Reja: O‘zbek adabiy tili, uning me’yorlari


Imlo va talaffuz me’yorlari


Download 118.83 Kb.
bet6/11
Sana28.12.2022
Hajmi118.83 Kb.
#1012854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ona tili

Imlo va talaffuz me’yorlari. 
Yangi o’zbek alifbosiga 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasi va tutuq belgisi kiritildi hamda bu bilan alifbo tizimi anchagina soddalashtirildi. Bu soddalashtirish ikki tovushni ifoda etuvchi ye, yo, yu, ya singari grafemalarni, ona tilimizga xos bo’lmagan tovush ifodasi - s harfini va - yumshatish belgisini olib tashlash hamda ‘ - ayirish belgisini ' - tutuq belgisiga almashtirish, shuningdek, ch, sh, ng tovushlarini ifodalovchi harflar birikmasini kiritish evaziga amalga oshirildi.
An’anaviy imlo me’yorlarini saqlab qolgan holda lotin grafikasi asosidagi yangi o’zbek alifbosi bilan ish ko’radigan imlo ham o’z me’yoriy qoidalariga ega va bu me’yorlar yuqorida tilga olingan hujjatda o’z ifodasini topgan. Undagi qoidalarga amal qilish tilimizdan foydalanuvchilar uchun bundan keyin majburiy sanaladi va shu tarzda bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida o’zbek tilining orfografik me’yori yo’lga qo’yiladi.
Endi bir necha og’iz so’z orfoepik - talaffuz me’yori va unga hayotda amal qilish to’g’risida. Ko’p yillik tajribalar, olib borilgan kuzatishlar shuni ko’rsatmoqdaki, o’zbek tili talaffuz me’yorlariga rioya qilishni talablar darajasida deb bo’lmaydi.
A.Mamatov quyidagi mulohazalarni bayon qiladi: «Yoshlarning adabiy til normalariga amal qilgan holda so’zlashishi, nafaqat ularning o’qimishliligidan darak beradi, balki ayni vaqtda aqlli va madaniyatliligini ham ko’rsatadi. Shuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qat’iy rioya qilgan holda so’zlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, so’z, ibora, aniq va ravon jaranglashi kerak. Yoshlarning notiq bo’lishi shart emasdir (balki), lekin faqat fikrini, tushunchalarini to’g’ri, aniq iboralar bilan ifoda qilishlari zarur, chunki ona tilimizning sofligini saqlash har bir yosh avlodning sharafli burchidir»10.
To’g’ri, mavjud vaziyatning o’z obyektiv va subyektiv sabablari bor. Turg’unlik deb ataladigan sovetlar davrida quyidan tortib yuqorigacha hujjatlar asosan rus tilida yuritilar edi. Respublika davlat arboblari bir yilda faqat bir martagina - u ham bo’lsa, qishloq xo’jaligi xodimlarining respublika qurultoyida o’zbekcha nutq so’zlash imkoniyatiga ega bo’lar edilar, xolos. Qolgan paytlarda ko’pchilik yig’ilishlar, agar unda birgina rus kishisi o’tirgan bo’lsa ham, rus tilida olib borilar edi. 70 foizdan ortiq aholi yashaydigan qishloq joylarda esa o’z shevalari asosiy muomala vositasi bo’lib qolaverdi. Ma’lum me’yorga solingan adabiy til namunalarini esa faqatgina radio, televideniye orqali eshitdilar, kitoblardan o’qidilar.
Tildan, o’z ona tilimizdan foydalanish va rus tilidan foydalanishda ana shunday tafovutlar mavjud bo’lib, amaliyotda o’zbek tili uning iskanjasida tobora qisilib borayotgan edi. Bu hol bir kishi, bir oila, bir shahar doirasidan chiqib, butun muhitga, til ekologiyasiga jiddiy ta’sir qila boshlagan edi.

Download 118.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling