Reja. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi. «Innovatsiya»
Download 245.83 Kb.
|
ilovepdf merged (1) merged
Bahs-munozara usuliO‘quvchilarni tanlangan mavzu sohasida munozara qilishga o‘rgatish ularning bilimlarini chuqurlashtiradi, o‘z fikrlarini asoslash qobiliyatini rivojlantiradi. Munozarani o‘tkazish uchun: O‘qituvchi bahs-munozara mashg‘uloti uchun muammoli mavzu tanlaydi va o‘quvchilar munozaraga taklif etiladi. O‘qituvchi qatnashuvchilarga muammoni «Aqliy hujum» usuli bilan echishni vazifa qilib yuklaydi va uni o‘tkazish tadbirini belgilaydi. O‘qituvchi «Aqliy hujum» vaqtida bildirilgan g‘oya va fikrlarni yozma ravishda yozishni taklif etadi yoki ularni yozish uchun kotib tayinlaydi. O‘qituvchi o‘quvchilarni ikki guruhga ajratadi va sinfni ikki tomoniga qator qo‘yilgan stollar yoniga o‘tqazadi va har bir guruh qatnashchilari qaysi nuqtai nazarni himoya qilishlarini belgilaydi. SHundan so‘ng 1-guruh o‘quvchilariga raqamlangan varaqlar tarqatiladi va 5 daqiqa davomida o‘zlari ma’qullayotgan nuqtai nazar foydasiga bitta dalilni yozish topshiriladi. 1-guruh a’zolari tomonidan yozilgan varaqlar qarshi guruhdagi sheriklariga beriladi. Ular sheriklarining dalillariga qarshi javob topishi va yozishi uchun hamda o‘z qarshi dalillarini bayon qilishlari uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi. O‘quvchilar bilimlarini aniqlash uchun dalillar almashtirishni 2-3 marta takrorlash etarlidir. Bahslarga yakun chiqarishning yaxshi shakli ikkala tomonga qaratilgan savoldir: qarshi tomonning eng yaxshi dalil isbotlari qaysilari bo‘ldi. O‘qituvchi tomonidan munozara qatnashchilarini baholash. Ammo bu haqida o‘quvchilarning darsning boshidayoq ogohlantirishi kerak. Munozara – ta’lim tizimida nutq o‘qitish, o‘z fikrini mustaqil va asosli bayon qilib, xulosalar chiqarish vositasi sifatida g‘oya muhim o‘rin egallaydi. Bu bajariladigan ishning bir turi bo‘lib, o‘zaro tortishish jarayonini keltirib chiqaradi va unga aniqlik kiritadi. Talaba tomonidan «o‘z so‘zi» o‘ziga xos uslub asosida izchil, savol fikr yuritiladi. Munozara vaqtida talabalar o‘zlariga ishongan holda savollarni munozara qilishadi. Munozara uchun shunday sharoit yaratishi kerakki, unda talabalar o‘z fikrlarini ishonch bilan ochiq aytish, kamchiliklari uchun aybga qo‘ymasliklariga ishongan holda bayon etishlari kerak. Munozara usulidan quyidagi maqsadlar uchun foydalanish mumkin: yangi bilimlarni shakllantirish; ta’lim oluvchilarda u yoki bu savollarni chuqur o‘ylab ko‘rish, tub ma’nosiga etishga va (motivatsiya)ni ta’minlash; kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish, o‘quvchilarga o‘z fikrida mustahkam turish va uni himoya qilishga yordam berish; Munozaraning samaradorligi bir qator omillarga bog‘liqdir: ta’lim oluvchilarning tayyorgarligiga, ya’ni o‘z fikrini bildira olmasa, opponentlarni ishontira olmasa, munozara chalkash va qarama-qarshi tus oladi. SHuning uchun o‘qituvchi ta’lim oluvchilarda o‘z fikrini aniq va ravshan bayon eta olish qobiliyatini shakllantirishga, savollarni puxta va ma’noli qilib aniq ifoda etishga, muayyan isbotlar keltirishga erishishi lozim va h.k.; munozarani faqat jamoada sog‘lom muhit bo‘lgandagina, qatnashchilar bir- birlari bilan do‘stona munosabatda bo‘lgandagina o‘tkazish mumkin; munozara mavzu fikr almashish uchun mos bo‘lgan o‘quvchilar berilgan mavzu bo‘yicha etarli bilimga ega bo‘lgan taqdirdagina muvaffaqiyatli chiqadi. Download 245.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling