Reja: «O’qituvchi nutqi madaniyati» fanining maqsad va vazifalari
Download 205.31 Kb. Pdf ko'rish
|
maruza matni
o’qisin deb oldim. Bu kitoblarni ukam yaxshi o’qisin degan maqsadda oldim.
Har ikki gap ham to’g’ri tuzilgan. Ular ifodalagan hukmda ham zidlik yo’q. Demak, nutqdan mantiqsizlik kuzatilmaydi. Ana shu nutqda mantiqsizlik yo’qligi mantiqiy kategoriya hisoblangan hukmning to’g’riligi bilan tasdiqlanadi. Berilgan hukm ikki xil gapda ifodalangan ekan. Birida hissiylik yo’q, ikkinchisida esa qisman bo’lsa-da his -tuygu bor.
Nutq madaniyati bilan ruhshunoslikning munosabati, nutqning o’rinli - o’rinsiz ekanligini belgilashda namoyon bo’ladi. So’zlovchi har - xil vaziyatlarda, har - xil odamlar o’rtasida bo’ladi. Demak, u o’z nutqini ana shu vaziyatlar va odamlar holatini hisobga olgan holda tuzishi kerak. Bundan tashqari tinglovchilar kayfiyati degan narsa ham bor. So’z tinglovchilarning zerikib turganligi sezilib tursa-yu, nutq qanchalik to’g’ri bo’lmasin, notiq o’sha zerikkanlikni his qilmasa va nutqni cho’zib yuborsa, uning ta’sir kuchi yo’qoladi. , Nutqni ta’sirchan qilishda tilning tasviriy vositalaridan hisoblangan metonimiya, metafora kabilardai foydalaniladi. Nutq madaniyati bilan ruhshunoslik munosabatida ko’proq notiqning u yoki bu fikrini bayon qilishda odamlar kayfiyatini hisobga olishi birinchi o’rinda turadi. Har bir kishining, umuman tinglovchining kayfiyatiga qarab nutqso’zlash taqozo etiladi. Tinglovchilar bilan samimiy muomala hamma vaqt notiqning asosiy vazifasi bo’lishi lozim. Tinglovchilarning yuz va ko’z ifodalarini ko’rmay, sezmay turib, eng zo’r zarur gapni aytib yuborishni o’ylab ko’rish kerak. Ana shunday zarur gaplar hammaning diqqati tortilgan paytda aytilishi zarur. Hamma vaqt ham tinglovchilar oldida uyalib qolmaslik, noo’rin so’zlarni, gaplarni ishlatib yubormaslik uchun notiq odamlar ruhiyatini chuqur ko’zda tutishi lozim, ularni qiziqtiradigan narsalarni topishga harakat qilishi, boshqa mavzu, boshqa hodisalarga o’tib ketmasligi kerak. Har bir notiq uning nutqi qanday tuzilganda tilning qanday tasviriy vositalarini qaysi holatlarda, nutqning qaysi qismida ishlatganda tinglovchilar kayfiyatiga ta’sir qilinishi, ular kayfiyatini o’zgartirishini yaxshi bilishi lozim. Ana shundagina ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. Nutq madaniyati nafosat (estetika), badiiy adabiyot, adabiyotshunoslik, adabiy tanqidchilik kabi fanlar bilan uzviy aloqadadir. Chunki yaxshi nutq tinglovchiga estetik zavq berishi kerak, uni hayajonlantirishi lozim. Badiiy nutq esa ta’sirchan nutq bo’ladi, shu orqali kishilar ongiga ta’sir etadi. Unday nutq egasi badiiy tasvir vositalaridan juda keng foydalanadi. Badiiy nutqning adabiy til me’yorlariga munosabati ham boshqacha. Unda ba’zi adabiy me’yorlardan chekining ham uchrashi mumkin. Biroq bunda ma’lum bir maqsad ko’zda tutilgan bo’ladi.
Xullas, nutq madaniyati sohasi ko’pgina boshqa fanlar bilan ham o’zaro munosabatda bo’ladi. Ayniqsa, uning tilshunoslik, uslubiyat, notiqlik san’ati, matnshunoslik, ruhshunoslik, falsafa hamda adabiyotshunoslik fanlari bilan aloqasi juda mustahkamdir. Tabiat va jamiyatda inson tilidek murakkab, serqirra, serqatlam, servazifa, shakl va mazmun mosligi hodisasi kamdan-kam topiladi. Til dunyoni bilish, bilimlarni to’plash, saqlash, keyingi avlodlarga yetkazish, ruhiy kategoriyalarni voqelantirish kabi bir qancha vazifalarni bajarishga qaramasdan asosiy e’tibor uning kishilar o’rtasidagi aloqani ta’minlash vazifasiga qaratib kelindi. Tilni faqat insonlar o’rtasidagi aloqa vositasi sifatidagina talqin etish insonning tabiiy tilini, bu benihoya murakkab va muhtasham hodisani soddalashtirishdan, aniq bir milliy qiyofa yoki milliy - ruhiy zamindan mutloqo mosuvo bo’lgan sun’iy tilga (masalan esperanto) tenglashtirishdan, yo’l harakatini tartibga solish maqsadida yaratilgan shartli «til» ga baravarlashtirishdan boshqa narsa emas. Agar til faqat aloqa vositasigina bo’lganda edi. U juda oddiy, sodda va qashshoq bir narsaga aylangan bulardi. Holbuki, til bemisil boy, sehr-u sinoatga, ruh-u ruhoniyatga, ko’rk -u komillikka limmo - lim bir xilqatdir. CHinakkam nutq madaniyati esa tilni ana shunday rangin xilqat tarzida idroq etish asosida shakllanadi. Aniqki, nutq madaniyati jamiyat madaniy - ma’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Haqiqiy ma’nodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasining favqulodda muhim unsurlaridan biridir. SHuning uchun ham mamlakatimizda ma’naviy - ma’rifiy isloxotlar davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deb e’lon qilingan bugungi kunda nutq madaniyati ko’nikmalari va malakalarini oshirish, ta’lim jarayonlarining barcha
bosqichlarida madaniy nutq muammolarini yetarli darajada nazarda tutish har qachongidan ham dolzarblik kasb etganligi bejiz emas. Respublikamizning «Davlat tili haqida» gi, «Ta’lim to’g’risida» gi qonunlari, Kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy Dastur va boshqa juda ko’plab hujjatlarda ma’naviy - ma’rifiy tarbiya, til masalalariga alohida ahamiyat berilgan. Jamiyatimizning har bir a’zosi, har qanday mutaxassis, zamon bilan hamqadam kadr, eng avvalo, o’z ona tilisining sobit sohibi bo’lmog’i lozim. Prezidentimiz I.Karimov ham o’z nutqlarida shunday ta’kidlaganlar: «O’z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalombor, rahbar kursisida o’tirganlarni bugun tushuning ham, oqlash ham qiyin». Fikrni ona tilida mustaqil, ravon, go’zal va lo’nda ifoda etmoq uchun odamda nutqiy madaniyat yetarli darajada bo’lmog’i lozim. Zero,nutq madaniyati tildan bemalol va maqsadga o’ta muvofiq tarzda foydalana olishni ta’minlaydigan ko’nikma, malaka va bilimlarning jami demakdir. Nutqning madaniyligini ta’min etadigan to’g’rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik kabi bir qancha sifatlar mavjud. Ana shu kommunikativ sifatlarning barchasini o’zida mujassamlashtirgan nutq madaniy nutq hisoblanadi. Albatta, nutqning to’g’riligi, ya’ni uning adabiy til me’yorlariga qat’iy mosligi madaniy nutqning asosiy, markaziy sifatidir. Ammo har qanday to’g’ri nutq madaniy bo’lavermaydi. U yuqorida aytilgan boshqa kommunikativ sifatlarga ega bo’lgandagina chin ma’nodagi madaniy nutq atamasini oladi. SHunga qaramasdan, uzoq vaqtlar bizning ta’lim tizimimizda, asosan, nutqning to’g’riligigagina diqqat qilindi, shu sifatni o’rgatishga zo’r berildi. Rossiyada Pyotr I zamonida shunday farmon chiqarilgan ekan, unga ko’ra jismoniy yoki nutqiy nuqsonga ega bo’lgan odam, har qancha yetuk mutaxassis bo’lmasin, dars berish uchun sinfga kiritilmagan. Dunyoda boladay ziyrak taqlidchi va tanqidchi yo’q, shuning uchun «jonli ko’rgazmali qurol» har jihatdan to’kis va tugal bo’lishi lozimligi oddiy mantiqning talabidir. O’qituvchining asosiy quroli «ketmoni» uning tili, nutqi ekan, bu qurol samarali ishlamog’i uchun u o’tkir bo’lishi kerak, shuning uchun «O’qituvchi nutq madaniyati» fani faqat filologiya fakulteti talabalarigagina emas, balki har qanday fan o’qituvchilarini tayyorlaydigan fakulьtetlarda ham o’qitilyapti. tetlarda ham o’qitilyapti. Xulosa qilib aytganda, nutq madaniyati muammolarini ilmiy asosda o’rganishni yanada chuqurlashtirish ham bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etdi. Bu borada anchagina ishlar qilingan. Ammo hali qilinadigan ishlar juda ko’p. Mustaqillik sharofati bilan erkin taraqqiyot yo’liga tushib olgan tilimizning o’z tabiatiga xos mezonlarni tayin etish unuttirilgan boyliklarni tiklash, sofligini ta’minlash tamo-yillarini takomillashtirish, bir necha ming -yillik madaniyatimiz tarixidagi nutqiy odob an’analarini o’rganish, so’zni benazir ne’mat sifatida ardoqlagan ulug’ ajdodlarimizning ulkan merosini bor bo’yicha ko’rsatib berish o’qituvchilar va bo’lajak o’qituvchilar oldida turgan muhim vazifalardir.
Download 205.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling