Reja: «O’qituvchi nutqi madaniyati» fanining maqsad va vazifalari


e’lon qilinguncha, sovet, komsomol, kommunizm degan so’zlar adabiy til uchun me’yor


Download 205.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana06.12.2021
Hajmi205.31 Kb.
#178767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
maruza matni

e’lon qilinguncha, sovet, komsomol, kommunizm degan so’zlar adabiy til uchun me’yor

hisoblangan. Bugungi adabiy til uchun esa bu so’zlar me’yor hisoblanmaydi.

Me’yor tilning taraqqiyot qonunlari bilan, jamiyat taraqqiyot qonunlari bilan bog’liq.




Ko’pchilik   tilshunoslar   me’yorni   faqat   adabiy   tilga   nisbat   berib   tushunadilar.   Bu   esa

me’yorni tor ma’noda tushunishga olib keladi.

Rus   tilshunosi   V.A.Iskovich   fikricha,   me’yor   hodisasi   tilning   barcha   yashash   shakllari

uchun xosdir. Umumtil boyligi doirasida qaraladigan dialektizmlar, sheva unsurlari, jargon va

argolar, kasb - hunarga oid ko’pgina so’zlar o’zbek xalqining hammasiga tushunarli bo’lmasa

ham,   o’sha   sheva   va   lahjalarda,   so’zlashuvdagi   kishilar   yoki   ma’lum   ijtimoiy   guruh   uchun

tushunarlidir.  Masalan,   do’ppi:   Samarqandda   qalpoq,   Xorazmda   takya,   Buxoroda

kallapo’sh, Farg’ona va Toshkentda do’ppi deyish shu lahjalar uchun me’yor hisoblanadi.

Shuning uchun ham ba’zi tilshunoslar me’yorni ikkiga bo’lib o’rganishni tavsiya qiladilar.

1. Umumiy me’yor;                      2. Xususiy me’yor

Umumiy   me’yor   kardosh   tillarga   nisbatan   belgilanadi.   O’zbeklar   nutqining   qardosh

tillardan ajratib turuvchi me’yorlar, o’zbek tilining umumiy me’yoridir. Bu me’yorga juda qattiq

amal qilinadi. Uni buzish til bergan imkoniyatlardan chetga chiqish bo’ladi.

Umumiy me’yor bir tilning boshqa tillardan ajratuvchi me’yorlar bilan birga tilning ichki

me’yorlarini ham o’z ichiga oladi. Umumiy me’yor xususiy me’yordan tarkib topadi. Masalan:




Download 205.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling