Reja: Organizmni muhit bilan o‘zaro ta’siri. Organizmning hayot shakllari haqida, biogeosenozlar va ularning tuzilmasi
Ekosistemaning iyerarxik qatorlari
Download 244 Kb. Pdf ko'rish
|
4 маруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- (rasm VII.5.).
- (rasm VII.6.).
Ekosistemaning iyerarxik qatorlari
Hozirgi zamon ekologiyasining mazmunini jamoa, populyatsiya, organizm, organ, hujayra va genlar tashkil etib, bular hayotning asosiy shakllarini belgilaydi. Bu biologik shakllar iyerarxik tartibda yoki qatorda joylashib kichik va katta sistemalarni hosil qiladi. Iyerarxiya — Uebater lugʻati boʻyicha birin — ketin qator boʻlib joylashish maʼnosini bildiradi. Ana shunday har bir pogʻona yoki daraja tashqi muhit taʼsiri nati- jasida oʻziga xos funksional sistemani hosil qiladi. Ekologiya fani asosan ana shunday sistemalardan: jamoa va ekosistemalarni oʻrgatadi. Ekosistemaning asosiy komponentlari. Tirik organizmlar ekosistemaning asosiy qismi: avtotroflar, geterotroflar, produsentlar, konsumentlar, redusentlar. Fizik muhit. Biomlar. Populyasiya atamasi bu maʼlum bir tur individlarining guruhini bildirsa, jamoa atamasi deb esa (biotik jamoa) maʼlum bir hududni egallagan populyatsiyalar yigʻindisiga aytiladi. Tirik jamoa va notirik tabiat bir — biri bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, ular birgalikda ekologik sistema (ekosistema)ni hosil qiladilar. Biosenoz esa ekosistema (biogeotsenoz) ning tirik qismi boʻlib hisoblanadi. Biom — bu katta re- gional subkontinental biosistema boʻlib, u qandaydir bitta oʻsimliklar tipi bilan yoki landshaftning boshqa oʻziga xos xususiyati bilan xarakterlanadi. Masalan, moʻtadil iqlim sharoitidagi keng bargli oʻrmonlar biomi yoki choʻl zonasidagi qumli oʻsimliklar biomi va hokazo. Ekologiyada qoʻllanadigan eng katta biologik sistemalarga biosfera yoki ekosfera kiradi. Biosfera — bu yer yuzining barcha tirik organizmlar yashaydigan qismi hisoblanadi. Dunyoda qoʻyidagi biomlar uchraydi: 1. Namli tropik biomlari. Bu zonaning iqlimi yil boʻyi issiq va nam koʻp boʻlganligi sababli turli xil oʻsimliklar jamoasi va turlarning oʻsishi uchun qulaydir. Oʻsimliklari orasida koʻpchilikni lianalar (chirmashib, oʻrmalab oʻsuvchi oʻsimliklar) tashkil etadi. Koʻpchilik mamlakatlarning tropik oʻrmonlarida (Panama, Indoneziya, Braziliya) epifetlar juda koʻp uchraydi. Bu zonada oʻsuvchi daraxt oʻsimliklarning ildizlari koʻpincha tuproq yuzasiga yaqin joylashgan boʻlib, doskasimon shaklda boʻladi. Tropik mintaqa turlarga juda boy boʻlib, Braziliyada 40 ming, Indoneziyada 43 ming oʻsimlik turi oʻsadi. Bu mintaqalarda yer yuzasidan balandlikka koʻtarilgan sari har 1000 metrda harorat 6°S pasayib boradi. Shuning uchun togʻli tropik mintaqalarda iqlimi sovuq, doimo shamol esib turadi. Demak oʻsimlik turlari ham borgan sari kamayib boradi. Masalan Kolumbiyaning eng baland togʻlik mintaqasi Andada taxminan 4000 m balandlikda joylashgan boʻlib, yil boʻyi harorat oʻrtacha 5°S orasida boʻladi. Shu sababli bu yerlarda oʻsimlik turlari va ularning hayotiy shakllari juda kam miqdorda uchraydi. Bor oʻsimliklar ham karlik shakldadir. 2. Subtropik choʻllar. Bu mintaqaning yozi issiq va quruq boʻlib yer sharining ekvatordan shimolga va janubga tomon joylashgan 30°S kenglikni ishgʻol etadi. Bu mintaqada shu iqlim sharoitiga moslashgan kamdan — kam oʻsimlik va hayvon turlari oʻsadi va yashaydi. Agar namli tropik iqlim sharoitida organizmlarning yashashi uchun chegaralovchi omil yorugʻlik va oziq moddalar boʻlgan boʻlsa, subtropik choʻl mintaqalarda esa namlikdir. Bu yerlarda oʻsuvchi kaktuslarda qurgʻoqchilikka moslashuvchi belgilaridan biri bu barglari tikanlarga aylanganligidir. Bu esa suvni kam bugʻlantiradi va oʻsimliklarni hayvonlardan asraydi. Bu mintaqaning xarakterli oʻsimliklaridan biri gigant kaktuslardan (Meksikada) Saguara va daraxtsimon yukkalardir (Kaliforniya va Moxave choʻllarida koʻp oʻsadi). 3. Moʻtadil iqlim mintaqasining oʻrmonlari. Bu mintaqaning qishi sovuq, yozi iliq boʻlib, yogʻingarchilik koʻp yogʻadi. Masalan, Rossiyaning oʻrmon mintaqasida yillik yogʻinning miqdori 600 — 700 mm gacha boradi. Tuprogʻi boʻz tuproq. Bu mintaqada asosan qaragʻay, yel, pixta, dub, tilogʻoch, oq qayin, osina kabi oʻsimliklar oʻsadi. Bu oʻsimliklardan tashkil topgan oʻrmonlarni ikki qismga boʻlish mumkin: Nina bargli va bargli oʻrmonlar. Bargli oʻrmonlar oʻz navbatida keng va kichik bargli oʻrmon oʻsimliklariga boʻlinadi. Keng barglilarga dub, zirk, qayragʻoch, lipa, yasin kiradi. Kichik barglilar esa oq qayin, osinadan iborat. Nina bargli oʻrmonlar Rossiya oʻrmonlarning 80%ni tashkil etib, ularning asosiy qismini qaragʻay, yel, tilogʻoch, pixtalar tashkil etadi. AQShning Indiana shtatida oq dub dominant boʻlib, uning ostida qand zarangi va kichik butachalar oʻsadi. Gʻarbiy Virgeniyada qizil yel daraxti keng bargli daraxtlar bilan birga oʻsib aralash oʻrmonlar zonasini hosil qiladi. Shimoliy AHSh va Kanadada oq qayin, olxa, yel, pixtadan hosil boʻlgan oʻrmonlar boʻlib, ular sovuq iqlim mintaqasiga ham kirib borgan. 4. Moʻtadil dasht mintaqasi(rasm VII.5.). Dasht deb kserofit xarakterda boʻlgan oʻtsimon oʻsimliklardan tashkil topgan zich oʻtloqlarga aytiladi. Dasht mintaqasining qishi sovuq, yozi quruq boʻladi. Iqlim sharoiti turlicha oʻrtacha yillik harorat 3,0 — 7,5°S, Janubiy rayonlarda esa 10°S gacha boradi. Havoning oʻrtacha nisbiy namligi 57-67%ni tashkil etadi. Yogʻinning yillik miqdori 250-500 mm boʻlib, shundan yoz oylarida 160-180 mm yogʻadi. Dasht mintaqasining tuprogʻi qora tuproq, bu mintaqada oʻsimlik turlari boshqa tabiiy mintaqalarga nisbatan koʻp uchraydi. Chu- nonchi, Shimoliy dasht mintaqasining baʼzi joylarida 1 m 2 da 80 ga yaqin oʻsimlik turlari oʻsadi. Bu mintaqada buta oʻsimliklardan dasht oluvolisi, chala buta oʻsimliklardan bogorat oʻti, izen, astragalning baʼzi turlari, ikki va koʻp yillik oʻt oʻsimliklardan beda, kolokolchiklar, nezabudkalar, noʻxat, burchoq, qoqi, zubturum, mavrak, boʻtakoʻzning baʼzi turlari, qoʻziquloq, kermek, giasent, lola, boychechak, shafran va shu kabi boshqa xil oʻsimlik turlari oʻsadi. 5. Choʻllar mintaqasi(rasm VII.6.). Bu mintaqaning iqlimi keskin kontenental boʻlib, sutkalik va yillik haroratlar juda oʻzgarib turadi. Yozda harorat +50°S gacha yetishi mumkin. Qishi esa sovuq boʻlib, janubda -30°S, shimolda esa — 40°S ga tushadi. Havoning oʻrtacha namligi 52-61% ni tashkil etadi. Yoz oylarida esa u 15-30% gacha tushishi mumkin. Yillik yogʻinning miqdori 80 — 200 mm dir. Bu mintaqada oʻsimlik turlari kam oʻsadi. Ye.P.Korovinning hisobi boʻyicha bu mintaqada hammasi boʻlib, 1600 ga yaqin oʻsimlik turlari oʻsadi. Gil tuproqli choʻllarda chala buta oʻsimliklaridan shuvoq, partek, efemer va efemeroidlardan qoʻngʻir bosh, yaltirbosh, zizifora (kiyik oʻti) qashqar yoʻngʻichqa, lola qizgʻaldoqlar, koʻp yillik monokarplardan kavraklar oʻsadi. Gipsli (toshli) choʻllar — Ustyurt, Karsakboy, Betpakdala, Mangi qishloq, Qoraqum, va Qizilqum massivlarida joylashgan boʻlib, bu yerlarda shuvoq, juzgʻun, qizilcha, rang, ilak, qoʻngʻirbosh va boshqalar oʻsadi. Shoʻrxok choʻllar — Markaziy Osiyoning anchagina qismini egallagan boʻlib, ular asosan shoʻr, sizot suvlari yuza joylashgan pastqam yerlarda tarqalgan. Bu yerlarda galofitlar, jumladan saksovul, yulgʻun (tamariks), erman-shuvoq, xaridondon, baliq koʻz, seta, danashoʻr kabi shoʻraklar oʻsadi. Qumli choʻllar — Markaziy Osiyoning Qizilqum va Qoraqum massivlarini, Surxondaryo viloyatidagi Kattaqumni, Markaziy Fargʻonadagi kichikroqqum choʻl maydonlarini oʻz ichiga oladi. Bu yerlarda psammofitlar oʻsib, ularga oq va qora saksovul, quyon suyak, juzgʻun, cherkez, qizilcha, singrenlar, shuvoqlar, qoʻngʻirboshlar, silenlar, ilaklar kiradi. 6. Chuchuk suv oʻsimliklari. Chuchuk suv havzalari yer yuzining nisbatan kichik qismini egallasada, lekin ularda oʻsimlik turlari turli-tuman boʻladi. Bu turli tumanlik suvning oqish tezligiga (daryolarda), mineral moddalarning tarkibiga kislorod miqdoriga hamda daryolar va koʻllarning katta kichikligiga ham bogʻliqdir. Chuqur koʻllar, suv tez oquvchi daryolarda koʻpincha fitoplank-tonlar va diatom suvoʻtlari koʻp boʻlib, ular koʻpincha qirgʻoqlarni yupqa qavat bilan qoplab turadi. Suv havzalari sayoz va harakatsiz boʻlgan taqdirdagina oʻsimliklar suv yuzasiga chiqib oʻsishi mumkin. Bunday oʻsimliklar jumlasiga giasentlar, liliyalar kiradi. Ular oʻzlari uchun kerak boʻlgan oziq moddalarni toʻgʻridan–toʻgʻri suvdan oladilar, ildiz- lari bilan emas. 7. Artik tundra mintaqasi. Bu mintaqaning iqlimi nihoyatda sovuq, qishi uzun, yozi esa oʻta qisqa boʻladi. Doimo kuchli shamollar esib turganligi uchun oʻrtacha yillik harorat 0°Sdan past, hatto yoz oylarida issiqlik 15 — 20°S dan oshmaydi. Yogʻinning oʻrtacha bir yillik miqdori 200 — 300 mm ni tashkil etadi. Biroq quyoshli kunlarning kam boʻlishi hamda yozning qisqaligi natijasida ortiqcha namlik hosil boʻladi. Havoning nisbiy namligi 80% orasida. Tundra mintaqasining tuprogʻi doimiy muzlikni hosil qiladi. Hatto yoz oylarida ham tuproqning 0,25 — 2 m chuqurligigacha muz eriydi, xolos. Yilning 280 kuni davomida yer qor bilan qoplanishiga qaramay, bu iqlim mintaqasida 500 ga yaqin yuksak oʻsimlik turlari oʻsadi. Ularning koʻpchiligi koʻp yillik oʻt, chim hosil qiluvchi hamda katta boshli oʻsimliklardir. Koʻpincha bu yerlarda mox, lishaynik, pakana va doimiy yashil buta va chala butalar oʻsadi. Ular jumlasiga bagulnik, pakana oq qayin (Betula nana), pakana tollar, vodyanka, brusnika, moroshka, oʻt oʻsimliklardan qiyoqlar, astragallar, qirqboʻgʻim, qoʻngʻirbosh, belaus, lishayniklardan island lishaynigi, bugʻi lishayniklari koʻp uchraydi. Tundra mintaqasining janubida Sibr yeli, Osina, oq qayin, olxa va shu kabi daraxtlar ham oʻsadi. Ekologik sistemada hamma organizmlar oziqlanishiga va energiya qabul qilishiga qarab ikki guruhga boʻlinadi: Avtotroflar va geterotroflar. Avtotroflar asosan oʻsimliklardan tashkil topgan boʻlib, ular fotosintez tufayli quyosh energiyasini oʻzlashtirib oddiy anorganik birikmalardan murakkab organik birikmalarni sintezlaydi. Geterotroflarga hayvonlar, odamlar, zamburugʻlar, bakteriyalar kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling