Reja: O‘zbekiston Respublikasi agrar siyosatining mazmuni va maqsadi
Download 146.46 Kb.
|
1-Mavzu sirtqi
Mamlakatimizda amalga oshirilgan mulk islohoti natijasida:
tarmoqda mulk “davlat mulki” va “jamoa mulki” (shirkat va jamoa xo‘jaliklari) shaklidan “xususiy mulk” (dehqon va fermer xo‘jaliklari) shakliga o‘tkazildi; jamoa mulki bo‘lgan bog‘ va tokzorlar, chorva fermalari va mollari, texnikalar hamda boshqa mol-mulklar xususiylashtirildi; xususiy mulklarni himoya qilish va ularning rivojlanishini huquqiy jihatdan kafolatlash bo‘yicha me’yoriy xujjatlar qabul qilindi. Respublikamizda 1991 yilda 1294 ta jamoa xo‘jaligi, 1868 ta fermer xo‘jaligi va 2,1 million nafar xususiy tomorqa uchastkalarining egalari mavjud edi. Qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanmish yerlarni haqiqiy egalari bo‘lmish fermer va dehqonlarga berilganligi tufayli qishloqda mulkchilik shakllari o‘zgardi. Shunday qilib, shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatining asoslarini shakllantirishda qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning yangi, milliy an’nalardan kelib chiqqan holda me’yorlarni yaratildi. Qonunda belgilangan me’yorlarda ko‘p ukladli agrar iqtisodiyotning shakllanayotgan har bir sub’ekti yerga va mulkka egalik huquqi, mehnatni tashkil qilish shakllari bo‘yicha bir biridan farq qiluvchi xususiyatga ega. Demak, yerga va suvdan foydalanish ob’ektlariga davlat mulkchiligi saqlanganini e’tiborga olgan holda, qonunchilik me’yorlari asosida belgilab olingan qishloqda daromad keltiruvchi mulkka (kapitalga) egalik qiladigan haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ldi : aksiyadorlik, ijara va boshqa turdagi xo‘jaliklarni pay asosida qishloq xo‘jaligi kooperativlariga (shirkat xo‘jaliklari)ga aylantirish; uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalarida fermer xo‘jaliklarini tuzish; meros qilib qoldirilgan umrbod egalikdagi yerlari bo‘lgan dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish; xo‘jalik a’zolariga yerni uzoq muddatli ijara huquqi bilan foydalanishga berish. Qishloqda mulkdorlar sinfini shakllantirishning yuqorida ko‘rsatilgan yo‘llaridan boshqa yo‘llari ham mavjud bo‘lib, ular o‘z sarmoyasi hisobiga chet el investorlari bilan qo‘shma korxonalar tashkil etish hamda matlubot kooperativlari, maslahat va auditorlik firmalari, axborot-maslahat markazlari, reklama agentliklari va hokazo qishloq xo‘jaligiga xizmat qiluvchi bozor infratuzilmasini takomillashtirishdir. Lekin bu boradagi imkoniyatlar hali to‘laligicha ishga solingani yo‘q. Qishloq xo‘jaligidagi bozorga xos o‘zgarishlar resurslardan samarali foydalanishdan, talabning to‘lov qobiliyatini to‘laroq qondirishdan iqtisodiy manfaatdor bo‘lgan tuzilmalarni shakllantirishni taqozo etdi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishi boshqaruvning yer-suv va moddiy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlay oladigan yangi tashkiliy shakl va uslublarini izlab topishdir. Download 146.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling