Nazorat uchun savollar:
Nutqning xilma-xil tarzda namoyon bo’lishiga ta’sir etuvchi omilllar?
Uslub (stil) so’zining lug’aviy ma’nosi?
O’zbek tili vazifaviy uslublari shakllanish jarayonining tarixiy ildizlari qayerga borib taqaladi?
O’zbek tilshunosligida uslubiyatning fan sifatida shakllanishi qachondan boshlangan?
Lingvistik stilistika shakllanishiga samarali hissa qo’shgan tilshunos olimlar?
Vazifaviy uslublar bo’yicha izlanish olib brogan olimlar?
Normativ grammatika deganda nimani tushunasiz? Uning uslubiyat bilan aloqasi qanday?
Uslubiyatning o’rganish ob’yekti?
So’zlashuv uslubining o’ziga xos xususiyatlari?
So’zni qisqartirish va ko’chma ma’noda qo’llash qaysi uslubga xos?
Imo-ishoralar, qo’shimcha izohlar, takror, qaytariqlar, qo’l, bosh va gavda harakatlaridan fikr ifodalashda qo’shimcha vosita sifatida foydalaniluvchi uslub?
So’z saylash va ifoda vositalarining yaxlitligi bilan umumiy tizimga birlashuvchi uslub va uning xususiyatlari?
Keng ma’noda barcha yozishmalarni o’z ichiga oluvchi uslub turi?
Publitsistik asarlar jumlasiga nimalar kiradi?
Inson amaliy faoliyatining barcha sohasini qamrab oluvchi uslub va uning xarakterli tomonlari?
Topshiriqlar:
1-topshiriq. Nutq uslublarini belgilashda so’z, grammatik shakl va grammatik qurilishning uslubiy bo’yog’i jiddiy hisobga olinadi. Bu qoidani misollar orqali isbotlang.
2-topshiriq. Nutq uslublari og’zaki va yozma nutq shakllari bilan qat’iy bog’liq. Ushbu fikrlarni izohlang.
3-topshiriq. So’zlashuv uslubining fonetik jihatdan o’ziga xosligini misollar bilan tushuntiring.
4-topshiriq. So’zlashuv uslubining leksik-frazeologik jihatdan xarakterlanishini misollar bilan izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |