Reja: Orfoepiya


Download 56.5 Kb.
bet2/7
Sana17.02.2023
Hajmi56.5 Kb.
#1204738
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TA\'LIM BO\'G\'INLARI IMLO VA TALAFFUZ QOIDALARINI BERILISHI

O’zbek yozuvi tarixidan. Markaziy Osiyo turkiylari, jumladan, o’zbek xalqi qadimdan yuksak madaniyatli xalq sifatida dunyoga tanilgan. Arab istilosiga qadar, Movarounnahrda run, turkey (uyg’ur), so’g’d, moniy va braxma, surg’oniy yozuvi qo’llangan.
Orfografiya grekcha “to’g’ri yozmoq” demakdir. So’z o’zak-negizi va qo’shimchasini yagona tarzda orfografiya deyiladi.
Rivojlangan, o’z yozuviga ega bo’lgan adabiy tilda so’zni bir xilda, yagona tarzda yozishni yo’lga qo’yish uchun imlo to’g’risida qonun qabul qilinadi. “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” 1995-yil 24-avgustda qabul qilingan. U 82 paragrafdan iborat.
Eslatma. O’zbek yozuvi uchun hozirgacha 2 marta imlo qoidasi tasdiqlangan. Birinchisi 1956-yil 4-aprelda kirill yozuviga asoslangan o’zbek tilining imlo qoidasi bo’lib, 72 paragrafdan iborat bo’lgan.
Imlo to’g’risidagi qonunni ishlab chiqish murakkab jarayon bo’lib, bir nechta tamoilga tayanadi. Bu orfografik tamoil (prinsip) deyiladi.
So‘zlarni adabiy til me’yorlari asosida to‘g‘ri yozish – savodxonlik madaniylikning muhim belgilaridandir. Savodxon bo‘lmoq uchun imlo qoidalarini bilish shartdir. Binobarin, imlo qoidalari – savodxonligimiz asosidir. Imlo adabiy tilning yozma shakli bilan aloqador bo‘lib, u to‘g‘ri yozish qoidalarini o‘rgatuvchi hamda ular haqida batafsil ma’lumot beruvchi tilshunoslikning alohida bir bo‘limidir. Imlo yozuv vositalari orqali so‘z va so‘z shakllarining bir xilda yozilishini tartibga soladi. Imlo tufayli so‘zlar yagona yozuv shakliga ega bo‘ladi.
Imlo muayyan qonun-qoidalarga asoslanadi. Bu qoidalarga unli va undoshlarning yozilishi, asos va qo‘shimchalarning yozilishi, qo‘shma so‘zlarning yozilishi, bosh harflarning qo‘llanishi, ko‘chirish qoidalari kabilar kiradi.
Imlo qoidalari til taraqqiyotining ma’lum bir bosqichini nazarda tutgan holda tuziladi. Tilning rivojlanishi hamda ba’zi hollarda yozuvning o‘zgarishi bilan imlo qoidalari ham shunga mos ravishda takomillashtirilib boriladi.
Imlo orfoepiya hamda alfavit bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. Adabiy talaffuz me’yorlarining aniq ishlab chiqilishi o‘z navbatida imlo qoidalarining puxta va pishiq bo‘lishida yordam beradi. Alifbo adabiy tildagi fonemalarni to‘la va to‘g‘ri ifodalash uchun yetarli harfiy belgilarga ega bo‘lsa, imlo ham shunga muvofiq ravishda davr talablariga javob bera oladigan mukammal va qulay qoidalarni o‘zida tarkib toptiradi.
Har qanday yozuv tizimi ma’lum qonun-qoidalarga, ularning asosida yotuvchi imloviy tamoyillarga asoslanib ish ko‘radi. Imloviy tamoyillar yozuv me’yorlariga oid qoidalarni bir xilda, turg‘un shakllarda muayyan tartibda ushlab turuvchi asosiy omil sanaladi.
Hozirgi o‘zbek imlosi quyidagi tamoyillarga tayanadi:
1) fonetik tamoyil; 2) morfologik tamoyil; 3) tarixiy - an’anaviy tamoyil; 4) farqlash (differensiasiya) tamoyili; 5) etimologik yoki grafik tamoyil.

Download 56.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling