunday asos sifatida asbest, slyuda, silikagel va xokazolar ishlatilishi mumkin.
Katalik xususiyatga ega bulgan Pt, V2О5 va xokazolarning umumiy sarfi 7-9% atrofida bo‘lishi mumkin. Katalizatorlarning aktivligini oshirish uchun Na2O, K2O, kabi aktivatorlar ham qo‘shiladi. Garchan ular sof holatda xech qanday katalik xususiyatga ega bo‘lmasalar ham, sulfat kislota ishlab chiqarish sanoatida qo‘llanadigan katalizatorlar ichida aktivligi jixatidan eng yuqori sifatlisi - Pt katalizatoridir. Uning aktivligi 93-98% gacha borishi mumkin. Ammo katalizatorning yonish harorati esa juda past, ya’ni 3500S atrofida. Bu sifat ham juda yaxshi. Katalizatorlarning yonish harorati deb - katalizator to‘satdan yuqori aktivlikka ega bo‘lishini ta’minlaydigan va uni tez qizishiga olib keladigan eng past bo‘lgan temperaturaga aytiladi. Yonish harorati past katalizatorlarni topish hozirgi davirda zarur bo‘lib turibdi. Ammo, hozirgi vaqtda ma’lum bo‘lishicha Pt katalizatori V2O5 qaraganda, mish’yak, ftor va xokazo katalik zaharlar tomonidan 5000 marta kuchli va tezroq zaxarlanar ekan. Shuning uchun, V2O5 katalizatori amaliyotda keng qo‘llaniladi. Katalizatorlar tabletka, naycha, dona-dona shakllarda chiqarilishi mumkin.
V2O5 asosida quyidagi katalizatorlar sanoat miqyosida ishlab chiqilmoqda:
1.BAV-bariy alyuminiy vannadiyli katalizatorlar;
2.SVD-sulfovannadiyli diatomitli katalizatorlar;
3.SVS-silikagel asosidagi sulfovannadiyli katalizatorlar;
4.IK-1, IK-2, IK-3, IK-4 kataliz instituti nomidagi katalizatorlar.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling