Reja: «O’qituvchi nutqi madaniyati» fanining maqsad va vazifalari
- mavzu: Adabiy norma va nutq madaniyati
Download 205.31 Kb. Pdf ko'rish
|
maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalan, mustaqillik
2 - mavzu: Adabiy norma va nutq madaniyati.
REJA: 1. Me’yor haqida tushuncha. Adabiy me’yorning til qurilish unsurlari. 2. Umumiy va xususiy me’yor haqida. 3. Adabiy til me’yorlarining tavsifi. 4. Xulosa. Til me’yorining ilmiy nuqtai - nazardan o’rganish, o’zbek tili nutq madaniyati muammolarini nazariy jihatdan asoslashning muhim shartlaridan biridir. Chunki «til me’yori - nutq madaniyati nazariyasining markaziy tushunchasidir». Adabiy tilning rivojlanish qonuniyatlarini, adabiy til me’yorlarining umumiy holatini, undagi turg’un va noturg’un hodisalarni chuqurroq tekshirmay turib, adabiy tilning nutq madaniyati haqida gapirish, adabiy - me’yoriy tavsiflar berish mumkin emas. Nutq madaniyatiga bag’ishlangan ishlarda, ko’pincha, nutqimizda uchraydigan kamchiliklar haqida gap boradi. Lisoniy birliklarni xuddi shu shaklda qo’llash kamchilik ekanligini nimaga asoslanib aytamiz? Tilshunoslikda mana shunday qo’llanishning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini ko’rsatuvchi ma’lum o’lchov bo’lishi kerak. Bu o’lchov adabiy til me’yori hisoblanadi. Har qanday til birligining to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini shu me’yor nuqtai - nazaridan tutib aniqlaymiz. S.I.Ojigovning fikricha, «me’yor - bu ijtimoiy jarayonda birga mavjud bo’lgan, bor bo’lgan, yangi paydo bo’lgan yoki o’tmishning kam ishlatiladigan til unsurlarini tanlashning natijasi sifatida shakllangan, jamiyatga xizmat qiladigan foydali til vositalari yig’indisidir, keng ma’noda bu unsurlarni baholashdir». B.N.Golovin: «Me’yor - bu til birliklarini o’zaro yaxshi tushunish zarurati tufayli undan foydalaniladigan xalq tomonidan yaratilgan, til qurilishining amalda bo‘lgan xususiyatidir. Aynan mana shu zaruriyat til sistemasining yagonaligiga erishish yo’lida odamlarga biror variantni ma’qul ko’rish, boshqasidan voz kechish istagini tug‘diradi». Demak, me’yor deganda til unsurlarining xalq o’rtasida ko’pchilikka ma’qul bo’lgan variantini qo’llash tushuniladi. Me’yor tushunchasi til taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lib, tilda turg’unlik kasb etadi va o’zoq muddat yashaydi. Lekin bu me’yor o’zgarmas hodisa degan xulosaga olib kelmaydi. Davr o’zgarishi bilan odamlarning bilishi, dunyoqarashi, hayotga bo’lgan talabi o’zgarishi bilan me’yor ham o’zgarib boradi. Demak, me’yor davr xarakteriga egadir. Masalan, mustaqillik
Download 205.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling