Reja: Oʻquvchilar jamoasini shakllantirish usullari


Download 24.46 Kb.
bet1/4
Sana18.02.2023
Hajmi24.46 Kb.
#1209778
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu shaxsning kamol topish tizimida sinfdan va maktabdan tash Meliqulova Mukarram


Mavzu: Sinf jamoasini tashkil etish va tarbiyalash
REJA:
1. Oʻquvchilar jamoasini shakllantirish usullari.
2Sinf faollarini aniqlash va tarbiyalash usullari.
3. Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
4. Mavzularni oʻrganishda foydalanish mumkin boʻlgan adabiyotlar roʻyxati.
 
Tayanch ibora va atamalar: barkamol shaxs tarbiyasi, jamoa, oʻquvchilar jamoasi, oʻquvchi, sinf, maktab, mahalla, tarbiya, mehnat tarbiyasi, rahbar, mas’uliyat, guruh, guruh a’zosi, birgalikdagi faoliyat, jamoaning rivojlanish bosqichi, pedagogik talab.
1. Oʻquvchilar jamoasini shakllantirish usullari
Sinf maktab jamoasining ajralmas bir kichik boʻlagidir. Sinf faqat oʻquv faoliyati birligi boʻlibgina qolmasdan, balki oʻquvchilarga tarbiya berishni tashkil etishning muhim jamoa shakli hamdir. Sinf rahbari ishida oʻquvchilar jamoasini tashkil etish asosiy vazifa hisoblanadi. Chunki jamoada shaxsni tarbiyalash tarbiyaning yetakchi maqsadidir. Jamoada shaxsni tarbiyalashning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qoʻyish, faollarni aniqlash, oʻquv mehnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish, sogʻlom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarini yaratish va koʻpaytirish. Oʻquvchilarning jamoa turmush me’yorlari va qoidalarining intizomini buzilishiga munosabatlarini kuzatib jamoaning tashkiliy tuzilishi ta’sirchanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bolalar tarqoq boʻlib, ularda yakdil fikr va sinf rahbari tayanishi mumkin boʻlgan ta’sirchan faollar boʻlmaydi. Shuning uchun jamoada salbiy hodisalar ochiq muhokama qilinmaydi va mustaqil jamoa qarori qabul qilinmaydi.
2Sinf faollarini aniqlash va tarbiyalash usullari.
Har bir ishning oʻziga xos, ma’lum qonun-qoidalari boʻlganidek, bola tarbiyasining ham oʻziga xos bir qator muhim qonun-qoidalari bor, ularga amal qilish tarbiyaviy ishlarning samarali boʻlishini ta’minlaydi, ya’ni:
— tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
— tarbiyaning hayot, mehnat bilan, Oʻzbekistonimizning mustaqilligi, gullab-yashnashi yoʻlida qilinayotgan ishlar bilan bogʻlanishi;
— oʻquvchini jamoada, jamoa orqali tarbiyalash;
—tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik;
— tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazamligi va birligi;
— tarbiyada oʻquvchilarning yoshi va oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
Tarbiya jarayonining mohiyati quyidagilardan iborat:
1. Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi. Tarbiya maqsadini belgilashda jamiyat talablari, davr nafasi, milliy xususiyatlar asos qilib olinadi. Tarbiyaning maqsadi — har tomonlama kamol topgan, mukammal inson shaxsini tarbiyalashdir. Oʻqituvchilar jamoasi ana shu maqsadlardan kelib chiqib, tarbiyaviy ishlarning vazifalarini belgilaydi, uning mazmunini aniqlaydi hamda maktabda ish sharoitlarini hisobga olgan holda oʻquvchilarni tarbiyalashning shakl va uslublarini tanlaydi.
Esda saqlab qolish uchun zarur boʻlgan tushunchalar:
Jamoa – lotincha «kollektivus» soʻzining tarjimasi boʻlib, yigʻilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi. Jamoa kishilardan iborat guruh hisoblanadi.

Download 24.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling