Reja: «O’qituvchi nutqi madaniyati» fanining maqsad va vazifalari
Download 205.31 Kb. Pdf ko'rish
|
maruza matni
muzlar eridi» gapini olaylik. Bu gap bog’lovchisiz qo’shma gapdir. Grammatik qurilish to’g’ri,
so’zlar o’zaro to’g’ri bog’langan, qo’shma gap qismlari hisoblangan har bir sodda gap orqali ifodalangan fikr ham to’g’ri, umumiy fikr ham mantiqqa mos keladi. SHu gapni «Muzlar eridi,
birikishi ham to’g’riligicha qolaveradi. Biroq mantiq buziladi. Demak, bu qo’shma gap qismlarining o’rinlashish tartibi faqat birinchi holatdagi kabi bo’lishi lozim. Ko’rinadiki, lisoniy vositalarni yuqoridagi kabi noto’g’ri qo’llash, birinchidan nutqni buzsa, ikkinchidan mantiqiylikka va ta’sirchanlikka ta’sir qiladi. Demak, adabiy til me’yorining buzilishi, nutq sifatiy xususiyatiga salbiy ta’sir qiladi. Ana shuning uchun ham nutq madaniyati sohasi tilshunoslik fani bilan – me’yoriy grammatika bilan chambarchas bog’liq holda bo’ladi va unga tayanadi. Nutq madaniyati sohasining leksikologiya va semasiologiya sohalari bilan uzviy bog’liqligi hech shubhasizdir. Nutqiy aniqlik va mantiqiylikni tilning so’z boyligini egallamasdan, har bir so’zning ma’nolarini aniq bilmasdan turib ta’minlash mumkin emas. Jumladan, tildagi sinonimlarning yaxshi bilmasdan turib, tushunchalarni aniq ifodalab bo’lmaydi. Masalan, yuz so’zi anglatgan tushuncha bilan bashara so’zi anglatgan tushuncha bir xil emas: Basharangga
odam qarab bo’lmaydi, yuzingga odam qarab bo’lmaydi gaplarini olib qaraylik. Bu ikkala gap ma’nosida guyo farq yo’qdek. Biroq birinchi gapda shaxsning butun gavdasi, ust - boshi ko’zda tutilsa, ikkinchi gapda yuzi ko’zda tutiladi. Demak, yuz va bashara so’zlari o’zaro sinonim bo’lsa - da, ular anglatayotgan tushunchalar bir - biridan farq qiladi. Tilning so’z boyligini, uning sinonimlar, antonimlar, omonimlar sistemasini, har bir so’zning o’ziga xos ma’no va grammatik xususiyatlarini, ularning o’zaro munosabatlarini yaxshi bilish - nutqning tozaligi, ta’sirchanligi, ifodalilshi, qisqaligi kabi ko’pgina boshqa aloqaviy sifatlarni ham ta’minlaydi. Demak, tilning lug’at tarkibini yaxshi bilmasdan turib, boy nutqga erishib bo’lmaydi. Nutq madaniyati ilmiy tarmoq sifatida lug’atshunoslik (leksikografiya) bilan uzviy aloqadorligipi ko’rsatadi. SHu o’rinda S.Akobirovning quyidagi fikri juda ahamiyatlidir: «Fikrni qisqa, aniq va to’g’ri ifodalash uchun muvofiq so’z topish kerak bo’lgan xollarda ham lug’atlardan foydalaniladi». Nutq madaniyati sohasining tekshirish ob’ekti nutqning aloqaviy sifatlari yig’indisi va tizimini, ularni ta’minlovchi shart - sharoitlar, shu sifatlarning takomillashuvi, rivoji yoki qoloqlashishi, pasayishi kabilarni o’z ichiga olsa; uslubiyat sohasining ob’ekti til va nutq uslublarini o’rganshidir. Modomiki, uslubiyat nutq uslublarini ham o’rganar ekan, xuddi shu holatda nutq madaniyati bilan uning munosabati vujudga keladi. CHunki nutq madaniyati haqidagi ta’limot o’z-o’zidan til uslublarini batafsil aks ettirish, har bir uslubning o’ziga xos tomonlarga ega ekanligining imkoniyatlarining yoritilishiga ehtiyoj sezadi. CHunki nutqning aloqaviy sifatlari, odatda har bir uslub doirasida o’zgarishi, biri bir uslubda yaxshiroq namoyon bo’lgani holda, ikkinchisi boshqa bir uslubda sustroq namoyon bo’ladi. Masalan, publitistik uslubda aniqlik, to’g’rilik birinchi o’ringa chiqsa va yaxshiroq namoyon bo’lsa, badiiy uslubda ifodalilik, tasviriylik, obrazlilik, mantiqlilik kabi sifatlar birinchi o’ringa chiqadi. Badiiy uslubda badiiy tasvir vositalaridan keng foydalaniladi. SHuning uchun ham ba’zan, badiiy uslubda eskirgan va lahjaviy so’zlardan ham foydalaniladi, ba’zan so’z shakllarining o’zgartirilishiga ham ruhsat etiladi. Nutq madaniyati haqidagi ta’limot nutq uslublarining nutq aloqaviy sifatlariga ba’zan ijodiy, ba’zan salbiy ta’sir qilishi bilan bog’liq bo’lgan masalalarni ham o’rganadi. CHunki kishilar har qanday sharoitda va o’z faoliyatlarining hamma sohalarida bir- birlari bilan aloqada bular ekanlar, ularning har biri o’z tilidagi lug’aviy grammatik va boshqa vositalarni tanlab ishlatishga harakat qiladi. Ko’rinadiki, uslubiyat va nutq madaniyati bir - birini tamomila inkor etmaydi aksincha, bir - birini to’ldiradi, alohida - alohida soha bo’lishlariga qaramay, bir - biri uchun xizmat qiladi. Nutq madaniyati ilmiy soha sifatida mantiqshunoslik va ruhshunoslik fanlari bilan chambarchas aloqada bo’ladi. Ma’lumki, mantiqiy tushunchalar va hukmlar bilan ish yuritadi. Madomiki, tushunchalar so’z bilan; fikrlar, hukmlar gap bilan ifodalanar ekan, ana shu so’zlar va gaplar bilan ular ifodalagan tushunchalar va hukmlarning bir - biriga mos kelgan -kelmaganligi, ular o’rtasida zidlikning bor - yo’qligi muhimdir. Ma’lumki, so’zlar ko’p ma’noli bo’ladi va ular bir necha tushunchani ifodalashi mumkin: oyoq - odamning oyog’i, stulning oyog’i, mashinaning oyog’i kabi. SHuningdek, so’z o’zgarmay qolgani holda tushuncha o’zgarib ketishi mumkin: domla tushunchasi o’zgargan, so’z o’sha - o’sha.
Xuddi shuningdek, har bir hukm albatta ma’lum bir gap orqali ifodalansa-da, ba’zan gap bilan hukm bir-biriga mos kelmay qolishi ham mumkin. Masalan, farzandni kim sevmaydi, deysiz? gapi so’roq gap, inkor shaklida, biroq undan tasdiq hukmi anglashiladi. Ritorik so’roq gaplar ana shunday xususiyatlarga egadir. Bir hukm ba’zan bir necha gap orqali ham ifodalanishi mumkin. Buning natijasida sintaktik sinonimiya vujudga keladi. Men bu kitoblarni ukam yaxshi
Download 205.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling