Reja. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari, innovatsiya tushunchasi. «Innovatsiya»


-ma’ruza. Ta’limning interfaol metodlari


Download 245.83 Kb.
bet72/91
Sana18.12.2022
Hajmi245.83 Kb.
#1030144
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91
Bog'liq
ilovepdf merged (1) merged

14-ma’ruza. Ta’limning interfaol metodlari

Reja.


    1. Ta’lim jarayonini faollashtirish va jadallashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarda interfaol ta’limning o‘rni.
    2. CHet el pedagogikasining interfaol usullari.




Interfaol ta’lim usullari O‘zbekistonda qadim zamonlardan beri ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi bilan o‘quvchilar, o‘quvchilar bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil kabi shakllarda qo‘llab kelingan.
Bu usullar o‘quvchilarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn iste’dod, zakovatlarini o‘stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo‘lib etishishlariga xizmat qilgan.
«Interfaol» tushunchasi inglizcha «interact» so‘zidan olingan. («inter»
«birgalikda», «act» «harakat qilish»). Interfaol o‘qitish – bu kognitiv faoliyatni tashkil etishning maxsus turidir. Unda to‘liq, aniq va rejalashtirilayotgan maqsadlar bo‘ladi. Ushbu maqsadlardan biri – o‘qitish jarayonida shunday yuqori darajadagi sharoit yaratish kerakki, unda tinglovchi o‘qitish jarayonini produktiv jarayonga aylantiruvchi o‘zining muvaffaqiyati, intellektual darajasini anglab etishi lozim.
Interfaol ta’lim usuli – har bir o‘qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o‘z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir o‘quvchi o‘z intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o‘zlashtiradi.
Interfaol ta’lim texnologiyasi – har bir o‘qituvchi barcha o‘quvchilar ko‘zda tutilgandek o‘zlashtiradigan mashg‘ulot olib borishni ta’minlaydi. Bunda har bir tinglovchi o‘quvchi o‘z intellektual darajasiga ega holda mashg‘ulotni oldindan ko‘zda tutilgan darajada o‘zlashtiradi. Interfaol ta’lim texnologiyasiga quyidagilarni misol keltirish mumkin:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling