Reja: «O’qituvchi nutqi madaniyati» fanining maqsad va vazifalari
Download 205.31 Kb. Pdf ko'rish
|
maruza matni
chegara-chek ara, yuring- juring.
Xususiy me’yor muayyan nutq shakllarida amal qiladigan me’yorlar bo’lib, u umumiy me’yorning nutqiy ko’rinishlaridir. Masalan: ko‘zacha- ko‘racha, ana shu – ashu. Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqqan holda, shuni aytish mumkinki, o’zbek tilining quyidagi xususiy me’yorlari haqida gapirish mumkin: 1. O’zbek adabiy tili me’yori; 2. O’zbek lahja va shevalar me’yori; (dialektal me’yor) 3. O’zbek so’zlashuv nutqi me’yori; 4. O’zbek tilining ijtimoiy tarmoqlari, ya’ni «ijtimoiy dialektlar», «ijtimoiy argolar» me’yori.
Bulardan bizni adabiy til me’yori qiziqtiradi. Ana shu me’yor tufayli til yuqorida ta’kidlaganimizdek, umumxalq tilining yashash shakllaridan farq qiladi. Til elementlarining me’yoriy holatga keltirishga intilish adabiy tilga xos xususiyatdir, bu jarayon muntazam davom etadi. Adabiy me’yor o’z holicha shakllanadi. Uning shakllanishi va taraqqiyotiga tilning tarkibiga kiruvchi lahja, shevalar turlicha hissa qo’shadilar. Xalqning madaniyati yuksalib borgan sari me’yorni tashkil etuvchi til vositalari qo’llash jihatdan barqarorlashib, mustahkamlanib boradi. Demak, me’yor ma’lum bir til jamoasida mustahkam qo’llanib kelayotgan lisoniy hodisalar yig’indisidir. Me’yor til qurilish unsurlarning hammasiga tegishlidir. Shunga ko’ra o’zbek adabiy tilining aniq me’yorlari quyidagicha belgilanadi: 1. Fonetik me’yorlar; 2. Talaffuz me’yorlari; 3. So’z yasash me’yorlari; 4. Morfologik me’yor; 5. Sintaktik me’yor; 6. Uslubiy me’yor; 7. Lug’aviy me’yor; 8. Punktuatsion me’yor. 9. Aksentologik me’yor. Fonetik me’yor. Hozirgi adabiy til uchun 6 ta unli va 25 ta undosh tovushni qo’llanishi me’yor hisoblanadi. Bu tovushlar yig’indisi o’zbek tilida so’zlashuvchilarning talaffuz va yozishdagi ehtiyojlarini qondirib kelayotgan bo’lsa ham, u ayrim kamchiliklarga egadir. O’zbek adabiy til me’yorining takomillashuviga to’sqinlik qilayotgan bu kamchiliklar nutq madaniyatiga bag’ishlab o’tkazilgan respublika konferentsiyasida o’zbek alifbosini turkiy xalqlar alifbosiga yaqinlashtirish masalasi ko’tarildi, a ni e bilan, u ni o‘ bilan, o ni a bilan almashtirish tavsiya qilindi. Ikkinchidan, e’tibor talaffuz va yozishdagi nomuvofiqliklarga qaratildi. Masalan: jurnal so’zidagi j ni jo’ja so’zidagi j dan farqlash keraqligi aytilib, alifboda j va j harflari bo’lishi, alifboga ng o’rniga n harfi, x va h ning yaqinligi hisobga olinib, x o’rniga h ni qabul qilish lozim degan fikrlar bayon qilindi. Alifbodagi bu kamchiliklar o’qish o’qitish jarayoniga ham, nutq madaniyati taraqqiyotiga ham salbiy ta’sir ko’rsatayotganga o’xshaydi. (Albatta, bu boradagi kamchiliklar yangi o’zbek alifbosida ma’lum darajada tuzatildi). Lotin yozuvidagi yangi o’zbek alifbosining joriy qilinishi alifbo bilan bog’liq bir qator muammolarni hal bo’lishiga yordam beradi. Lekin bu to’la hal bo’ldi degani emas. Talaffuz me’yori. Adabiy tilning og’zaki va yozma shakli bo’lgani kabi, nutqda ham imloviy hamda talaffuz me’yorlari mavjud. Adabiy talaffuz me’yori til birliklarining og’zaki nutq jarayonida adabiy til me’yoriga muvofiq kelishidir. Yozuv tufayli o’zbek tilining imloviy me’yori anchagina durust xolga keltirildi, lekin talaffuzda har xilliklar davom etib kelmoqda va bu xol o’zbek tili nutq madaniyatiga ta’sir ko’rsatmoqda. Buning sabablarini quyidagicha izohlash mumkin: 1. Adabiy tilning og’zaki me’yorlarini barcha bir xilda mukammal egallay olmagani sezilib turadi. Og’zaki adabiy tilni egallash yozma adabiy tildan foydalanishga ko’ra sustroq. 2. Adabiy tilda so’zlovchilar nutqida mahalliy shevalar ta’siri kuchli. Bu ayniqsa, lahjaviy talaffuz va lahjaviy aktsentlarda sezilib turadi. 3. O’zbek adabiy talaffuzi doirasidagi ko’zga tashlanuvchi xususiyatlardan biri keksa yoki yosh avlod nutqidagi tafovutdir. 4. Adabiy tilning og’zaki shakli me’yorlarining qat’iylashuvida yozma nutq, yozilgan matnlar, talaffuz va imlo lug’atlari ijobiy rol uynab keldi. SHu bilan birga yozma nutq ta’siri og’zaki adabiy nutq doirasida ba’zi bir nuqsonlarni ham yuzaga keltirdi. Og’zaki nutqda yozma nutq uchungina xos bo’lgan ibora va uzun jumlalar yuzaga keladi. Bir qator so’zlar yozilgan shaklida, sun’iy talaffuz etiladigan bo’ldi. Aytilganlardan xulosa shuki, chet tillardan qabul qilingan va qilinayotgan so’zlar iste’molda o’zbek tilining ichki rivojlanishi, amal qilish qonun - qoidalariga buysunishi kerak. (Bugungi kunda ingliz va nemis shuningdek boshqa chet tillardan so’z o’zlashtirish, bozor iqtisodi munosabati bilan keng tus oldi. Bunday so’zlarga munosabat avjga kirdi). Birinchi o’rinda, o’zbek tilining talaffuz me’yorlarini nazariy jihatdan asoslanishi, talaffuz va imlodagi tafovutlarning qonuniyatlari ochilishi, chet talaffuz me’yorini bir sistemaga keltirish lozim. SHuni aytish kerakki, o’zbek tilining talaffuz qonuniyatlari umumlashtirilgan holda jamoatchilikka yetkazish kerak. Keyingi yillarda adabiy tilning og’zaki shakli bir muncha me’yorlashib, yozma nutqga yaqinlashib bormoqda. Bu xalqimizning madaniy saviyasi o’sganligini ko’rsatadi. Bu borada olimlar, pedagoglar umuman ziyolilarning, oliy va o’rta ta’limning xizmatlari kattadir. Ana shu ta’sirni yanada kuchaytirishda radio, televidenie, teatr, kino san’atida, matbuot va badiiy adabiyotdan unumli foydalanish kerak. Imloviy me’yor. Imloviy me’yor, ya’ni yozuv me’yori adabiy tilning madaniylik darajasini boshlab beruvchi asosiy mezondir. Imloviy me’yor til vakillari tomonidan kelishilgan holda yuzaga keltiriladi va unga amal qilinishi maxsus qoidalar orqali yo’lga qo’yiladi. Me’yor sifatida tavsiya etilgan til unsurlaridan foydalaning millat vakillari uchun majburiy sanaladi. Hozirgi o’zbek adabiy tilining yozuv me’yorlari 1956 -yil 4 aprelda tasdiqlangan «O’zbek orfografiyasining asosiy qoidalari» ga tayanadi. Mazkur imlo qoidalarida: 1. Unli va undoshlar imlosi, ayirish (’) va yumshatish (ьtetlarda ham o’qitilyapti. ) belgilari; 2. O’zak va negizlar, qo’shimchalar imlosi; 3. Qo’shma juft va qisqartma so’zlar imlosi; 4. Bo’g’in ko’chirish imlosi; 5. Bosh harflar imlosi kabi bo’limlardan iborat. Bu imlo shu paytga kadar o’zbek xalqining ehtiyojini kondirib kelayotgan bo’lsa ham, uning ma’naviy jihatdan eskirganligini, ayrim kamchiliklari borligi ma’lum bo’lib qoldi. Bu kamchiliklar tilshunoslikka bag’ishlangan anjumanlarda, matbuotda, o’zbek orfografiyasi va punktuatsiyasining asosiy qoidalariga bag’ishlangan munozaralarda qayd etildi. Imlo qoidalari lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosi bilan bog’liq holda yangi qabul qilindi. Bu yangi imlo qoida 1995 -yil 24 avgustda tasdiqlandi. Mazkur imlo qoidada 1956 -yil imlo qoidalaridagi kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilindi.Imloviy me’yorning mustahkamlanishida lug’atlarning roli benihoya katta ekanligini qayd etish zarur.
Grammatik me’yor. Tilshunoslikning nazariy jihatdan bir muncha mukammal ishlangan, so’z shakllari, qo’shimchalar, so’z birikmalari va gap tuzilishi ancha me’yorlashtirilgan bo’limi grammatikadir. Adabiy til uchun turlovchi, tuslovchi hamda so’z yasovchi qo’shimchalarning eng ma’qul variantlari shevalar bilan qiyoslangan holda tavsiya etilgan va morfologik me’yor sifatida berilgan. Lekin nutqda bu me’yorlarning buzilish hollari uchraydi. Ko’pincha qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchalari farqlanmaydi, - li va - lik qo’shimchalarini qo’llashda qorishtirish xollari uchraydi: xorazmli paxtakorlar, xorazmlik paxtakorlar. Adabiy tilning so’z yasash shakllari ham shevalardan farqlanadi: olaylik — olayli, ketaylik - ketayli. SHevalardagi so’z yasovchi qo’shimchalar soni adabiy tilga nisbatan ko’p. Lekin nutqda adabiy tildan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Yaxshi, namunaviy nutqka qo’yiladigan talab uning grammatik jihatdan to’g’ri bo’lishidir. Bu jihatdan og’zaki va yozma nutq hamda she’riy nutq o’ziga xos farqlarga ega. Har qanday holatda gap tuzish qoidalarini yaxshi bilish va ulardan to’g’ri foydalana bilish zarur. Ammo nutqda har doim ham so’zlovchi ana shu sintaktik me’yorlarga amal qilmayapti: Nima yetishmasdi? Yetishmasdi faqat Manga bahor olib keluvchi bizlar (Mirmuhsin) Inversiyaning haddan tashqari qo’llanishi ham sintaktik me’yorning buzilishiga olib keladi. Lug’aviy me’yor. Adabiy tilda milliy tilning yashash va amal qilish qonuniyatlaridan kelib chiqib so’z tanlash imkoniyatlari uning leksik me’yorini belgilaydi. Adabiy til xalq tilida mavjud bo’lgan so’z variantlaridan eng ma’qulini ya’ni hamma uchun tushunarli bo’lgan ko’rinishlarini tanlab olib, me’yor sifatida takdim etadi. Qolgan variantlar esa sheva va lahjalarda ijtimoiy guruhlar tilida yashayveradi. Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan o’zgarishlar, yangiliklar eng avvalo leksikada o’z ifodasini topadi. Shu tufayli ham leksikaning boyib borishi ham tildagi boshqa unsurlarga qaraganda bir muncha faoldir. Semantik - uslubiy me’yor. So’z bir yoki bir nechta ma’noda bo’lishi mumkin. So’z ma’nolarining qaysi biri hozirgi o’zbek adabiy tili uchun me’yor ekanligini belgilash Semantik me’yor hisoblanadi. So’zlarning ma’nosi tilning izohli, ikki tilli va atama lug’atlarda o’z ifodasini topadi. Adabiy tilning uslubiy me’yori til birliklarining nutqda vaziyat ko’zda tutilgan maqsaddan kelib chiqib eng ma’qulini qo’llash zaruriyatidan paydo bo’ladi. SHu ma’noda uslubiyat deganda, so’z qo’llash mahorati ham tushuniladi. Tilning uslubiy me’yorini belgilashda til birligi qo’llanilayotgan kontekstga qarab hukm chikarish eng to’g’ri yo’ldir. Chunki har bir birlik nutq jarayonida o’zining u yoki bu stilistik imkoniyatini namoyish etadi. Tilda esa bunday imkoniyat cheksizdir. Xullas, me’yor tilning ijtimoiy vazifa bajarishining asosiy sharti bo’lib, unga amal qilish, shu tilda so’zlovchilar va yozuvchilar uchun majburdir. O’zbek tilining qanchalik me’yorga keltirilganligini va unga qanchalik amal qilinishi umummilliy o’zbek madaniyatining taraqqiyot darajasini belgilovchi omillardan biridir.
Download 205.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling