Reja: O‘zbekiston Respublikasi agrar siyosatining mazmuni va maqsadi
Download 146.46 Kb.
|
1-Mavzu sirtqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi yo‘nalish
- Uchinchi yo‘nalish
- To‘rtinchi yo‘nalish
Birinchi yo‘nalish – ASM ni isloh qilish bo‘lib, yer islohoti kolxoz va sovxozlarni qayta tashkil qilish, qishloq xo‘jaligiga ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlardagi korxonalarni va qishloq xo‘jalik mahsulotini qayta ishlovchi hamda iste’molchilarga yetkazib beruvchi korxonalarni xususiylashtirishni o‘z ichiga olgan Respublikada yerga bo‘lgan yangicha iqtisodiy munosabat, ya’ni asosini xususiy mulkchilik tashkil etuvchi qishloq xo‘jaliklaridagi xo‘jalik yuritishning yangi turlari shakllandi.
Ikkinchi yo‘nalish – mahsulotni xarid qilish va sotish tizimini, ulgurji va chakana savdoni davlat tasarrufidan chiqarish. Natijada davlatning tayyorlov tashkilotlari tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish keskin qisqardi. Sotuvning yangi kanallari, jumladan, ulgurji bozorlar, birjalar, yarmarkalar rivojlana boshladi. Uchinchi yo‘nalish – agrar sektorni davlat tomonidan tartibga solish tizimining o‘zgartirilishi – ASMning tashkiliy tuzilmalarini va boshqaruv uslublarini qayta qurish, texnika va uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha lizing munosabatlarini hamda qishloq xo‘jalik faoliyatini ixtiyoriy sug‘urta qilish shakllandi. To‘rtinchi yo‘nalish – qishloq xo‘jalik tashkilotlarini kommunal xo‘jalik va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini saqlash vazifalaridan ozod qilishga urinishlar bilan bog‘liq. Institutsional o‘zgarishlarni o‘tkazishda quyidagilar ko‘zda tutildi: agrar sohada ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish; yerga mulkchilik masalalarini hal qilish; bozorga asoslangan xo‘jalik yuritishning turli shakllarini joriy etish va rivojlantirish; qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tartibga solishning ilg‘or shakllarini joriy etish; talab va taklifni inobatga olgan holda bozor infratuzilmasini shakllantirish hamda qishloq xo‘jaligini tartibga solishning tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirish. Mamlakatimizda agrar sohani isloh etishning asosiy xususiyati shundan iboratki, unda yerga bo‘lgan munosabatning davlat mulkchiligi asosida amalga oshirilishidir. Mamlakatimizda yerga bo‘lgan davlat mulkchiligining zarurligi tarixiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy omillar, murakkab irrigatsiya inshootlari va sug‘orma dehqonchilikning o‘ziga xos xususiyatlari bilan izohlanadi. Fermerlarga 30 yildan 50 yilgacha bo‘lgan muddatga foydalanish uchun ijaraga berilsa, dehqon xo‘jaliklari uchun esa, tekinga, umrbod oila a’zolariga meros qilib qoldirish huquqi bilan foydalanishga beriladi. Agar 1998 yilda qabul qilingan “ Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq, “Fuqarolarga fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun yer uchastkalari 50 yilgacha bo‘lgan, lekin 10 yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga berilishi” ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 2004 yilda yangi tarirda qabul qilingan “ Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida” gi qonunga muvofiq, “Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari tanlov asosida ijaraga 50 yilgacha bo‘lgan, lekin 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga biriktirilishi” belgilib berildi. Download 146.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling