Reja: Organizmni muhit bilan o‘zaro ta’siri. Organizmning hayot shakllari haqida, biogeosenozlar va ularning tuzilmasi


 Oziq zanjiri va ekologik piramida toʻgʻrisida tushuncha


Download 244 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana19.07.2023
Hajmi244 Kb.
#1661077
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 маруза

4. Oziq zanjiri va ekologik piramida toʻgʻrisida tushuncha 
Avvalgisi keyingisi uchun oziq hisoblangan, oʻzaro bogʻlangan bir nechta turlar 
yoki organizmlar oziq zanjirini hosil qiladi: Misol, 
Organik qoldiqlar 
Oziq zanjiri — oʻsimliklar toʻplagan energiyani bir turning ikkinchisini yeyishi 
orqali bir necha organizmlar qatoridan oʻtkazishdir. 
Shunday qilib, oziq zanjiri turlar orasidagi trofik bogʻlanishdir (yunoncha "trofe" 
– oziqlanish). Ekologik sistemada har xil oziq darajalari trofik darajalar deb ataladi. 
Oziq zanjirining birinchi zvenosi avtotrof oʻsimliklar (produsentlar) hisoblanadi. 
Fotosintez jarayonida ular quyosh energiyasini kimyoviy bogʻlar energiyasiga 
aylantiradi. Ikkinchi zvenosi oʻtxoʻr (birlamchi isteʼmol qiluvchilar) va goʻshtxoʻr 
(ikkilamchi isteʼmol qiluvchilar) hayvonlar yoki konsumentlar tashkil etadi. Oziq 
zanjirining uchinchi zvenosini organik moddalarni mineral moddalarga parchalovchi 
mikroorganizmlar (redusentlar) hosil etadi. Tabiatda oziq zanjiri uch – toʻrt darajadan 
tashkil topadi. Bir darajadan ikkinchi darajaga oʻtishda energiyaning va moddaning 
miqdori taxminan uch martaga yaqin kamaya boradi, chunki qabul qilingan 
energiyaning 90% ga yaqini organizmlarning hayot faoliyatini taʼminlashga sarf 
etiladi. Qolgan 10 foizigina organizmlar tanasining tuzilishi uchun sarf boʻladi. Shu 
tufayli har bir keyingi oziq darajasida individlar soni ham progressiv kamaya boradi. 
Masalan, oʻrtacha olganda 1000 kg oʻsimlikni yeganda hayvon 100 kg gacha 
semiradi. Bunday massali oʻtxoʻr hayvonni yegan yirtqichlarning biomassasi 10 kg 
gacha ortishi mumkin, ikkilamchi yirtqichniki esa faqat 1 kg gacha ortadi. 
Shunday qilib, oziq darajalarida moddalar va energiyaning progressiv kamaya 
borishi kuzatiladi. Bu qonuniyat ekologik piramida qoidasi deb ataladi, ekologik 
piramida produsentlar, konsumentlar va redusentlardagi biomassa va energiya 
nisbatining koʻrsatgichi hisoblanadi. 
Piramidaning asosini avtotrof organizmlar hosil qiluvchilar tashkil qiladi, ulardan 
yuqorida oʻtxoʻr hayvonlar, undan ham yuqorida yirtqich hayvonlar, piramidaning 
eng choʻqqisida yirik yirtqichlar joylashadi. 
Suv havzalaridagi oziq zanjirining tipik misoli fitoplankton — zooplankton 
mayda baliqlar — yirik yirtqich baliqlar hisoblanadi. Bu oziq zanjirida ham biomassa 
va energiya miqdori ekologik piramida qoidasiga muvofiq tabora kamaya boradi. 
Saprofitlar organic 
qoldiqlarni 
parchalovchilar 
Oʻsimlikxoʻr 
hayvonlar 
Yirtqich 
hayvonlar 
Avtotrof 
oʻsimliklar 


Sunʼiy qishloq xoʻjalik ekosistemalarida ham har bir keyingi oziq zanjiri 
darajasida energiya miqdori 10 martagacha kamaya boradi. Shuning uchun ovqat 
ratsionida oʻsimlik oziqlarini kamaytirish hisobiga goʻshtning miqdorini koʻpaytirsak 
oʻsha muayyan ekologik tizimda oziq bilan taʼminlanishi mumkin boʻlgan odamlar 
soni kamayishi kerak. 
Biogeotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri – oʻz oʻzini idora etishdir. 
Oʻz-oʻzini idora qilish — tabiiy sistemaning qandaydir tabiiy taʼsiri yoki antropogen 
taʼsiridan keyin oʻz ichki xususiyatlarini qayta tiklash qobiliyatidir. Oʻz – oʻzini idora 
qilishning yorqin misoli keng bargli oʻrmonlardagi biogeotsenozdir. Bu yerda 
oʻsimliklar joy, yorugʻlik va suv uchun raqobatlashadi yoki Markaziy Osiyo qumli 
choʻllaridagi biogeotsenozlar ham bunga yaqqol misol boʻla oladi. Bu xildagi 
biogeotsenozlarda yaruslik, yaʼni oʻsimliklar jamoasining vertikal boʻylab bir nechta 
qatorda joylashishi kuzatiladi. 
Keng bargli oʻrmonlarning birinchi yarusini yorugʻsevar daraxtlar (eman, 
shumtol) ikkinchi yarusini esa birmuncha kam yorugʻsevar daraxtlar (zarang, chetan), 
uchinchi yarusini har xil butalar (kalina) va toʻrtinchi yarusini oʻtsimon oʻsimliklar 
(paporotniklar, gulxayri, qirqboʻgʻim) tashkil qiladi. Yarus qancha past boʻlsa, undagi 
oʻsimliklar shunchalik soyaga chidamli boʻladi. Yuqori yarusdagi oʻsimliklarning 
ildizlari juda chuqur joylashadi. 
Keng bargli oʻrmonlarda yorugʻlik sharoiti yil davomida keskin oʻzgarib turadi. 
Shu tufayli qoʻyi yarusdagi oʻsimliklar bahorda daraxtlar barglar chiqarguncha tez 
rivojlanadi va gullaydi. Markaziy Osiyoning qumli choʻllaridagi ekosistemaning 
yuqori yarusini quyon-suyak, oqsaksovullar, ikkinchi yarusini, qandim, qizilcha, 
uchinchi yarusini singrenlar, shuvoqlar, toʻrtinchi yarusini qoʻngʻirbosh, yaltirboshlar 
va ostki, oxirgi yarusini moxlar tashkil etadi. Har qanday biogeotsenozlarda oʻzga-
rishlar iqlim ritmiga bogʻliq holda kuzatiladi. Masalan, kuzda haroratning pasayishi, 
kun uzunligining qisqarishi, namlikning oʻzgarishi natijasida koʻp oʻsimliklar bargini 
toʻkadi. Ularning jamgʻarish aʼzolarida oziq moddalari toʻplanadi, daraxtlarda poʻkak 
hosil boʻladi. Oʻsimliklar sitoplazmasida suv kamaya boshlaydi. Hayvonlar ham 
qishga faol tayyorgarlik koʻrishadi. Hushlar Janubga uchib ketadi. Sut emizuvchilar 
tulaydi, qishga oziq jamgʻaradi. 
Muhit sharoiti oʻzgarishi natijasida bir biogeotsenoz ikkinchisiga aylanishi 
mumkin. Masalan, yongʻindan keyin oʻrmon biogeotsenozi oʻrniga oʻtloq 
biogeotsenozi paydo boʻladi. Biogeosenozlar almashinishi koʻpincha inson 
faoliyatiga bogʻliq boʻlishi mumkin. Botqoqliklarning quritilishi natijasida botqoqlik 
biogeotsenozi oʻtloq biogeotsenozi yoki agrosenozlar bilan almashinishi mumkin. 
Oʻziga xos oʻsimliklar dunyosi va landshaftga ega boʻlgan biogeotsenozlar 
geografik zonallik bilan ham chambarchas bogʻliq boʻladi. 
Geografik zonallik natijasida biomlar deb ataluvchi yirik regional ekosistemalar 
yoki biosistemalar hosil boʻladi. Bunday biomlarga tundra, tayga, oʻrmon, choʻl, dasht 
va tropik oʻrmonlar misol boʻla oladi. Chuchuk suv havzasi ekosistemalariga koʻllar, 
daryo va botqoqliklar kiradi. Juda katta maydonlarni egallovchi bunday ekosistemalar 
chuchuk suv organizmlarining yashash joyi, ichimlik suv manbai, sugʻoriladigan 
yerlar uchun suv rezervi hisoblanadi. 


Dengiz ekosistemalariga Yer sathining 70% ni egallovchi ochiq dengizlardan 
tashqari qirgʻoqlar boʻyidagi kontinental shelf ham kiradi. Bunday ekosistemalar 
hayvon va oʻsimliklarning xilma-xilligi, plankton va bentosning (suvda muallaq holda 
boʻladigan, suv tubida yashaydigan mikroorganizmlar), sodda hayvonlar va tuban 
suvoʻtlarning juda koʻp miqdorda boʻlishligi bilan taʼriflanadi. Kontinental shelflarda 
asosan sanoat baliqchiligi rivojlangan boʻladi. Dengiz limonlari, qirgʻoq koʻrfazlari 
va daryolarning qoʻyilish joylari baliqqa va boshqa dengiz organizmlariga juda boy 
boʻladi. 

Download 244 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling