Reja: Ontologiya borliq haqidagi ta‟limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi
Download 404.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Makon va vaqt mohiyati haqida odamlar o„z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq
fikr yuritganlar va o„tmishning aksariyat mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu avvalo inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi bilan bog„liq bo„lgan. Zero ular kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko„lamli shakllar va ularni o„lchash usullari haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan geometriya ilk aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik kuzatishlar hamda koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi mulohazalar nuqtai nazaridan ham alohida e‟tibor qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «vaqt» kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog„liq ko„p sonli masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil mohiyatlarmi yoki ular faqat nimagadir bog„liq holda keladimi? Shu munosabat bilan falsafa tarixida shakllangan ikki muhim va bir-biridan butunlay farq qiladigan yo„nalish – substansional va relyasion yo„nalishlarni farqlash mumkin. Makon – materiya borlig„ining ko„lamlilik, tarkibiylik kabi xossalari va uning o„zaro ta‟sirlarini ifodalovchi shakli. Vaqt – materiya borlig„ining barcha ob‟ektlar mavjudligining davomiyligini va keyingi holat o„zgarishlarini tavsiflovchi shakli. Dunyoda mavjud barcha jismlar makonda aynan uch yo„nalish bilan chegaralangani, barcha shakllarning eng yassisi ham uzunlik, kenglik va balandlikka ega bo„lgani sababli, makonimizning uch o„lchovliligi empirik jihatdan hamma joyda namoyon bo„luvchi dalil hisoblanadi. O„z makonimizda biz uning o„lchamlarini geometrik ifodalovchi uch perpendikulyarni bilamiz. Ammo jism makonda, aniqrog„i, uning makrodarajasida harakatlanmasdan, balki doimo vaqtda harakatlanadi shu ma‟noda, voqealarni ularning ketma- ketligi tartibida ajratuvchi masofani vaqt deb nomlash mumkin. Bu masofa o„tmishdan kelajak sari yo„nalishda bosib o„tiladi, mazkur yo„nalishni makonda tasavvur qilsak, u makon va vaqt kontinuumining to„rtinchi mezoni (o„lchovi) sifatida amal qiladi. Bundan dunyoda yuz bergan muayyan voqeani aniqlash uchun to„rt son zarur, degan xulosa kelib chiqadi. Vaqt nafaqat vaqt tartibini vujudga keltiradi, balki makon va vaqtning birlashgan tartibini belgilab beradi hamda Olamning kauzal (sababiy) tuzilishini ifodalaydi. Download 404.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling