Reja Ovqat tarkibiga kiruvchi uglevodlar va ularning funksiyasi
Uglevodlarning hazmlanishi va so‘rilishi
Download 232.43 Kb.
|
SHEROZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glyukozaning katabolizmi
Uglevodlarning hazmlanishi va so‘rilishi
Polisaxaridlar va disaxaridlar oshqozon-ichak traktida hazmlanib monosaxaridlarga aylanadi. Hazmlanish og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak tarkibidagi amilaza va maltaza fermentlari ta’sirida boshlanib, asosiy hazmlanish o‘n ikki barmoqli ichak va ingichka ichakning boshlang‘ich qismida (pH 8-9) boradi. Oshqozonda uglevodlarning parchalovchi fermentlar yo‘q. Uglevodlarning hazmlanishini ta’minlaydigan amilaza, saxaroza, maltaza, laktaza, amilo-1,6-glyukozidaza fermentlari oshqozon osti bezi va ingichka ichak shilliq qavatida ishlanib chiqadi. Kletchatka (oshqozon-ichak traktida) hazmlanmaydi va najasni hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Monosaxaridlar (asosan glyukozaga aylangan holatda) ingichka ichak epiteliysidagi mikrovorsinkalar orqali ATF sarflanishi bilan Uglevodlarning fazoviy ko‘rinishi (konsentratsiya gradiyentiga qarshi) so‘rilib qonga o‘tadi. (Ovqat bilan uglevodlar oshiqcha miqdorda iste’mol qilinganda, oz miqdorda saxaroza, laktozalar ham so‘rilishi mumkin. Ammo ular organizmda foydalanilmaydi, siydik orqali chiqarilib yuboriladi). Qon bilan glyukoza jigarga boradi va uning ma’lum miqdori glikogenga aylanadi, asosiy miqdori esa qon bilan hamma to‘qima hujayralariga yetkaziladi. Qonda glyukozaning miqdori normada (sog‘lom kishilar qonida) 70-120 mg % (yoki «CI» bo‘yicha 3,6-6,1 mmol/l) bo‘ladi. Glyukozaning katabolizmi Glyukoza to‘qimada asosan kislorod ishtirokida hamda kislorodsiz sharoitda parchalanishi mumkin. Buning uchun glyukoza avvalo geksokinaza fermenti ta’sirida, ATF sarflanishi bilan glyukoza-6- fosfatga aylanadi. Faollashgan glyukoza-6-fosfatni taxminan 65% to‘qimada parchalanadi; 30% yog‘ga, 5% esa glikogenga aylanadi. Glyukozaning parchalanishi 3 xil yo‘l bilan yuz beradi: a) aerob (kislorodli) parchalanish; b) anaerob (kislorodsiz) parchalanish; d) pentozofosfat (apotomik) parchalanish. Download 232.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling