Tayanch tushunchalar:
1. Me’yor — til unsurlarining xalq o’rtasida ko’pchilikka ma’qul bo’lgan variantini
qo’llash.
2. Umumiy me’yor - o’zbeklar nutqining qardosh tillardan ajratib turuvchi me’yor.
3. Xususiy me’yor - muayyan nutq shakllarida amal qiladigan me’yorlar bo’lib, umumiy
me’yorning nutqiy ko’rinishi.
4. O’zbek adabiy tili me’yorlari: fonetik me’yorlar, talaffuz me’yorlari, imloviy me’yorlar,
so’z yasash me’yorlari, morfologik me’yor, sintaktik me’yor, uslubiy me’yor, lug’aviy me’yor,
punktuatsion me’yor.
Aqliy hujum uchun savollar:
1. Har qanday til birligining to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligi qanday aniqlanadi?
2. «Me’yor davr xarakteriga ega» degan fikrni qanday tushunish mumkin?
3. Umumiy va xususiy me’yorning farqini ayting.
4. Xususiy me’yor ko’rinishlari qaysilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |