Reja: «O’qituvchi nutqi madaniyati» fanining maqsad va vazifalari


 - mavzu: Adabiy norma va nutq madaniyati


Download 205.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana06.12.2021
Hajmi205.31 Kb.
#178767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
maruza matni

2 - mavzu: Adabiy norma va nutq madaniyati. 

REJA:

1. Me’yor haqida tushuncha. Adabiy me’yorning til qurilish unsurlari.

2. Umumiy va xususiy me’yor haqida.

3. Adabiy til me’yorlarining tavsifi.

4. Xulosa.

Til   me’yorining   ilmiy   nuqtai   -   nazardan   o’rganish,   o’zbek   tili   nutq   madaniyati

muammolarini nazariy jihatdan asoslashning muhim shartlaridan biridir. Chunki «til me’yori -

nutq   madaniyati   nazariyasining   markaziy   tushunchasidir».   Adabiy   tilning   rivojlanish

qonuniyatlarini,   adabiy   til   me’yorlarining   umumiy   holatini,   undagi   turg’un   va   noturg’un

hodisalarni chuqurroq tekshirmay turib, adabiy tilning nutq madaniyati haqida gapirish, adabiy -

me’yoriy tavsiflar berish mumkin emas.

Nutq   madaniyatiga   bag’ishlangan   ishlarda,   ko’pincha,   nutqimizda   uchraydigan

kamchiliklar   haqida   gap   boradi.   Lisoniy   birliklarni   xuddi   shu   shaklda   qo’llash   kamchilik

ekanligini nimaga asoslanib aytamiz? Tilshunoslikda mana shunday qo’llanishning to’g’ri yoki

noto’g’ri ekanligini ko’rsatuvchi ma’lum o’lchov bo’lishi kerak. Bu o’lchov adabiy til me’yori

hisoblanadi.  Har  qanday  til  birligining   to’g’ri  yoki  noto’g’ri  ekanligini  shu me’yor  nuqtai   -

nazaridan tutib aniqlaymiz.

S.I.Ojigovning   fikricha,   «me’yor   -   bu   ijtimoiy   jarayonda   birga   mavjud   bo’lgan,   bor

bo’lgan, yangi paydo bo’lgan yoki o’tmishning kam ishlatiladigan til unsurlarini tanlashning

natijasi sifatida shakllangan, jamiyatga xizmat qiladigan foydali til vositalari yig’indisidir, keng

ma’noda bu unsurlarni baholashdir».

B.N.Golovin: «Me’yor - bu til birliklarini o’zaro yaxshi tushunish zarurati tufayli undan

foydalaniladigan xalq tomonidan yaratilgan, til qurilishining amalda bo‘lgan xususiyatidir.

Aynan mana shu zaruriyat til sistemasining yagonaligiga erishish yo’lida odamlarga biror

variantni ma’qul ko’rish, boshqasidan voz kechish istagini tug‘diradi».

Demak,   me’yor   deganda   til   unsurlarining   xalq   o’rtasida   ko’pchilikka   ma’qul   bo’lgan

variantini qo’llash tushuniladi.

Me’yor tushunchasi til taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lib, tilda turg’unlik kasb etadi va o’zoq

muddat   yashaydi.   Lekin   bu   me’yor   o’zgarmas   hodisa   degan   xulosaga   olib   kelmaydi.   Davr

o’zgarishi   bilan   odamlarning   bilishi,   dunyoqarashi,   hayotga   bo’lgan   talabi   o’zgarishi   bilan

me’yor ham o’zgarib boradi. Demak, me’yor davr xarakteriga egadir.  Masalan, mustaqillik


Download 205.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling