Reja: Optronlar va ularning tuzilishi. Optronlarning asosiy xarakteristikalari


Download 169.72 Kb.
bet2/4
Sana13.04.2023
Hajmi169.72 Kb.
#1354301
1   2   3   4
Bog'liq
2- ma’ruza. OPTRONLAR VA ULARNING TUZILISHI.

Xchik = kXobpekt
yoki
Xchik=A–kXobpekt (3.1.1)
4. Ikkinchi punktda topilgan Xtes = fnur funksiyani (3.1.1) ifodasiga qo‘yib Xchiq = A – k fnurni hosil qilamiz va uni fotoo‘zgartirgich grafigida chiqish xarakteristikasining majmuasi quriladi va bu istalgan xarakteristika bo‘lishi mumkin.
5. CHiqish xarakteristikasi bilan (3.1.2) egri chiziqning kesishgan nuqtalari bo‘yicha istalgan ishchi rejiminnig tushayotgan nur funksiyasi sifatida bog‘liqligini aniqlaymiz.
Keyingi analiz hammadan ko‘ra osonroq amalga oshiriladigan rejimga asoslanadi. Fotorezistorli fotoo‘zgartirgichlarga mo‘ljallangan bunday rejimlarning biri bu–boshqariladigan yuklama rejimidir. YUklama sifatida parametrlari mos fotorezistorlar xizmat qiladi (sezgerligi va yorug‘lik xarakteristikasining egri chiziqlilik koeffitsienti). Iste’molchining istalgan yorug‘lik xarakteristikasini olish uchun har xil kombinatsiyada fotorezistor va fotorezistorli rezistorlar ishlatilishi mumkin. Fotorezistorlarning xarakteristikasini mumkin bo‘lgan boshqa xildagi boshqarish usullari quyidagicha:
- funksional tashqi yorug‘lik osti ta’sirida;
- ta’minot manba orqali funksional boshqarish (tok yoki kuchlanishni o‘zgartirish orqali).
YUqorida keltirilgan usullarni boshqa turdagi fotopriyomniklar uchun ham qo‘llash mumkin.
Ikkita prinsipial har-xil boshqarish rejimini ta’kidlash lozim: a) programmalashtirilgan vaqt bo‘yicha boshqarish rejimi; b) funksional optik boshqarish rejimi, ya’ni kirish optik signalga bo‘ysinadigan boshqarish.
Nur tarqatish optik traktida funksional boshqarish ikki xil yo‘l bilan amalga oshiriladi. «Ajratilgan optron»ning ikki qismida – optik kanalning informativ bo‘lmagan qismida va nur manbai qismida.
Optik muhit parametrlarini o‘zgartirish usullari turlicha bo‘lishi mumkin va ular ma’lumdir.
Muhit orqali o‘tayotgan nur intensivligini to‘la ichki qaytish koeffitsentini boshqarish yo‘li orqali o‘zgartirish usulini ko‘rib chiqish bilan chegaralanamiz. Optik traktda boshqarishning eng oddiy usuli bu ma’lum qonuniyat asosida profillangan tirqishni qo‘llanilishi orqali amalga oshiriladi (2.2-rasm), bu erda: NO – nazorat qilinayotgan ob’ekt, FP–nolь indikatorli rejimda ishlovchi fotoo‘zgartirgich, DV–dvigatelь, PT–nur manbaidan ob’ektga tushayotgan nur oqimini o‘zgartiruvchi profillangan tirqish, K–kuchaytirgich 2.2–rasmda keltirilgan sxema quyidagicha ishlaydi. Ob’ektni nazorat qilinayotgan parametri o‘zgarganda (masalan, eritma konsentratsiyasi, zichlik, qalinlik va fotoo‘zgartirgich chiqishidagi signal o‘zgaradi va kuchaytirgich K kirishiga U=Uop- Ufp ayirmasi keladi. Dvigatelь DV profillangan tirqish PT ni to U= 0 bo‘lguncha buradi. Tirqishning burilish burchagining yangi qiymati  nazorat qilinayotgan parametrning yangi qiymatiga mos keladi.


2.2-rasm. Optik traktda boshqarishning oddiy usuli.


Boshqariladigan nur manbalari asosida amalga oshiriluvchi funksional o‘zgartirishlar muxim ahamiyatga ega. Bunday nur manbalariga svetodiodlar o‘zining xarakteristikalarini qulayligi bilan to‘la javob beradi. CHunki, svetodiodlarning quvvat xarakteristikalari chiziqli ko‘rinishga egadir.
Optik signalni funksional o‘zgartirishning boshqa usuli bu optronni generatorning chastota beruvchi zanjiriga ulashdir. Bu holda tizimni chiqishida o‘lchash informatsiyasi chastotali ko‘rinishda bo‘ladi, bu uning ishlov berilishini soddalashtiradi. Umuman nazorat–o‘lchov texnikasida ishlatiladigan OEO‘ ni ikkita asosiy turga ajratish mumkin, noelektrik kattaliklarning parametrik o‘lchov o‘zgartirgichi va elektr signallarning formasini o‘zgartirgichilariga.


2.3-rasm. AL102 va FSD-1A juftligi uchun uzatish xarakteristikasi.
Elektr signallarining formasini o‘zgartiruvchi optoelektron o‘zgartirgichlarga misol qilib turli generatorlarni, har xil matematik operatsiyalarni bajaruvchi qurilmalarni, hamda optoelektron detektorlar va aralashtirgichlarni ko‘rsatish mumkin. Noelektrik kattalaliklarni o‘zgartiruvchi optoelektron o‘zgartirgichlarga misol qilib zichlik, namlik, konsentratsiya, rang va boshqa o‘zgartirgichilarni ko‘rsatish mumkin.



Download 169.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling