Reja: O‘zbekiston Respublikasi agrar siyosatining mazmuni va maqsadi


Download 146.46 Kb.
bet3/9
Sana28.10.2023
Hajmi146.46 Kb.
#1732243
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Mavzu sirtqi

3.1-jadval . Davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan odamlarga tomorqa yer berish masalasining ahamiyati

Respublika qishloqlarida yeri yo‘q oilalar soni

240 ming nafar

Uy-joy qurilishi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun kengaytirishga muhtoj hovlilar soni

1,8 milliondan ko‘proq

Faqat Toshkent shahrida yer uchastkasi olish uchun navbatda turgan oilalar soni

92 ming nafar

Qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta’minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida’gi qarori (1989 yil 17 avgust)

Qishloqda yashovchi har bir kishiga ajratib berilgan yer maydoni

o‘rtacha 25 sotix

Tomorqa maydonlarini ko‘paytirish

qariyb 4,5 barobar

1989-1990 yillarda qo‘shimcha yer ajratilgan oilalar

1,5 mln.dan ko‘proq

Yangi tomorqa yerlari berilgan oilalar

700 ming

Shunday qilib, sobiq sovetlar davridan meros bo‘lib qolgan mavjud ahvolni bartaraf etish uchun jami iqtisodiy munosabatlar tizimini, ularning asosini tubdan o‘zgartirish zarur edi.


XX asrning 80-yillarigacha iste’mol tovarlarining asosiy qismi mamlakat tashqarisidan keltirilgan (3.2.-jadval). Bunday holatni yuzaga keltirgan asosiy sabablari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish vositalariga davlat mulkchiligi va iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy usullari tashkil etganligidir.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining qaror topgan tarkibi, davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish vositalari va mahsulotning monopol boshqarilishi, moddiy-texnik resurslar taqsimotining, mehnatga haq to‘lash va daromadlarning qattiq nazorat qilinishi, davlatning yuqori organlari tomonidan ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatga qo‘yilgan ko‘plab cheklovlar, qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirishdagi, ularni ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi qat’iy ixtisoslashuv pirovardida dehqonni ishlab chiqarish vositalari va mahsulotdan, eng muhimi esa – yerdan begonalashuviga olib keldi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish agrar tadbirkorlikning yangi tuzilmasini yaratishni taqozo etdi.
Islohotlarga qadar mavjud bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi xo‘jalik yuritishning rejali usuliga moslashtirilgan korxonalar tuzilmasiga ega edi. Aynan shu xususiyatlar qishloq xo‘jaligidagi institutsional va tarkibiy o‘zgarishlarning maqsadlari va bosqichlarini oldindan belgilab bergan.

Download 146.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling