O‘quvchining faolligini oshirish, uni hamkorlikka chorlash;
O‘quv rejasida ko‘zda tutilgan o‘quv fanlari bo‘yicha dasturlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish;
O‘quv materiallarini mustaqil mutolaa qilish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
O‘quvchini o‘z fikrini bayon qila olish, himoyalash, isbotlay olishga odatlantirish.
YUqoridagi o‘quv jarayoni loyihalarini amalga oshirish pedagogik motivlarni vujudga keltirish zaruriyatini tug‘diradi.
Pedagogik texnologiyani tadbiq qilishda quyidagi vositalardan keng foydalaniladi:
Verbal
Noverbal
Vizual
Audio
Tabiiy
O‘quv anjomlari
Verbal muloqot shakllari har xil ko‘rinishda nutq so‘zlash, ma’ruza, suhbatlashish, savol-javob, taqdimot kabi ko‘rinishlarda amalga oshiriladi. Bu vositalardan foydalanish orqali mashg‘ulotlar faollashgan holda tashkil etiladi.
Noverbal vositalar mimika, gavda harakatlari orqali biror ma’no-mazmunni ifodalash yoki ta’kidlash uchun qo‘llaniladi.
Vizual (ko‘rgazmali) vositalar pedagogik texnologiya jarayonida o‘quvchilar ko‘z bilan ko‘rishlari uchun mo‘ljallangan barcha vositalarni o‘z ichiga oladi. Bularga chizma, jadval, foto-tasvir, tarqatma material, plakat, video, kino tasvirlar kiradi.
Audio vositalar eshitish orqali axborotni o‘rganish, o‘zlashtirish imkoniyatini beruvchi (masalan: maginitofon tasmasi, turli disklar, musiqa asboblar ) vositalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |