Reja: Optik analiz usullari va turlari


Download 10.08 Kb.
bet1/5
Sana17.11.2023
Hajmi10.08 Kb.
#1782520
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja Optik analiz usullari va turlari


Optik analiz usullari va turlari

Reja:


  • Optik analiz usullari va turlari.

  • Molekulyar va atom spektroskopiya usullari.

  • Spektrofotometriya.

Optik analiz usullari va turlari

Hozirgi vaqtda kimyoning turli sohalarida sifat va miqdoriy analizlarni o`tkazishda optik analiz usullarining ahamiyati ortib bormoqda. Chunki bu usullar o`zining umumiyligi, sezgirligi, ayrim moddalarning to`g`ridan-to`g`ri aniqlash imkoniyati, ekspresligi (tahlil o`tkazish vaqtining qisqaligi), avtomatlashtirilganligi bilan ajralib turadi.

Optik analiz metodlari fizik–kimyoviy usullarning bir qismi bo`lib, nur energiyasining analiz qilinadigan modda bilan o`zaro ta`sirini o`rganishga asoslangan.

Elektromagnit nurlar ta’sirida moddani (nur chiqarish, nurni yutish, tarqatish, sindirish, nurni qutblantirish) kabi optik xossalarini o’lchashga asoslangan usullar tahlilni optik usullari deb ataladi.

Elektromagnit nurlar ta’sirida moddani (nur chiqarish, nurni yutish, tarqatish, sindirish, nurni qutblantirish) kabi optik xossalarini o’lchashga asoslangan usullar tahlilni optik usullari deb ataladi.

Optik tahlil usullari quyidagicha tasniflanadi:

a)O’rganilayotgan ob’ektga ko’ra:

1. atom spektral tahlil

2. molekulyar spektral tahlil

b)Analizning bajarilish turiga ko’ra optik usullar:

b)Analizning bajarilish turiga ko’ra optik usullar:

1. Refraktrometrik – moddaning yorug’lik nuri sindirish ko’rsatgichini o’lchashga asoslangan.

2. Nefelometrik – eritmaga tushayotgan yorug’lik nurining eritmada yoyilish intensivligini o’lchashga asoslangan.

3. Turbidimetrik - eritmadan o’tgan yorug’lik nuri intensivligini o’lchashga asoslangan.

4. Polyarimetrik - qutblangan nur tekisligining burilish burchagini o’lchashga asoslangan.

5. Emission – atomning qo’zg’algan xolatida, ya`ni elektronning bir energetik qavatdan boshqa energetik qavatga, o’tishida chiqqan nur intensivligini o’lchashga asoslangan.


Download 10.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling