Reja: O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining ma'muriy-huquqiy holati
Download 71.5 Kb.
|
Jismoniy shaxslar - ma\'muriy huquq subyekti ifatida
birinchi guruhni - fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda bevosita yoki o`z vakillari orqali ishtirok etishi, davlat xizmatida bo`lishi bilan bog`liq bo`lgan huquqlar va majburiyatlar tashkil etadi. Davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish juda keng tushuncha bo`lib, mohiyatiga ko`ra, mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab oladi. Fuqarolarning huquq va majburiyatlari bu guruhining o`ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ularni amalga oshirish fuqarolarning faolligini, hohish-irodasini ifoda etishlarini talab etadi;
ikkinchi guruhni tashkil etuvchi fuqarolarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish nafaqat fuqarolarning faolligini, balki davlat organlari va mansabdor shaxslarning aralashuvini ham talab qilinadi. Jumladan, davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning yordamisiz yoki qo`llab-quvvatlashisiz fuqarolar mitinglar, namoyishlar o`tkazish huquqini, o`z manfaatlarini himoya qilish uchun birlashish huquqini, davlat organlariga yakka tartibda yoki jamoa bo`lib murojaat qilish huquqini, davlat organlari (mansabdor shaxslar)ning qonunga zid xatti-harakatlari (qarorlari) oqibatida yetkazilgan zararni qoplash huquqini amalga oshira olmaydi; uchinchi guruhni guruhni tashkil etuvchi fuqarolarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish - davlat organlari va mansabdor shaxslardan bu huquqlarni himoya qilish, davlat tomonidan kafolatlash, ularni amlaga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratib berish bo`yicha funksional faoliyatni amalga oshirilishini talab qiladi; Davlat boshqaruvi sohasidagi fuqarolar huquq va majburiyatlarining to`rtinchi guruhi - davlat organlari faoliyatida fuqarolar ishtiroki bilan bog`liqdir. Masalan, bunga – fuqarolarning davlat organlari faoliyatida ilmiy-texnik, ekspert, maslahatchi, sohaviy yoki ishchi komissiyalarining a'zosi sifatida ishtirok etishi bilan bog`liq bo`lgan huquq va majburiyatlar kiradi. Fuqarolar davlat boshqaruvi sohasida o`zlarining huquqlari va majburiyatlarini amalga oshirish orqali turli ma'muriy-huquqiy munosabatlarga kirishadilar. Download 71.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling