Me’yor tilning taraqqiyot qonunlari bilan, jamiyat taraqqiyot qonunlari bilan bog’liq.
Ko’pchilik tilshunoslar me’yorni faqat adabiy tilga nisbat berib tushunadilar. Bu esa
me’yorni tor ma’noda tushunishga olib keladi.
Rus tilshunosi V.A.Iskovich fikricha, me’yor hodisasi tilning barcha yashash shakllari
uchun xosdir. Umumtil boyligi doirasida qaraladigan dialektizmlar, sheva unsurlari, jargon va
argolar, kasb - hunarga oid ko’pgina so’zlar o’zbek xalqining hammasiga tushunarli bo’lmasa
ham, o’sha sheva va lahjalarda, so’zlashuvdagi kishilar yoki ma’lum ijtimoiy guruh uchun
tushunarlidir. Masalan, do’ppi: Samarqandda qalpoq, Xorazmda takya, Buxoroda
kallapo’sh, Farg’ona va Toshkentda do’ppi deyish shu lahjalar uchun me’yor hisoblanadi.
Shuning uchun ham ba’zi tilshunoslar me’yorni ikkiga bo’lib o’rganishni tavsiya qiladilar.
1. Umumiy me’yor; 2. Xususiy me’yor
Umumiy me’yor kardosh tillarga nisbatan belgilanadi. O’zbeklar nutqining qardosh
tillardan ajratib turuvchi me’yorlar, o’zbek tilining umumiy me’yoridir. Bu me’yorga juda qattiq
amal qilinadi. Uni buzish til bergan imkoniyatlardan chetga chiqish bo’ladi.
Umumiy me’yor bir tilning boshqa tillardan ajratuvchi me’yorlar bilan birga tilning ichki
me’yorlarini ham o’z ichiga oladi. Umumiy me’yor xususiy me’yordan tarkib topadi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: